• Tuxum bo’tqasi.
  • Qovurilgan va vopilgan tuxum taomlari
  • Sof holda sarig’i qotirilmay qovurilgan tuxum.
  • Qovurilgan non, tuxum va dudlangan yog’liq go’sht




    Download 219,59 Kb.
    bet34/53
    Sana01.02.2024
    Hajmi219,59 Kb.
    #149983
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   53
    Bog'liq
    Pazandachilik asoslari-fayllar.org

    Qovurilgan non, tuxum va dudlangan yog’liq go’sht. Tuxum «xaltacha
    ko‘rinishida» pishirilib po‘chog‘i tozalanadi. 1 sm qalinlikda kesilgan oq bulka 
    non ikki yoqlama sariyog‘da qovuriladi. Dudlangan yog‘liq go‘sht yupqa kesilib,
    qovurilib, qovurilgan non ustiga qo‘yiladi, uning ustidan tayyorlangan tuxum 
    qo‘yib, ustidan tomatli oq sardak quyib beriladi.


    57



    Tuxum bo’tqasi. Tuxum chaqilib, po‘chog‘idan ajratilib tuz, sut yoki suv, 
    biroz sariyog‘ qo‘shib yaxshilab aralashtiriladi. So‘ng kichikroq idishga solib
    olovga qo‘yiladi. Qaynash darajasiga yetkazmay aralashtirib turiladi va 
    quyuqlashguncha qizdiriladi. Isitilgan likobchaga uyub suzib, atrofiga qovurilgan
    non yoki jo‘xori bodrog‘i qo‘yib yoki ustidan qirilgan pishloq sepib beriladi. 
    Tuxum bo‘tqasiga qo‘shimcha holda yana qovurilgan go‘sht mahsulotlari (sosiska,
    dudlangan yog‘liq go‘sht, buyrak) yoki qo‘ziqorin, ko‘k no‘xat, pishirilgan 
    gulkaram ham bo‘tqa ustidan qo‘yib berilishi mumkin.
    Tuxum 2 dona yoki melanj 80 g, sut 40 g, sariyog‘ 5 g, qovurilgan non 35 g 
    yoki pishloq 15 g. Sof og‘irligi 140, 120 g.

    Qovurilgan va vopilgan tuxum taomlari
    Qovurilgan tuxum taomlariga sarig‘i qotirmay qovurilgan tuxum, quymoqlar 
    kiradi. Ularni tayyorlashda asosiy usulda qovurish usulidan foydalaniladi. Bu
    usulda qovurishda harorat 140-160°C bo‘ladi. Tuxumni yana 180°C li darajadagi 
    kcfp yog‘da qovurish ham mumkin. Ko‘p tayyorlanadigan qovurilgan tuxum
    taomlariga sarig‘i qotirilmay qovurilgan tuxum taomi kiradi. Bu taom sof holda 
    yoki garnir bilan tayyorlanib tarqatiladi.

    Sof holda sarig’i qotirilmay qovurilgan tuxum. Porsion tova yoki maxsus
    tuxum qovurishga mo‘ljallangan tovaga sariyog‘ solinib, eritilib, biroz qizdiriladi 
    va ehtiyotlik bilan chaqilgan tuxum solinib (sarig‘i butun holda bo‘lishi lozim),
    tuxum oqiga tuz sepib, quyuqlashguncha 2-3 minut davomida qovurilib iste‘molga 
    tayyor holga keltiriladi. Tuxum qovurish uchun katta va chuqur temir tovalardan
    ham foydalanish mumkin. Bunda tuxum sarig‘i oz sezilarli darajagacha 
    quyuqlashgan bo‘lishi kerak. Agar tuz tuxum sarig‘iga sepilsa, tuxum sarig‘i ustida
    dog‘lar hosil bo‘lishi mumkin. Tuxumni qovurish jarayonida shishib qoladigan 
    holatlardan saqlash uchun tuzning bir qismi yog‘ga solinadi. Tuxum sarig‘iga biroz
    murch sepish mumkin. Tarqatishda tayyorlangan porsiyali tovada yoki likobchaga 
    solib ustidan sariyog‘ qo‘yib, ko‘kat sepib beriladi. Ular alohida taom va issiq
    gazak yoki go‘sht taomlariga qo‘shimcha (tuxumli bifshteks yoki tuxumli 
    antrekot), buterbrod sifatida beriladi.


    58




    Download 219,59 Kb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   53




    Download 219,59 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qovurilgan non, tuxum va dudlangan yog’liq go’sht

    Download 219,59 Kb.