54
Taom tayyorlashda tuxum turlaridan tovuq tuxumi, melanj va quritilgan
tuxumlardan foydalaniladi.
Tovuq tuxumlari o‘z saqlanish muddatlariga qarab parhez, yangi,
sovuqxonada saqlangan va ohaklanib saqlangan turlarga bo‘linadi. Parhez va yangi
tuxumlarning ozuqalik ahamiyati yuqori bo‘lib, sarig‘i qotirilmay qovurilgan,
pishirilgan holda ishlatilganda tuxum sarig‘i o‘z
shaklini aniq saqlab qolish
xususiyatiga ega bo‘ladi. Tuxum sarig‘ida oqiga nisbatan ozuqalik ahamiyatiga ega
bo‘lgan moddalar ko‘p bo‘ladi. O‘rdak va g‘oz tuxumlari umumiy ovqatlanish
korxonalarida ishlatilmaydi.
Melanj - tuxum oqi va sarig‘i aralashmasidan tashkil topgan. Ularni
tayyorlashda tuxum po‘chog‘idan ajratilib, elakdan suzib o‘tkazilib, maxsus metall
idishlarga solinib muzlatiladi. Tuxum oqi va sarig‘i aralash holda ishlatish mumkin
bo‘lgan taomlarni tayyorlash uchun II darajali 1 dona tuxum o‘rnida 40
gramm
melanj ishlatilishi mumkin. Ulardan quymoqlar, tuxum bo‘tqalari va boshqa
taomlar tayyorlanadi. Melanjlar tez buzilish xususiyatiga ega bo‘lganligi
sababli
muzlatilgan holda saqlanadi. Ular ishlatilishidan avval muzidan tushiriladi. Buning
uchun taom uchun zarur miqdordagi melanj uy haroratida yoki idishga solingan
holda 50°C darajadagi suvda muzdan tushiriladi. Muzdan tushirilgan melanj
yaxshilab
aralashtirilib, elakdan o‘tkazib suziladi. Ishlatilguncha 4-6°C li
muzxonalarda saqlanadi.