• Pishirishga tayyor «lyubitel» kartoshkasi.
  • Pishirishga tayyor «Qovurilgan kartoshka».
  • Quritilgan kartoshka pyuresi.
  • Pazandachilik asoslari




    Download 219,59 Kb.
    bet30/53
    Sana01.02.2024
    Hajmi219,59 Kb.
    #149983
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   53
    Bog'liq
    Pazandachilik asoslari-fayllar.org

    Kartoshka kroketi. Qaynatilgan kartoshka issiq holda eziladi, mo‘ljallangan
    unning 1/3 qismi aralashtirilib, biroz sovitiladi. So‘ng xom tuxum sarig‘i qo‘shib 
    aralashtiriladi va porsiyasiga 3-4 donadan bo‘linib, nok, shar, silindr shakllari
    beriladi, qolgani unga belanib, ustidan tuxum oqini surtib, urvoqqa belanadi. 
    Vog‘ga solib qizg‘ish qobiq hosil bo‘lguncha qovuriladi. Kroket uchun
    tayyorlangan mahsulotga mayda chopilib jazlangan qo‘ziqorin yoki piyoz ham 
    qo‘shish mumkin.
    Tarqatishda kroket likobchaga solinib, tomat, piyoz, bodring qo‘shib 
    tayyorlangan sardak, qo‘ziqorin sardagi, ko‘kat sepib beriladi. Sardaklarni alohida
    sardak idishda berish ham mumkin. Agar kroketlar garnir sifatida ishlatilsa
    maydaroq qilib tayyorlanadi.
    Kartoshka 233 g, tuxum 1/2 dona, bug‘doy uni 10 g, urvoqqa 10 g o‘simlik 
    yog‘i yoki pazandachilik yog‘i 20 g, sardak 50 g. Sof og‘irligi 230 g.

    Pishirishga tayyor «lyubitel» kartoshkasi. Kartoshka to‘rtburchakli uzun
    shaklda to‘g‘ralib, qaynab turgan suvda yuzaki pishirib, so‘ng qovurilib yoki 
    qovurilmay muzlatilgan ko‘rinishda bo‘ladi. Ishlatish uchun muzdan tushirilmagan
    holda qaynab turgan suvga yoki qizib turgan yog‘ga solib, yumshoq holga 
    kelguncha qaynatib yoki qovurib iste‘molga tayyor holga keltiriladi. Tayyor
    kartoshka taom yoki garnir sifatida ishlatiladi. 


    Pishirishga tayyor «Qovurilgan kartoshka». Kartoshka to‘rtburchakli uzun
    shaklda to‘g‘ralib, yarim tayyor holgacha qovurilib tayyorlangan bo‘ladi. Ularni 
    ishlatish uchun ko‘p yog‘da 4-5 minut qovurib yoki qovurish shkafida 250°C
    darajada 10-15 minut davomida qovurib, istemolga tayyor holga keltiriladi. 


    Quritilgan kartoshka pyuresi. Ular pag‘a-pag‘a holda, un ko‘rinishida yoki
    yormaga xos ko‘rinishda keltiriladi. Yormachalarni 1 : 4 miqdordagi suvga solib
    aralashtirmay, olovga qo‘yib 95-100°C darajagacha qizdirilsa, pyure holiga keladi,
    quritilgan kartoshka pyuresini garnir yoki taom (kotlet, zrazi, rulet, zapekanka, 
    kroket) tayyorlashda ishlatiladi.


    52
    Kartoshka kotleti 2 donadan laklangan yelim qopchiqda yoki 6 donadan 


    qog‘oz qutiga solib keltiriladi. Ishlovda muzidan tushirilmagan holda qizib turgan


    yog‘da 2 tomonida qobiq hosil bo‘lguncha qovuriladi. 
    Kartoshka va sabzavotlardan tayyorlanadigan taomlarning aksariyati dimlab
    pishiriladi. Ularni pishirishda issiq ishlov berish qoidalariga qat‘iy rioya qilish 
    asosiy mezondir. Issiq ishlov berish natijasida taom tarkibidagi vitaminlar, mineral
    moddalar, xushxo‘rlik beruvchi masalliqlar va boshqa oziqaviy mahsulotlar yaxshi 
    saqlanib qoladi. Bunday taomlarni dasturxonga tortishda ko‘kat va qo‘shimcha
    garnir sifatida beriladigan yangi yoki tuzlangan savzavotlarning ham uziga xos 
    ahamiyati bor. Kartoshka va sabzavotlar go‘sht bilan qo‘shib pishirilgan taomlar
    kundalik isie‘molda ko‘p ishlatiladi. Bu taomlar jarkoplar deb nomlanib, ularning 
    bir necha turlarini quyida ko‘rib o‘tamiz.
    Yorma, dukkakli mahsulotlardan pishiriladigan aksariyat quyuq taomlarga 
    go‘sht mahsulotlari qo‘shiladi. Bunday taomlardan biz quyida palov, shovla,
    moshkichiri, no‘xat, sho‘rak va hokazolar bilan tanishamiz. Ko‘p tarqalgan go‘shtli 
    quyuq taomlardan biri kabob bo‘lib, qo‘y, mol, parranda go‘shtlari, jigardan o‘ziga
    xos usulda pishirilib, dasturxonga tortilishi mumkin. Ulardan ba‘zilarini biz quyida 
    ko‘rib chiqamiz.
    Kartoshka biyron. Qozondagi dog‘langan o‘simlik yog‘iga boshpiyoz (halqa-
    halqa to‘qralgan) solib chala qovuriladi, ustiga sovuq ishlovdan o‘tkazib, parrak-
    parrak qilib kesilgan kartoshka solib, u ham 5-8 minut qovuriladi, keyin ozgina suv 
    solib, usti berkitilib, past haroratli olovda dimlab pishiriladi. Tayyor taom o‘rtacha
    kattalikdagi taqsimchaga uyib solinib, ko‘kat, pomidor yoki bodring bilan bezab, 
    dasturxonga tortiladi. Piyoz 131 g, kartoshka 251 g, o‘simlik yog‘i 30 g, suv 24 g.
    Sof og'irligi 300 g. 

    53




    Download 219,59 Kb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   53




    Download 219,59 Kb.