76
aralashma hosil bo‘lguncha aralashtiriladi va xamir tayyor bo‘lishidan avval
eritilgan yog‘ solinadi. Qorilgan xamir issiq joyga qo‘yib 3-4 soat achitiladi. Bu
vaqt ichida xamir bir necha marta aralashtirib havosi chiqariladi. Tayyorlanayotgan
mahsulot g‘ovakligini oshirish uchun xamirga tuxum oqini yaxshilab ko‘pirtirib
qo‘shish mumkin. Ba‘zi hollarda blin xamirini qorishda yarim bug‘doy,
yarim
grechka unidan foydalanish ham mumkin. Oladya xamiri blinga nisbatan quyuqroq
qoriladi va eritilgan yog‘ qo‘shilmaydi. Shu sababdan 1 kg undan oladya xamiri
qorilsa 1 1, blin xamiri uchun esa 1,5 1 suyuqlik ishlatiladi. Ba‘zi
hollarda blin
xamiri uchun grechixa uni o‘rniga manna yormasi ham ishlatiladi.
Blin. Oshirilgan blin xamiri diametri 15 sm bo‘lgan cho‘yan tovada asosiy
usulda ikki yoqlama qovuriladi. Qizib turgan tovaga yog‘ surtilib, ma‘lum
o‘lchovga ega bo‘lgan qoshiq yordamida oladya
uchun tayyorlangan xamirdan
qalinligi 3 mm qilib quyiladi va ikki yoqlama qizg‘ish qobiq hosil bo‘lguncha
qovuriladi. Tayyor blin ustma-ust issiq holda taqsimchaga yoki qopqoqli
baranchikka qo‘yiladi. Tarqatishda blin uchun alohida idishda eritilgan sariyog‘
yoki smetana; uvuldurug‘ idishida esa osetr yoki keta balig‘i uvuldurug‘i;
taqsimchada semga, seld, dudlangan osetr baliqlari beriladi.
Maxsus blin
tayyorlaydigan oshxonalarda usti ochiq blin tovarlaridan foydalaniladi.
Un 72 g, tuxum 4 g, shakar 3 g, oshxona margarini 3 g, tuz 1,5 g, xamirturush
3 g, xamir uchun suv 115 g, qovurish uchun yog‘ 5 g. Sof og‘irligi 150 g.
Oladya. Osti qalin cho‘yan tova qizdirilib yog‘ solinadi,
blinga nisbatan
qalinroq qilib doira shaklida, tayyor xamirdan suvda ho‘llangan qoshiq yordamida
uzib olib quyiladi va ikki yoqlama qizg‘ish qobiq hosil bo‘lguncha qovuriladi.
77
Tayyor xamirni qandolatchilik qopchig‘idan chiqarib ham quyish mumkin.
Oladyalar ikki tomonida qobiq hosil qilib ba‘zan ko‘p yog‘da ham qovuriladi.
Qovurilgan oladyalarning qalinligi 5-6 mm dan oshmasligi kerak. Tarqatishda
porsiyasiga 3 donadan solinib, ustidan shakar yoki shakar uni yoki asal, murabbo,
smetana solib beriladi.