• Yangi mavzuni mustahkamlash
  • Sabzovot vinegrati
  • Pazandachilik asoslari




    Download 219,59 Kb.
    bet23/53
    Sana01.02.2024
    Hajmi219,59 Kb.
    #149983
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   53
    Bog'liq
    Pazandachilik asoslari-fayllar.org

    Oshxona buyumlari. 
    Oshxona jihozi qanchalik ko‘p va turli-tuman bo‘lsa, undan foydalanish
    ham shuncha oson bo‘lib har xil taomlar tayyorlash mumkin.
    Go‘sht yumshatgich, kapkir, kata kichik elak, konserva pichog‘i, osgich, 
    osh taxta va o‘qlovi, oshxona pichog‘I, suv qaynatish uchun choynak, suzgich,
    supra, tova, chovli. Shuningdek turli xildagi qozon va kastyrulkalar, un guruch
    solinadigan idishlar, qirg‘ich, hovoncha, stol yoki osma tarozi, sabzovot kesgich,
    tort, perok qoliplari va boshqalar.


    Yangi mavzuni mustahkamlash.
    1.Oshxona qanday jihozlanishi kerak. 
    2.Oshxona buyumlariga nimalar kiradi.
    3.Ulardan qanday maqsadda foydalaniladi. 


    Amaliy mashg’ulot: O‘zbek milliy oshxonasi sabzovotlardan salatlar
    tayyorlash. ―Charxpalak‖ metodini qo‘llash
    ―Charxpalak‖ metodidan foydalanishda
    aylana stolning ko‘rinishi tasvirlangan. Guruh o‘quvchilarini ikki guruhga ajratish kerak bo‘ladi. 
    Birinchi guruhdagilar ―o‘quvchilar‖, ikkinchi guruhdagilar esa ―o‘qituvchilar‖ etib
    tayinlanadilar. ―O‘quvchilar‖ aylana stolning tashqarisida (―charxpalarning chelakchalari‖), 
    ―o‘qituvchilar‖ esa aylana stolning ishkarisida (―charxpalakning o‘qlari‖) joylashadilar. Keyingi
    bosqichda ―o‘qituvchilar‖ ―o‘quvchi‖, ―o‘quvchilar‖ esa ―o‘qituvchi‖ bo‘lib joylarini 
    almashadilar.



    39


    2.3. 2-chizma. 


    Sabzovot vinegrati. Pishirilgan qizilcha, sabzi, kartoshka tilim-tilim qilib
    to‘g‘raladi. Tuzlangan bodring ishlovdan o‘tkazilib tilim-tilim qilib kesiladi. 
    Bosh piyoz halqa yoki yarim halqa, ko‘k piyoz 1-1,5 sm uzunlikda qilib
    to‘g‘raladi. Tuzlangan karam tuzlamadan olib siqiladi. Agar u sho‘r bo‘lsa
    sovuq suvda chayib maydalab to‘g‘raladi. Tayyorlangan sabzovotlar
    aralashtiriladi, salat sardagi yoki mayonez sardagi qo‘shib qorishtiriladi va
    salat idishga yoki likobchaga uyib solinadi, chiroy beruvchi pichoqda kesilgan
    sabzi, qizilcha, kartoshka, bodring parragi bilan bezaladi, salat bargi, ko‘katlar
    sepib tarqatiladi.
    Sabzovot ikrasi. Bandi uzilgan baqlajon va qovoqcha qovurish shkafida
    yopilib, sovitiladi, po‘sti tozalanib, mayda chopiladi. Mayda to‘g‘ralgan piyoz,
    sabzi jazlanib yumshoq holga kelgandan so‘ng tomat qo‘shilib, biroz jazlanib, 
    mayda to‘g‘ralgan karam solinib yumshaguncha dimlanadi va dimlash oxirida
    tayyorlangan kelgandan so‘ng sovutiladi, sirka, tuz, murch qo‘shib 
    aralashtiriladi. Agar karam biroz taxir bo‘lsa, qaynoq suvga botirib olinib,
    so‘ng keying ishlovga jo‘natilishi lozim. Tarqatishda ikra ko‘kat bilan bezab
    beriladi.


    Download 219,59 Kb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   53




    Download 219,59 Kb.