Oliy maktab va boshlang’ich ta’lim vazifalari dasturlari savol va mavzulari




Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/163
Sana13.05.2024
Hajmi2,09 Mb.
#229627
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   163
Bog'liq
05.12.2021 To`plam Ped mahorat OAK

Oliy maktab va boshlang’ich ta’lim vazifalari dasturlari savol va mavzulari 
 
Odam 
anotomiyasi, 
fiziologiyasi 
va gigiyenasi 
Tabiatshunoslik 
Kichik maktab yoshidagi bolalar ongi, qalbiga ajdodlar ilmiy 
merosini singdirishning shakl, metodlari, ko’rgazmali vositalari, 
tarixiy materiallardan lavhalar. 
Oliy nerv faoliyati… Nerv sistemasi I.M. Sechenev va I.P. Pavlov (3-sinf) oliy nerv tuzilishi haqidagi 
ta’limotining asoschilaridir… Birinchi va ikkinchi signallar tizimidan. 
Abu Nasr Forobiy mazkur rus olimlaridan 1000 yil oldin birinchi va ikkinchi signallar haqidagi 
ta’limotga juda yaqin kelib qolganligi haqida aniq ma’lumotlarni bo’lajak o’qituvchilarga yetkazish orqali 
ularni qalbiga milliy iftixorni jo’sh urdirish. 
Ayni paytda yosh avlodni uzluksiz ma’naviy tarbiyalash jarayonini bo’lajak o’qituvchi kadrlarni, shu 
jumladan bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini, ma’naviy tarbiyaviy faoliyatga metodik tayyorgarligisiz 
tasavvur qilib bo’lmaydi. 
Bugungi kunda amaldagi darslik va qo’llanmalar mazmuniga buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy 
merosi hamda istiqlol yillarida mazkur soha bo’yicha qo’lga kiritilgan yutuqlar singdirilmaganligini 
ta’kidlash joiz.
“Boshlang’ich ta’lim va spotr, tarbiyaviy ish” ta’lim yo’nalishi bo’yicha ushbu kamchilikni ma’lum 
daraja oldini olish bo’yicha keng potensial imkoniyatlar borligini ko’rsatmoqda.
Uzluksiz “Ta’limning barcha darajalarida ta’lim oluvchilarning… Sanitariya-gigeyena ta’limi hamda 
tarbiyasini takomillashtirish”[1,45] vazifasi qo’yilgan hozirgi kunda talabalarni gigiyenik tarbiya va 
sanitariya maorifining buguni, kelajagi, balki o’tmishi bilan tanishtirish, ularning mazkur soha bo’yicha 
pedagogik faoliyatda muhim ahamiyat kasb etadi. 
“Gigiyenik tarbiya va sanitariya ” mavzusida bo’lajak pedagoglarni Abu Ali ibn Sinoning “Tib 
qonunlari” kitobidagi “Gigiyenaga oid ma’lumotlar bilan tanishtirish joiz. “Gigiyena” fani rivojiga Abu Ali 
ibn Sino katta xissa qo’shgan. U uy-joy gigiyenasi, kiyim-bosh gigiyenasi, ovqatlanish gigiyenasi, bolalarni 
tarbiyalash va ularda gigiyenik malakalarni tarkib toptirish va boshqa sohalarni ishlab chiqib yangiliklar 
bilan boyitgan, kasalliklar suv va tuproq orqali tarqalishini bundan X asr avval aytgani bilan talabalarni 
tanishtirish ularda buyuk bobokalonlarimizga mehr-sadoqatni uyg’otadi. 
Shuningdek, ta’lim oluvchilarni Ismoil Jurjoniyning “Xorazm shoh mo’jizalari” kitobida gigiyena 
masalalariga alohida to’xtab suv, havo, kiyim, uy-joy, xotirjamlik holati, uyg’oqlik, tush ko’rish masalalarini 
tibbiyot nuqtai nazaridan bayon etganligiga doir milliy qadriyatlar bilan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb 
etadi. Abu Bakr ar-Roziyning fikricha, odamning kasalliklarida asosan havo, muhit, turmush sharoiti, yil 
fasllarining o’zgarishi sabab bo’ladi. 
Respublikamizda qabul qilingan “Sog’lom avlod” davlat dasturi “Ijtimiy tafakkurida yetuk, ma’naviy 
boy, jismonan sog’lom va barkamol avlodning tug’ilishi va tarbiyalanishi uchun yuksak ma’suliyat 
psixologiyasini shakllantirish masalalari bo’yicha aholiga, shu jumladan talabalarga bo’lajak pedagog 
kadrlarga yalpi bilim berishni talab etmoqda. 
“Odam anatomiyasi, fiziologiyasi va gigiyenasi” fani “Nerv tizimi” mavzusining “…markaziy nerv 
tizimida tormozlanish turlari… charchash” savollarini o’rganish jarayonida bo’lajak boshlang’ich sinf 


“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, № 3-4 
108 
o’qituvchilar diqqatini nerv sistemasi doimo sog’lom bo’lib, me’yorida ishlashi uchun kun tartibiga, ya’ni 
ma’lum bir vaqtda ishlash, dam olish va ovqatlanishga rioya qilish, uning charchashini oldini olishga yordam 
berishga jalb qilish lozim. 
Yurtimizda xalqimizning, birinchi galda, yoshlarimizning yuragini kuchli bo’lishi, uzoq vaqt 
charchamasdan mehnat qilishlari uchun mamlakatimizning barcha go’shalarida sportning barcha turlari 
bo’yicha ko’plab inshoatlar qurilib foydalanishga topshirilmoqda, ularda sportning barcha turlari bo’yicha 
Respublika, Osiyo, Yevropa chempionatlari o’tkazilmoqda. 
“Oliy nerv tizimi” “I.M.Sechenev va I.P.Pavlov oliy nerv tuzilishi haqidagi ta’limotning 
asoschilaridir… Birinchi va ikkinchi signallar tizimlari” savollarini o’rganish jarayonida o’qituvchi oliy 
ta’lim muassasasi talabalariga Abu Nasr Farobiy mazkur rus olimlaridan 1000 yil ilgari birinchi va ikkincha 
signallar haqidagi ta’limotga juda yaqin kelib qolganligi haqidagi ma’lumotlarni yetkazish orqali ularda 
milliy iftixor tuyg’usini uygotdi. 
Abu Ali ibn Sinoning tovush jismlarning bir-biriga urilganida havoning qattiq itarilib tebranishi va bu 
tebranish tarqalib quloq pardasiga urilishi natijasida eshitish sezgisi hosil bo’ladi, degan qarashlarini 
o’quvchilarga tushuntirish orqali ularda buyuk bobokalonlarimizga mehr-sadoqat tuyg’usini uyg’otadi. 
Tovush bosimi eshitish organi uchun qabul qilingan me’yorlardan ortiq bo’lsa qisman yoki to’la kar 
bo’lib qolishga, markaziy asab va yurak-qon tomir tizimi, oshqozon-ichak traktini xastalanishiga olib kelishi 
mumkin. 
Shovqin inson organizmi energiya sarfini oshirib, uni charchashiga sabab bo’lishi mumkin. Shovqinni 
pasaytirish ta’lim-tarbiya jarayonining sanitariya-gigiyena sharoitini yaxshilaydi. 
“Tayanch skelet tizimi” mavzusining “Qo’l, oyoq skleti, ularning funksiyasi. Mushak ishi, 
charchash…” savollarni o’rganish jarayonida Abu Ali ibn Sinoning “Harakat o’z ta’siriga ko’ra hamma 
dorivor moddalarning o’rnini bosa oladi. Kam harakat qilish o’z organizmini kurmaklashi demakdir”, degan 
ta’limotiga tayanib Amir Temur avval o’zi cho’ponlar orasida, tog’da qor uyumlari, bo’rilar to’dasi bilan 
kurashib, jilovlab bo’lmaydigan yovvoyi zotli otlarni bo’ysindirib, cho’lda qum tepaliklariga oson chiqib, 
ulardan oson tushib, bepoyon cho’lda mo’ljal olish kabi ko’p sonli mashqlarni bajarib mushaklarini yaxshi 
rivojlantirib, charchashni bilmaydigan, sarkarda sifatida o’z navkarlarining harbiy tayyorgarligi bo’yicha 
ishlab chiqqan jismoniy mashqlari va sport tizimidan foydalanilganini “Jismoniy tarbiya” fani o’qituvchisi 
bilan hamkorlikda talabalarni tanishtirib borish ularning pedagogik faoliyatida asqotadi.
Amir Temur o’z askarlarini qo’l va oyoqlari mushaklarini baquvvat qilish maqsadida ularning qilich, 
shamshirlarini o’ng qo’li bilan ham chap qo’li bilan ham bir xil o’ynatishga tez-tez mashq qildirishi, katta 
og’ir toshlarni ko’tarish, surish, tosh bilan nishonga olish, ilgak va changaklar yordamida baland devorlar 
ustiga arqonlarga tirmashib, tez va chaqqonlik bilan chiqib olishi, devor tepasida qilichbozlikni mashq 
qildirishi barobarida jismoniy mashqlarning bir turini ikkinchi turi bilan ma’lum dastur asosida tinimsiz 
almashtirib turganliklari va bunda dam olish, bayramlarni bilmasdan Sohibqironnning o’zi ham ishtirok 
etishini bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilariga tushuntirib berish ularda milliy g’ururni uyg’otadi. Zero, 
Amir Temur o’z o’gitlarida “Askari baquvvat mamlakat kuchli bo’lur, kuchli mamlakatning askari baquvvat 
bo’lur”[3], degan shiorni qayd etgan bo’lib, u davlat boshqaruvining asosini tashkil qilardi. 
“Tayanch skelit tizimi” mavzusini o’rganish jarayonida OTM o’qituvchisi Amir Temur o’z 
navkarlarini jismoniy jihatdan baquvvat bo’lishiga erishish maqsadida maxsus binolar qurdirib, ularda harbiy 
jangchilar uchun o’zi ishlab chiqqan mashqlar tizimini amalga oshirganligi to’g’risida pedagog 
mutaxassislarga ma’lumot berishi maqsadga muvofiq. Jumladan “Chiriq tuzib, navkar olmoqda uch qoidaga 
amal qildim, ya’ni yigitning kuch-quvvatiga, qilichni o’ynata olishiga, uning aql-zakovatiga e’tibor 
berganligini, shu uch fazilat jamuljam bo’lganida navkarlikka olgani”ni [3] ta’kidlash barobarida. Amir 
Temur uning kuch-quvvatini oshirib har qanday qiyinchiliklar, azob-uqubatlarga chidashi, qo’l, yelka 
mushaklarini mashq qildirgan. 
“Ovqat hazm qilish tizimi” mavzusi bo’yicha amaliy ish; ovqatlanishga qo’yiladigan gigiyenik 
talablarni o’rganish hamda “Modda va energiya almashinuvi” mavzusining “Ovqatlanish rejimi va me’yoriga 
amal qilishi lozimligini XI asrda yashab ijod etgan buyuk adabiyotshunos olim Yusuf Xos Hojib hayoti 
davomida turmushning son-sanoqsiz ikr-chikirini ko’rib, o’rganib va tahlil qilib o’zining “Saodatga 
yo’llovchi bilim” [12] kitobida badnafs bo’lishlik insonning ahloqiga ham umriga ham zarar yetkazishini 
bo’lajak mutaxassislarga tushuntirishi lozim. Jumladan, Yusuf Xos Hojib mazkur kitobida bu haqda shunday 
yozgan: “Men juda ko’p ko’rganman, qadr topgan kishilar ham nafsini tiya olmaganliklari tufayli yuztuban 
ketganlar. Elda ulug’lik kishilar ham nafsini tiya olmaganliklari tufayli yuztuban ketganlar. “Ey nafsi g’olib, 
sen nafsingga tutqun bo’lma, nafs qopqoniga ilinma, undan qutulib bo’lmaydi”. 
Ovqatni me’yori bilan ye, ko’p ovqat yema. Zakovatli, aziz kishi senga shunday ta’lim: ko’p ovqat 
yeyuvchilarning yegan ovqati balo bo’ladi, ovqati balo kishi esa doimo dardmand bo’ladi. 


“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, № 3-4 
109 
Insonning hayvondan ajratadigan narsalardan biri, o’z mijoziga qarab ovqat yeyishidir. 
Shu o’rinda Amir Temur: pri komil shayx Baxovuddin Naqshbandiyning nasixatlariga amal qildim, 
arkoni davlatdagi barcha mulozimlarga ham aytur so’zim shu bo’ldi, “Kam yenglar - ocharchilik ko’rmasdan 
boy badavlat yashaysizlar. Kam uxlanglar-mukammallikka erishasizlar, kam gapiringlar – dono bo’lasizlar” 
degan ibratli sozlarini keltirish joiz. 
Yusuf Xos Hojibning ovqatlanish to’g’risidagi pandu nasixatlariga Alisher Navoiy badnafslar uchun 
o’rnak bo’ladigan “Izzat tilasang oz de, sihat tilasang oz ye” degan aforizmini yozgan. 
Abu Rayxon Beruniy” Inson organizmi tuzilishi haqida”gi kitobida inson organizmi, uning yaxlitligi
va o’zaro aloqadorligini ta’kidlab, organizmda bo’ladigan kasalliklar va o’zgarishlar birinchi galda 
ovqatlanish tarkibi bilan bog’liqligini, organizmni sog’lomlashtirish uchun sog’lomlashtiruvchi tadbirlarni 
qo’llash zarur, degan fikrlarini bayon qilgan. 
Abu Ali ibn Sino “Tib qonunlari” asarida kasalliklarni oldini olish uchun sog’lomlashtiruvchi badan 
tarbiya mashg’ulotlarini amalga oshirish zarurligi, bo’kib me’yorsiz ovqatlanish, termoregulyasiyaning 
buzilishi va kam harakat qilish yurak-qon tomir kasalliklarni ko’payishiga olib keladi. Bu esa aholini o’lishi 
va nogironlashuviga sabab bo’ladi. 
Ovqatlanish odobiga rioya qiling. Go’shtli ovqatni me’yorida iste’mol qiling. Me’yoridan ortiq 
iste’mol qilingan go’shtli va unli ovqatlardan hosil bo’lgan bioximik mahsulotlar, bir tomondan arterial qon 
tomirlarini qarib qolishini (aterosklerozga uchrashini) tezlashtirish, ikkinchi tomondan, organizmda zaharli 
moddalarni me’yoridan ortiq to’planib qolishiga olib keladi. Natijada organizm o’zini-o’zi zaharlay 
boshlaydi. Uchinchidan, oqsillar organizmda to’liq parchalanmaydi, hosil bo’lgan turli zararli unsurlar 
bo’g’in, paylarda, siydik yo’llarida o’tirib qolib, ularda tosh hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. 
Ingliz shifokori Bregt haftada ikki marta go’shtli ovqat iste’mol qilishni, organizmni zaharli 
moddalardan tozalash uchun haftada bir kun oyda 6-10 kun ovqat (och qolish) yemaslikni tavsiya qilgan. 
Xalqimizning turmush tarziga aylangan ro’za tutish, haftada ikki kun zo’r ovqat qilish udumini 
naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligini chet el olimlari endi tasdiqlashyotir. Atoqli rus olimi Anoxinning 
yozishicha, go’shtxo’rlar qancha ko’p go’sht iste’mol qilsa, ularning o’limi shunchalik oshib borar 
ekan[7,20]. 
“Oq zahar”- shakarni ortiqcha iste’mol qilish rafinat holidagi shakarni ko’p istemol qilish uglevod
almashishi jarayonini buzish natijasida qand kasalligini ko’payishiga, allergik va diatez holatlarining oshib 
ketishiga sabab bo’ladi. 
“Qon, yurak-qon tomir tizimi” mavzusining “Yurak ishi, yurak tuzilishi… yurak muskullari…” 
savollarini o’rganishda mamlakatimiz aholisini 60 foizini tashkil qilgan yoshlarning yuragini kuchli va 
sog’lom bo’lishi, uzoq vaqt charchamasdan ishlay olishi yurak ishini rivojlantirish, mustahkamlash uchun 
uch bosqichli “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” sport o’yinlarini muntazam ravishda 
o’tkazilayotganligi, “Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tashkil etilganligi”ning (2002-yil) sog’lom 
avlod tarbiyasidagi ahamiyatini kichik mutaxassislarga muntazam ravishda tushuntirib borish. Me’yoridan 
ortiq iste’mol qilingan go’shtli va unli ovqat (ayniqsa yog’li go’sht)lardan hosil bo’lgan bioximik 
mahsulotlar arteriya qon tomirlarining qotib qolishi (ateresklerozga uchrashi)ni tezlashtiradi. 
“Bola organizmini chiniqtirish”, “Teri orqali chiniqtirish usullari va gigiyenasi”ni o’rganish jarayonida 
Amir Temur chiniqqan kishining terisi issiqlikni yaxshi saqlashi va kam kasallanishini hisobga olib, o’z 
navkarlarini kasalliklarga chidamliligini oshirish maqsadida chiniqtirishning quyosh, havo, suv kabi tabiiy 
omillaridan foydalanib ularni yozning jazirama issiq, qishning o’ta sovuq kunlarida uzoq muddatlarda 
cho’lga piyoda, otda, tuyada yurishni, daryo havzalarida yilning turli fasllarida kechib o’tishni mashq 
qildirgan va ularda o’zi ham ishtirok etgan. 
Shunday qilib, “Odam anotomiyasi va fiziologiyasi” fani bo’yicha o’tmish ajdodlarimizning bebaho 
asarlarini chuqur o’rganish orqali yangidan-yangi ta’limiy qadriyatlarni to’plash, ularni didaktik qayta 
ishlash hamda istiqlol yillarida mamlakatimiz olimlari erishgan yutuqlarni mazkur fan mazmuniga misqollab 
singdirib borish uzluksiz davom etadigan jarayon bo’lib, bo’lajak boshlang’ich sinf oqituvchilarida milliy 
g’urur, iftixor tuyg’ularini uyg’otishga xizmat qiladi. 

Download 2,09 Mb.
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   163




Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oliy maktab va boshlang’ich ta’lim vazifalari dasturlari savol va mavzulari

Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish