“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, № 3-4
105
yoʻnaltirilganligi, uning oldiga qoʻyilgan muammoga bogʻliq. Oʻqituvchi oʻquvchilarga faqat tayyor
bilimlarni
berib qolmasdan, ularda mustaqil ravishda oʻqib oʻrganish, oʻziga xos izlanishga ishtiyoq
uygʻotishi maqsadida lozim ta’lim texnologiyalaridan oʻrinli foydalanishlari zarur deb hisoblaymiz.
Ayrim olimlar fikricha, mantiqiy fikrlash nazariy fikrlashning oʻzi ekanligi, u empirikdan analitik,
rejalashtiruvchi, refleksiv fikrlashgacha boʻlgan davrni muayyan izchillikda bosib oʻtadi (R.Ataxanov,
V.V.Davidov, Le Txi Kxan Kxo, L.K.Maksimov va b.).
Matematikani oʻrgatish jarayonida oʻquvchilarda shakllanishi lozim boʻlgan matematik fikrlashni
L.M.Fridman, umumiy fikrlash madaniyatining tarkibiy qismi deb hisoblaydi. Madaniy fikrlash –
shunday
fikrlashki, bunda fikrlashning turli usullari va amallarining qoʻllanishi ma’lum bir tartibda, qat’iy tizimda,
yechilayotgan fikrlash masalasi xarakteriga toʻla mos ravishda amalga oshiriladi deydi.
Biz “fikrlash” tushunchasiga nisbatan bir nechta yondashuvlarni tahlil qildik. Fikrlash shaxsning
faolligini tavsiflovchi jarayon boʻlib, uning uzluksiz rivojlanayotganligi faoliyatda namoyon boʻladi. Bu
faoliyat fanlarni oʻrganish jarayonida oʻquv masalalarini yechish faoliyatida namoyon boʻladi.
Mantiqiy fikrlash nazariya va amaliyotni, fikrlashning konvergent va divergent turlarini
uygʻunlashtiradi hamda oʻziga xos topqirlik bilan tavsiflanadi.
Konvergent fikrlash muammoning yagona yechimini topishga qaratilgan,
divergant fikrlash esa
masalaning mumkin boʻlgan barcha yechimlarini izlashga yoʻnaltirilgan fikrlash tarzidir.
Biz izlanishlarimizda boshlangʻich sinf oʻquvchilari mantiqiy fikrlashni rivojlanishining evristik,
mantiqiy algoritmik uslublaridan foydalanishga harakat qildik. Evristik uslublar real hodisalarning
matematik modellarini qurishning asosli ekanligini koʻrsatdi, mantiqiy uslublar esa uning “qat’iy” talablari
bilan matematik model ichidagi masalani yechishga xizmat qildi.
Xulosa. Fikrlash jarayoni topshiriqni yechish tartibi bilan chegaralanganligi sababli fanlarni
oʻrgatishda oʻquvchilarning fikrlash hodisasiga nisbatan turlicha qarashlar mavjud. Murakkablik darajasiga
ega boʻlgan topshiriqlarni yechishda, oʻquv kursining qoʻshimcha boʻlimlarini oʻzlashtirishda, oʻqitishning
muammoli-izlanish uslubidan foydalanish talab qilinadi.
Muhim masalalardan yana biri oʻquv jarayonida fanlardan sinfdan tashqari
ishlarni tashkil qilish
imkoniyatlarini aniqlash, maqsadga yoʻnaltirilgan ogʻzaki savol va mashqlarning didaktik asoslari, ulardan
oʻquvchilarning mantiqiy fikrlash layoqatini rivojlantirishda foydalanish yoʻllari va shart-sharoitlarini ishlab
chiqishdan iborat. Buning uchun quyidagi muammolarni hal etish talab qilinadi: boshlangʻich sinf
oʻquvchilarida mantiqiy fikrlash faoliyatini rivojlantirishda sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilishning
metodik imkoniyatlarini aniqlash zaruriyati mavjud.