“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, №3-4




Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/163
Sana13.05.2024
Hajmi2,09 Mb.
#229627
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   163
Bog'liq
05.12.2021 To`plam Ped mahorat OAK

Asosiy qism.
Boshlangʻich sinflarda sodda va tarkibli masalalar yechiladi. Bunday masalalar 
oʻrganilgan qoida, tushuncha va xossalarga asosan yechilib, qoidali masalalar yechish jarayoni deb ham 
atash mumkin boʻladi. Bunday masalalar oʻrganilgan nazariy ma’lumotni mustahkamlash egallangan 
tasavvurlarga asoslangan holda tushunchalar shakllantirish, umumlashtirishga oid boʻlgan bilimlar 
majmuasini tarkib topishiga yordam beradi. Mantiqiy tafakkur jarayonining tarkib topishi va shakllanishida 
nostandart masalalar yechishga oʻrgatish oʻta muhimdir. Nostandart masalalarni tizimli ravishda yeshishga 
oʻrgatish qiziquvchanlik, uddaburonlik, sinchkovlik, sifatlarini tarkib toptiradi, bu esa oʻz navbatida 


“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, № 3-4 
101 
solishtirish, taqqoslash, umumlashtirish, tahlil qilish va xulosa yasash kabi bilish amallaridan oʻrinli 
foydalangan holda mantiqiy tafakkur qilish qobiliyatini oʻstiradi, aqliy rivojlanishi uchun zamin hozirladi. 
Nostandart masalalar koʻproq sinfdan tashqari ishlar, kechalar bilan matematik daqiqalar oʻtkazish 
jarayonida qoʻllanishi ijobiy samara beradi. Shuningdek dars jarayonida oʻquvchilar diqqatini jalb etish, dam 
olish daqiqalarini mazmunli tashkil etish, mavzuni tushunarli va qiziqarli qilib oʻtish maqsadida ham 
qoʻllash mumkin. Dars jarayonida oʻqituvchining yoʻnaltiruvchi savollari yordamida oʻquvchilar masalani 
mustaqil yechish yoʻllarini axtarib, fikrlash malakalarining oʻsishiga zamin hozirlaydi. Shuningdek, uy 
vazifasi sifatida ham nostandart masalalarni yechishga oʻrgatish mumkin. Bunda ularga katta sinf 
oʻquvchilari, ota-onalar yordami bilan masala yechishga oʻrganadilar, bu esa boladagi qiziquvchanlik va oʻz 
kuchiga ishonch hosil qilish uchun munosib omil boʻladi. Mantiqiy masalalar oʻzining oʻyin xususiyatiga 
ega ekanligi bilan bolaning e’tiborini jalb eta oladi, fikriy mushohada yuritish, qonuniyatlarni aniqlash, xossa 
va xususiyatlarga qarab narsa va xususiyatlarni guruhlashga oid malakalarni shakllantiradi. Mantiqiy fikrlash 
jarayonida oʻquvchilar oʻz xatti-harakatlarini rejalashtirish, obdon oʻylab koʻrish, javob izlash, masala 
yechimini izlab topishga harakat qiladilar. Masala yechish ularda oʻziga ishonch, mustaqil fikrlash, sezgirlik, 
izlanuvchanlik xususiyatlari shakllantiradi, qunt bilan ishlash, ma’suliyatni his qilish malakalari rivojlanadi. 
Bu esa ta’limiy maqsadlarning ayni muddaosi hisoblanadi. Nostandart masalalar yechishni rus matematigi
olimpiadalar tashkilotchisi Tarmakovskiy Vladimer Abramovich bir toʻplam moshlar ichiga yashiringan 
sichqonni axtarishga qiyoslaydi. Bunda ikki yoʻl bor deydi u, birinchisi moshlar toʻplami atrofida aylanib
sichqonni moshlar ichidan chiqishini kuzatish va koʻringan sichqonni dumidan mahkam ushlab tortib 
chiqarish. Ikkinchi usuli bu mosh uyumidan moshlarni birma-bir olib tashlab sichqonchaga yetib borish. 
Haqiqatdan ham quyidagi masalani qaraylik: Dengiz boʻyidan uchala oʻgʻlon 5 ta rakushka topib olishdi, 
bolalar ichida rakushka topmagani yoʻq. Ularning har biri nechtadan rakushka topishgan? Masala yechishda 
quyidagi variantlar boʻlishi mumkin. 
1. Ikki bola 2tadan bitta bola bittadan. 
2. Ikki bola bittadan,uchinchi bola 3tadan. 
3. Bir bola 1ta, ikkinchisi uchta va uchinchisi 0.
Agar masalaga bunday shart qoʻyilsa: uch bola dengiz boʻyida qumdan 5 dona rakushka topib olishdi. 
Ularning har biri ikki donadan koʻp topmagan boʻlsa, bolalarning har biri nechta topgan? 
Javob: ikki bola ikkitadan, bir bola bittadan. 

Download 2,09 Mb.
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   163




Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, №3-4

Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish