“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, №3-4




Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/163
Sana13.05.2024
Hajmi2,09 Mb.
#229627
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   163
Bog'liq
05.12.2021 To`plam Ped mahorat OAK

Asosiy qism.
Tadqiqotning turli jabhalari oʻzbekistonlik olimlar tomonidan maqsadli tarzda tadqiq 
etilgan. Jumladan, M.B.Raximqulovaning nomzodlik dissertatsiyasida boshlangʻich sinf oʻquvchilarini 
darsdan 
tashqari 
jarayonda 
ekologik 
qadriyatlar 
ruhida 
tarbiyalash 
masalalari 
hal 
etilgan. 
Sh.M.Mirzaxmedovaning nomzodlik ishida boshlangʻich sinf oʻquvchilarida tabiatga boʻlgan qiziqishni 
shakllantirishning pedagogik asoslari yoritilgan. N.J.Isaqulovaning tadqiqot ishida boshlangʻich sinf 
oʻquvchilarida ekologik tarbiyaga oid tushunchalarni shakllantirishning ilmiy-pedagogik asoslari tahlil 
etilgan. G.N.Najmiddinovaning tadqiqotida boshlangʻich sinf oʻquvchilari oʻquv-biluv faoliyatini 
shakllatirishning didaktik asoslari yoritilgan. M.K.Shirinovning tadqiqotida boshlangʻich ta’lim yoʻnalishida 
tabiatshunoslik fanini oʻqitish uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash mexanizmlari takomillashtirilgan. 
R.Ibragimovning doktorlik dissertatsiyasida boshlangʻich sinf oʻquvchilari bilish faoliyatini 
shakllantirishning didaktik asoslari ishlab chiqilgan. A.K.Raximovning doktorlik tadqiqoti talabalarda tabiiy-
ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga bagʻishlangan. J.E.Oʻsarovning doktorlik 
ishida tayanch va fanga oid kompetensiyalar asosida ta’lim mazmunini takomillashtirish va oʻquvchilar 
kompetentligini rivojlantirish masalalari tadqiq etilgan.
Oʻquvchilarga kompetensiyaviy yondashuv asosida tabiiy-ilmiy bilimlarni oʻrgatish metodikasini 
takomillashtirish masalasiga yangicha yondashuv zaruriyati mavjud. Pedagogik manbalar va tadqiqotlarni 
oʻrganish shuni koʻrsatdiki, tabiiy-ilmiy bilimlar majmuini quyidagilar tashkil etadi: 
1) tabiat va borliq haqida ilmiy tushunchaga ega boʻlish; 2) tabiiy hodisalar haqida tushunchalarni 
egallash; 3) hayvonot va oʻsimliklar olami haqida kerakli darajada bilimli boʻlish. 
Bunday yondashuv asosida shaxsda tabiiy-ilmiy bilimlar kutilgan darajada hosil boʻladi. Mazkur 
yondashuv tadqiqotimizda metodologik asos sifatida qabul qilindi va tahlillarda asosiy e’tibor ana shu 
masalaga qaratildi. Bu boradagi bugungi asosiy vazifalardan biri – kompetensiyaviy yondashuv asosida 
boshlangʻich sinf oʻquvchilariga tabiiy-ilmiy bilimlarni oʻrgatish metodikasini takomillashtirib borishdan 
iborat. Mavjud ilmiy manbalarning tahlili shuni koʻrsatmoqdaki, ta’lim mazmuni va oʻqitish metodikasiga 
nisbatan turli-tuman yondashuvlar mavjud. Ta’lim nazariyasiga oid ishlarni har tomonlama oʻrganish shuni 
koʻrsatmoqdaki, ta’lim mazmunini belgilashda jamiyat hayotining ijtimoiy rivojlanishi ustuvor ahamiyat 
kasb etadi. Ushbu masalaga dastlab faylasuflardan Platon, Aristotel va Sitsironlar e’tibor qaratgan. 
Oʻquvchilarni “nimaga oʻrgatish kerak?”, – degan savolga javob izlash jarayonida pedagogikaning butun 
tarixi davomida ta’lim mazmuniga oid turli nazariyalar va ta’lim muassasalari vujudga kelgan. Biz bugungi 
kunda Oʻzbekiston maktablarida amal qilayotgan ta’lim mazmunini tanlashda metodologik asos sifatida 
xizmat qilgan bir qator yondashuvlar tahliliga e’tibor qaratdik. Pedagogik ta’limotlar vujudga kelgan davrdan 
boshlab, ta’lim mazmuni va oʻquv jarayonida oʻrgatiladigan oʻquv fanlari jamiyatning ma’lum ijtimoiy 
guruhlari faoliyati bilan bogʻliq alohida sohalari nuqtayi nazaridan yondashilgan holda tanlangan. Mehnat 
taqsimoti bilan bogʻliq holda oʻquv fanlari va ta’lim sohalari ham takomillashib borgan. Jumladan, uzoq 
muddat davomida boshlangʻich ta’lim mazmuni hisob, ya’ni matematika, yozuv, oʻqish, musiqa va tasviriy 
san’at kabi oʻquv predmetlarini oʻz ichiga olgan. 
XVII-XVIII asrlarda ta’lim mazmuni barcha faoliyat sohalariga taalluqli boʻlgan elementlar va bilim, 
koʻnikma, malakalar tizimini oʻzida mujassamlashtirdi. XIX asrga kelib, bilim, koʻnikma va malakalarni 
oʻrgatish bilan birga, qoʻshimcha ta’lim maqsadlari ham belgilandi. Biroq oʻquv jarayonida bu 
maqsadlarning yechimi yetarlicha ta’minlanmadi. 
Turli pedagogik yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etishga oid ta’lim nazariyalari vujudga keldi. Ushbu 
yoʻnalish rivojlantiruvchi ta’lim nazariyasiga asos soldi. Mazkur yondashuvga koʻra, oʻquvchilar bilimlarni 
oʻzlashtirish asosida mustaqil fikrlashga oʻrgatiladi, ularda amaliy faoliyat tajribasi hosil boʻladi. Bunday 
yondashuv oʻz davrida pedagogik jamoatchilik tomonidan qoʻllab-quvvatlangan. Milliy va jahon 
pedagogikasi vakillaridan A.Avloniy, A.Shukuriy, A.Fitrat, I.Pestalossi, E.Byork, I.Kant, A.Disterveg, 
G.Spenser, Sh.Amonashvili, J.Piajelar ushbu gʻoyalar asosida oʻqitish tarafdorlari hisoblanganlar. 
Bu davrda ta’lim mazmunini tanlashda katta hajmdagi bilim va koʻnikmalarni egallash emas, balki 
uning rivojlantiruvchi ta’sir koʻrsatishiga e’tibor qaratilgan. Oʻquvchining rivojlanishiga aqliy qobiliyatlarni 
rivojlantirish mashqlarini oʻz ichiga olgan matematika, ona tili, adabiyot kabi oʻquv fanlari ta’sir koʻrsatishi 
mutaxassislar tomonidan asoslab berilgan. Ta’lim oluvchilarning aqliy layoqatlarini rivojlantirish, ularni 
ijodiy va mantiqiy fikrlashga oʻrgatish, bilish jarayonlari, xotirasi, tafakkurini rivojlantirish orqali amalga 
oshirilishi lozimligini alloma ajdodlarimiz va mutaxassislar barcha davrlarda birday ta’kidlaganlar. 
Mazkur konsepsiyaga asosan ta’lim mazmuni muayyan dalillarni emas, balki “instrumental” 
materialdan iborat oʻquv fanlarini oʻz ichiga olgan. Bunga ona tili va matematikani misol qilib koʻrsatish 
mumkin. Tabiiy hamda gumanitar turkumdagi oʻquv predmetlari esa bu doiradan tashqarida qolgan. Uzoq 


“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, № 3-4 
97 
vaqtlar davomida bilimlar, ularni tashkil qiluvchi qadriyatlarning hayotiy va amaliy ahamiyatiga yetarlicha 
e’tibor berilmagan. Oʻquvchilarning layoqatlarini rivojlantirishda barcha oʻquv fanlari muhim ahamiyatga 
egaligi pedagoglar e’tiboridan chetda qolib kelgan. Pedagogning kasbiy mahorati oʻquv materiallari 
yordamida oʻquvchilarning fikrlash faoliyatlarini rivojlantirishdan iborat, deb hisoblangan. Oʻquvchilarga 
badiiy-estetik va tabiiy-ilmiy bilimlarni oʻrgatishga uzoq yillar davomida yetarlicha e’tibor qaratilmagan. Bu 
esa oʻquvchilarda tabiiy-ilmiy, badiiy-estetik dunyoqarashning yetarlicha shakllanmasligiga asos boʻlgan. 
Bugungi kunda ta’lim mazmunini tanlashda bilimlarning amaliy faoliyat uchun foydaliligi, 
mahsuldorligiga e’tibor qaratish lozimligi ustuvor oʻrin egallamoqda. Ushbu yoʻnalishdagi yondashuvlar 
R.G.Safarova, O.Gʻafforova, Sh.Mirzaxmedova, R.U.Nurjanova va boshqalarning ishlarida oʻz ifodasini 
topgan. 
Bunda oʻquvchilarni amaliy ahamiyatga ega boʻlgan oʻquv materiallari, koʻplab dalillar, qadriyatlarga 
oid tushunchalar, tabiiy-ilmiy bilimlar bilan qurollantirish talab etilmoqda. Oʻquvchilarga tabiiy-ilmiy 
bilimlarni kompetensiyaviy yondashuv asosida oʻrgatish egallangan bilimlarni amaliy faoliyatga singdirish 
orqali mustahkamlash, oʻquvchilarning mustaqil fikrlashlari, moddiy borliqni chuqur idrok etishlari uchun 
qulay sharoit yaratish, oʻquvchilarda badiiy-estetik, tabiiy-ilmiy dunyoqarashni shakllantirish kabi muayyan 
afzalliklarga ega. 

Download 2,09 Mb.
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   163




Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, №3-4

Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish