|
“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, №3-4 Pdf ko'rish
|
bet | 102/163 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 2,09 Mb. | | #229627 |
Bog'liq 05.12.2021 To`plam Ped mahorat OAKKalit soʻzlar: mantiqiy tafakkur, ma’naviy kamolot, insoniylik, taqqoslash, qiyoslash, umumlashtirish,
tahlil qilish.
НЕСТАНДАРТНЫЕ ЗАДАЧИ КАК ФАКТОР ФОРМИРОВАНИЯ И РАЗВИТИЯ
ПРОЦЕССОВ ЛОГИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ
В данной статье проанализированы роль и значение нестандартных задач в содержании и
формировании процесса логического мышления учащихся на уроках математики начального
образования.
Ключевые слова: логическое мышление, духовное совершенство, человечность, сравнение,
сопоставление, обобщение, анализ
NON-STANDARD TASKS AS A FACTOR OF FORMATION AND DEVELOPMENT OF
LOGICAL THINKING PROCESSES
In this article, it is given the role and significance of non-standard problems in the content and
formation of the process of logical thinking of pupils in the mathematics lessons of primary education.
Keywords: logical thinking, spiritual perfection, humanity, comparison, collation, generalization,
analysis
Kirish.
Bugun Respublikamiz ta’lim-tarbiya tizimida amalga oshirilayotgan islohiy oʻzgarishlar
negizida oʻquvchi shaxsiga boʻlgan diqqat-e’tiborning oshgani, undagi shaxsiy sifatlarni aniqlagan holda
rivojlanishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, shaxsdagi komillik jihatlarini tarkib toptirish masalalari
yotadi. Shu maqsadda boshlangʻich ta’lim tizimiga oid islohotlarning asosini tashkil qiluvchi zamonaviy
talablar boshlangʻich ta’lim konsepsiyasi, boshlangʻich ta’limning davlat ta’lim standartlarida oʻz aksini
topgan. Ushbu me’yoriy hujjatlarning asosiy mohiyati shaxsdagi aqliy, ma’naviy va jismoniy rivojlantirishni
maqsad qilib oladi. Uzluksiz ta’limning muhim bir boʻgʻini sifatida faoliyat yuritayotgan boshlangʻich ta’lim
ham zamon talabi va davr nafasi asosida tashkil etilgani holda shaxs kamolotida munosib oʻrin egallagan.
Ta’limning diqqat-markaziga qoʻyilgan barkamol shaxsni tarbiyalash masalalari mazkur boʻgʻinda alohida
ahamiyat kasb etadi. Shaxsdagi nav-nihol ijodiy va ta’limiy kurtaklarni ilgʻab olish, aniqlash va ularni unib
oʻsishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib ayni shu boʻgʻinda toʻgʻri, aniq, maqsadli amalga oshirilishi
ta’limning navbatdagi yuqori bosqichlari samaradorligini ta’minlash garovlaridan biri hisoblanadi. Kichik
maktab yoshidagi bolalarning jamiyat rivoji bilan bab-barobar rivojlanib borayotgan rivojlantiruvchi
xususiyat kasb etuvchi ta’limiy jarayonga jalb etish,undan ijobiy natijalar olish, Davlat ta’lim standartlari
talablari asosida bilim olish va ularni amaliyotga joriy etishga oid ijtimoiy malakalarning shakllanishida
matematika ta’lim sohasi qator funksional imkoniyatlarga egadir. Matematika ta’lim sohasi abstrakt mantiqiy
tafakkurning soddaroq koʻrinishi boʻlgan obrazli mantiqiy tafakkur vositasida bolalarning oʻylash, fikrlay
olish, mulohaza yurita olishga oʻrgatadi, mustaqil fikrlash va xulosalar yasay olishga oid malakalarni
shakllantiradi. Bolaning aqli kamolot sarhadlarini egallashda, aqliy rivojlantirish oʻquvchini aqliy mehnatga
jalb etish tafakkur jarayonlari shakllatirish, mantiqiy rivojlantirish alohida oʻrin tutadi. Matematik ta’lim
oʻquvchi mantiqiy tafakkurini shakllantirishda qator funksional imkoniyatga ega. Ana shunday
imkoniyatlardan biri matematik ta’lim jarayonida masalalar yechishga oʻrgatish jarayonidir.
|
| |