|
“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, №3-4 Pdf ko'rish
|
bet | 104/163 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 2,09 Mb. | | #229627 |
Bog'liq 05.12.2021 To`plam Ped mahorat OAKMuhokamalar va natijalar.
Mazkur masalani birinchi sinfda besh ichida qoʻshishni oʻrgangach,
uyga vazifa sifatida berish mumkin yoki sinfdan tashqari ishlarda foydalanish mumkin.
Nostandart masalalarni yechishda quyidagi bosqichlar qabul qilingan.
1. Masala shartini sinchkovlik bilan oʻrganish.
2. Yechish gʻoyasini yoki rejasini ilgari surish.
3. Chizma, sxema va analoglar (oʻxshashliklar) izlab topish.
4. Masalani tarkibiy masalalarga boʻlish.
5. Bir masalani bir necha usullar bilan yechish.
6. Yechimni tahlil qilish.
Albatta, masala yechishda har bir bolaning uddaburonligi, ziyrakligi, sinchkovligidan kelib chiqqan
holda fikrlash yoʻllari, hosil boʻlgan gʻoyalar, qonuniyatsizlikdan birorta qonuniyat yaratishga yoʻnaltirilgan
fikriy jarayonlarni ilgʻab olish va umumlashtirish bola uchun mushkul ish, lekin shunday boʻlsa ham
masalani yechishga yoʻnaltirilgan jarayonlarni quyidagicha umumlashtirish mumkin. Ingliz matematigi
D.Poya oʻqituvchiga maslahat tariqasida, nostandart masalalarni yechishda qoʻl keladigan uchta
maslahatomuz qoidani keltiradi.
1. Oʻquvchingni masala magʻzini chaqib, mohiyatini anglashga oʻrgat.
2. Oʻquvchilarni oʻz fikrini asoslay olishga oʻrgatishga harakat qil.
3. Yoʻnaltiruvchi maslahatlar ber, lekin hech qachon oʻz nuqtayi nazaringni oʻtkazishga harakat qilma.
Xulosa.
Nostandart masalalarni yechish jarayonida yuqorida qayd qilganimizdek, “sinov va xatolar”
yoki “urinishlar va xatolar” usulidan foydalanish hamma vaqt ham kerakli natija beravermaydi, shunung
uchun asosiy maqsad bolani mantiq amallari taqqoslash, qiyoslash, solishtirish, umumlashtirish, tahlil va
xulosa yasashdan foydalanib masala yechishga oʻrgatishdir.
Adabiyotlar
1.
Boshlangʻich ta’lim konsepsiyasi. -Toshkent, 1998-yil.
2.
Дидактические игры на уроков математики. kopilka-urokov.ru
3.
Крутецкий В.А. Психология математический способностей. - Москва, 1968. 385-386ст.
“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, № 3-4
102
|
| |