“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, № 3-4
103
5. Qayishuvchanlik.
6. Noaniq vaziyatda oʻz taqdirini oʻzi belgilay olish qobiliyati.
7. Mahsuldorlik.
Shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim
– ta’lim oluvchilarning shaxsiy, individual layoqati, qobiliyati va
imkoniyatlarini inobatga olgan holda oʻquv jarayoniga ilgʻor pedagogik va axborot
texnologiyalarni tatbiq
etish asosida ularda ma’lum bilim, koʻnikma, malakalarni hosil qilishgina emas, balki, eng asosiysi, oʻquvchi
shaxsini shakllantirishga yoʻnaltirilgan ta’lim jarayonini anglatuvchi tushuncha [3].
Shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim asosini ta’lim oluvchilarda ong, xarakter, dunyoqarashni shakllantirishga
xizmat qiluvchi tabaqalashtirish va individuallashtirish prinsiplari tashkil etadi.
Shaxsga yoʻnaltirilgan ta’limning an’anaviy ta’limdan farqi shundaki, u turli bilim sohalari boʻyicha
shaxsning xilma-xil, mustaqil va maqsadga muvofiq faoliyatini tashkil etilishi uchun zarur shart-sharoitni
yaratib berish orqali ta’lim oluvchining intellektual va axloqiy jihatdan samarali rivojlanishini ta’minlaydi.
Kichik yoshdagi maktab oʻquvchilarining mantiqiy fikrlashini rivojlantirishda bilim va malakalarni
amalga oshirishni shakllantirish ahamiyatlidir. Turli, haqiqiy bilim va malakalar oʻquvchilarda qancha koʻp
hosil qilinsa, ularning fantaziyasi, fikrlashi oʻsadi hamda murakkabroq boʻlgan topshiriqlarni bajara oladilar.
Insonning dunyoqarashini rivojlanishida uning tili va nutqining rivojlangan boʻlishi juda muhimdir.
Chunki topshiriqning yechilishi jarayonida oʻquvchi topshiriqni yechish yoʻllarini oʻz nutqi orqali bayon
qilishi, topshiriqning asosiy elementlarini ayta olishi, grafik chizmalarni chiza olishi va bilishi - oʻquvchi
ijodiy tafakkurini rivojlantirishda katta rol oʻynaydi. Oʻquvchi qanchalik darajada koʻp soʻz boyligiga ega
boʻlsa,
uning ichki, aqliy imkoniyatlari ham yuqori darajada rivojlanadi va shakllanadi. Ijodiy jarayonda
oʻquvchi avval topshiriqni xayoliy tasavvuri, ya’ni aqli orqali bajaradi, reja tuzadi, keyin esa bu reja tashqi
imkoniyatlar asosida amalga oshiriladi.
A.Savenkov [4] oʻquvchilarda mantiqiy fikrlashni rivojlantirishning quyidagi tamoyillarini sanab
oʻtadi:
- muammoni qoʻyish va uni yechishning divergent va konvergent tiplarini qoʻllash, ya’ni fikrlashda
oʻquv mashgʻulotlarini olib borish bir tekisda emas, balki masalada muammoning qoʻyilishini rivojlantirib
borish;
- oʻquv materiali oxirgi muhim axborotlar bilan yangilanganligi muammoning qoʻyilishi va
yechilishini uzluksiz rivojlantirib borish;
- oʻquvchining mantiqiy fikrlashi doirasining kengayib borishi bilan uning oʻz bilim va koʻnikmalarini
amaliyotda qoʻllay olish malakasining uygʻunligi;
- oʻquvchi oʻz xatti-harakatlari, amaliyotida yangi bilimlarni oʻzlashtirganligini ifodalay olishi;
- intellektual tashabbus koʻrsata olish va masalani yechishda chamalay olishni bilish; bunda
“intellektual tashabbus” - oʻquvchining turli oʻquv va ijodiy masalalarning yechilishida muammoni
chuqurroq koʻra olishga, original va muqobil yechimlarni topishga mustaqil ravishda
intilishida namoyon
boʻladi.
- konformizmga yoʻl qoʻymaslik, ya’ni notoʻgʻri yechimga olib keluvchi gʻoya va holatlarni yoʻq
qilish;
- gʻoyalarni tahlil qilishda tanqidiy yondashuv qobiliyatlari shakllantiriladi;
- muammoni chuqurroq tadqiq qilishga intilish;
- oʻquv-biluv faoliyatida hurfikrlilikka erishish, ya’ni muammoni tadqiq qilishda va yechishda
mustaqil izlanishga erishish;
- individuallashtirishga erishish - ta’lim jarayonida ishtirok etayotgan oʻquvchilarning shaxs sifatlarini
rivojlantirish va har bir oʻquvchini jaryonning subyekti sifatida oʻzini toʻla namoyon eta olish uchun sharoit
yaratish;
- muammoli vaziyat hosil qilish – oʻquvchilar oʻrtasida muammoli vaziyat hosil qilishni oʻylab topish
va yoʻnaltira olish.
Shunga asosan, biz yuqorida ta’kidlangan tamoyillardan maqsadli foydalansak, oʻquvchilarning
mantiqiy fikrlashi yuqori darajada shakllanadi.
Sharqda ham inson fikrlashi muammosi xilma-xil qarashlar negizida tahlilga tortilgan. Inson va borliq
munosabatlariga, fikrlashning turli xil fanlar asosida tahliliga Forobiy keng toʻxtaladi. Uning fikricha, inson
ma’naviyatining oliy darajasi aql, ruh va fikrlash boʻlib, ular insonning bilish faoliyatiga mos boʻlgan
shakllarda namoyon boʻladi.
Forobiy “Aql toʻgʻrisida”gi kitobida axloqli kishining “oʻn ikki tugʻma xislati”ni ta’riflab, odamning
fikrlash qobiliyatiga toʻxtalib oʻtadi. Forobiy fikrlash qobiliyati yuqori boʻlgan inson barcha topshiriqlar
yuzasidan oʻtkaziladigan tahlillarni tez va toʻliq tushunadigan, uning ma’nosini oʻzlashtirib, soʻzlayotgan
shaxsning maqsadi va bayon qilingan fikrining
rostligini tushunadigan, quvvayi hofizasi kuchli, borliqdan
“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, № 3-4
104
qabul qilgan ma’lumotlarining barchasini eslab qoladigan, xotirasida saqlab qoladigan, zehni sezishi bilan,
bu alomat nimani anglatishini tezda aniqlab oladigan, fikri va aytmoqchi boʻlgan mulohazalarini toʻliq va
izchil bayon eta oladigan, bilimlarni oson, tez oʻzlashtira oladigan boʻlishini koʻrsatib oʻtadi.
Abu Ali ibn Sino “Markaziy Osiyoda pedagogik fikr taraqqiyotidan lavhalar”
nomli asarda fikrlash
jarayoni bilan bogʻliq boʻlgan ma’lumotlarga batafsil toʻxtalib oʻtgan. Olimning “Tadbiri manozil” (“Bolani
tarbiyalash va oʻqitish”) asarida oʻquvchilarning fikrlashini yaxshilash, bilim berish samaradorligini
oshirishda fan yutuqlarini egallashga qiziqish yuzaga kelishi va raqobatlashish imkoniyatini yaratishda
oʻquvchilarni birga oʻqitish zarurligini ta’kidlaydi.
Olim suhbatdoshiga hurmat bilan munosabatda boʻlishiga toʻxtalib, shunday deydi: “Sening fikring
(bolaning) yuragiga yetib borib, unga oʻylab, fikr yuritib koʻrishga imkon bersin... Agarda sening
suhbatdoshing yoki doʻsting sening soʻzlaringga va nasihatlaringga e’tibor bermayotganini sezsang, suhbatni
boshqa vaqtga koʻchir”.
Kaykovus ilmiy-nazariy
bilimlarga hamisha tayanmasdan, inson oʻzining hayotiy tajribalaridan kelib
chiqib, maqsadga yoʻnaltirilgan gʻoyalari asosida fikrlashi mumkinligini oʻgʻliga nasihat tarzidagi
“Qobusnoma” asarida quyidagicha yozadi: “Ey farzand, bilgilki, barcha hukmni kitob boʻyicha qilmasdan,
oʻz fikrlari bilan ham hukm qilurlar va bunday tadbirlar bilan ham ishni bilib olurlar” [2].
Inson fikr, aql, sezgilari vositasida bilimlarni egallanishi toʻgʻrisida qomusiy olim Abu Rayhon
Beruniy mulohazalarini bayon qilar ekan, shunday deb yozadi: “Faqat sezgi orqali, sezgi organlari bilan
erishilgan bilimlar xatolarga olib kelishi mumkin. Agar inson sezgilardan fikrlash
va xulosa chiqarishda
foydalansa, ana shu sezgilar yordamida idrok qilinadigan narsalarni oʻrganishda juda katta yutuqlarga
erishishi mumkin. Istaklarga mehnat tufayli erishiladi”. Uning ta’kidlashicha, hayotiy vaziyatlarda, mavjud
muammolarni yechish jarayonida sezgi organlari orqali qabul qilingan ma’lumotlar toʻgʻridan-toʻgʻri idrok
qilinmasdan, balki fikr toʻliq tashxislansa va tegishli xulosalar chiqarilsa, ana shu bilimgina haqiqiy va
mustahkam boʻladi.
Soʻz va tafakkurni bir-biriga chambarchas bogʻliq birliklar sifatida koʻrgan Alisher Navoiy oʻz
asarlarida fikrga mas’uliyat bilan qarash muammosi haqida “Soʻzni koʻngulda pishqormaguncha, tilga
keltirma, harnakim koʻngulda boʻlsa tilga surma”, tarzida oʻz qarashlarini bayon qiladi. Shoirning “Mahbub-
ul-qulub” asarida ham bilim olgan, ammo toʻgʻri fikr yurita olmaydigan insonni “Ilmiga amal qilmagan olim
ustiga kitob ortilgan eshak kabidir” deya undaylarni “nodon” deb ataydi.
Abdulla Avloniy “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarida badan va fikr tarbiyasiga alohida ahamiyat
beradi. Uning ta’kidlashicha, fikr tarbiyasi “muallimning yordamiga soʻng darajada muhtojdir”
va inson
hayotida muhim ahamiyatga ega.