|
V. Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash
|
bet | 40/63 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 20,44 Mb. | | #234021 |
Bog'liq 4-sinf Tabiat(konspekt) (2)V. Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash:
1. Bolalar dars sizga yoqdimi?
2. Boshqa darslardan nimasi bilan farqlanadi?
3. Sizning tushuncha va fi kringizda o‘rganishlar bo‘ldimi?
4. Qanday maqsadlar paydo bo‘ladi?
O‘quvchilarning javoblari umumlashtirilib, baholanadi.
VI.Uyga vazifa berish:
Mavzuni tushunib o‘qish, qo‘riqxonalar va “Qizil kitob” haqida
ma’lumot yig‘ing. Noyob o‘simliklar rasmini chizing.
24 - d a r s
VATANIMIZ XARITASI YONIDA
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga siyosiy-ma’muriy xarita, viloyat, materik tushunchalari, siyosiy xaritada O‘zbekistonning tutgan o‘rni, chegaralari, aholisi, tabiiy sharoiti, ma’muriy xaritasi haqida umumiy ma’lumotlar berish;TK2: media vositalardan foydalanib, mavzuga doir didaktik topshiriqlarni bajara olish;
b)tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni O‘zbekistonning dunyo siyosiy xaritasida tutgan o‘rni, bepoyon sarhadlari, betakror tabiatidan g‘ururlanish, bu o‘lkada ko‘plab millat vakillarining ahil-inoq hayot kechirishi hamda mehr-oqibatlilikka o‘rgatish; TK4: O‘zi yashaydigan joyda o‘simlik va hayvonlarni muhofaza qilishda o‘z hissasini qo‘sha olish
d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning xaritalar bilan ishlash,Vatanimiz,
viloyatlari haqidagi bilimlarini rivojlantirish. FK3;O ‘zbekistonning ma’muriy xaritasidan Qoraqalpog‘iston Re spublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarning joylashgan o‘rnini topa olishi.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi
Dars metodlari: suhbat-munozara, aqliy hujum, guruhlarda ishlash, ko‘rsatish, namoyish qilish, mustaqil ishlash, klaster usuli.
Dars jihozlari: Dunyoning siyosiy xaritasi,O‘zbekistonning siyosiy-ma’muriy xaritasi, Vatanimiz tabiati, aholisining turmush tarzi aks ettirilgan rangli rasmlar, multimedia ilovasi.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
O‘quvchilar davomati aniqlanadi, ularning darsga tayyorligi nazorat qilinadi, Vatanimizning jozibali tabiat manzaralari, xushmanzara go‘shalari tasvirlangan rangli fotosuratlar tayyorlanadi.
|
| |