• III. Yangi mavzuni tushuntirish
  • Dam olish daqiqasi o‘tkaziladi. O‘quvchilar daftarlariga “Toshkent shahri va Toshkent viloyati haqida bilganlarim”
  • IV. Yangi mavzuni mustahkamlash
  • II. O‘tilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash)




    Download 20,44 Mb.
    bet43/63
    Sana15.05.2024
    Hajmi20,44 Mb.
    #234021
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   63
    Bog'liq
    4-sinf Tabiat(konspekt) (2)

    II. O‘tilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash):
    O‘tilgan mavzu yuzasidan uyga berilgan vazifaning bajarilganligi kuzatilib, o‘rganib chiqiladi. Savol-javoblar asosida o‘tgan mavzu yuzasidan o‘quvchilarning bilimlari aniqlanadi.
    Quyidagicha savol va topshiriqlar berish mumkin:
    1Siyosiy-ma’muriy xaritalarning tabiiy xaritalardan nima farqi bor?
    2.Siyosiy-ma’muriy xaritalarda nimalar tasvirlanadi?.
    3. O‘zbekiston siyosiy-ma’muriy xaritasida nimalar tasvirlangan?
    4.Xaritani o‘qish deganda nimani tushunasiz?
    5, Xaritalarda xarita nomi yozilgan tomoni odatda ufqning qaysi tomoniga to‘g‘ri keladi?
    O‘quvchilarning javoblari umumlashtirib, o‘tilgan mavzu xulosalanadi.
    III. Yangi mavzuni tushuntirish:
    Mavzuni boshlashda o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasi siyosiy-ma’muriy
    xaritasidan Toshkent shahri, Toshkent viloyatini topish va uning qaysi davlatlar va viloyatlar bilan chegaradosh ekanini aniqlash topshiriqlari beriladi. O‘quvchilarning mavzuga oid yana qanday ma’lumotlarga ega ekanliklari aniqlanadi.
    Videolavha yordamida mavzuning mazmuni ochib beriladi.
    Darslikdagi matn bilan ishlanadi.
    Xaritalar va rasmlardan foydalanib, mavzu tushuntiriladi.
    Dam olish daqiqasi o‘tkaziladi.
    O‘quvchilar daftarlariga “Toshkent shahri va Toshkent viloyati haqida bilganlarim” nomli bog‘lanishli matn tuzish vazifasi beriladi. O‘quvchilaro‘tilgan mavzu asosida bilimlarini umumlashtiradilar. Navbat bilan o‘qib berib, xaritadan kerakli ma’lumotlarni ko‘rsatib beradilar.
    IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
    O‘quvchilar guruhlarga ajratilib, Toshkent shahri va Toshkent vilo yati
    haqidagi bilimlarini Venn diagrammasi asosida qiyosiy tahlil qiladilar.
    D
    Toshkent
    shahri

    o‘xshashligi

    Toshkent
    viloyati
    idaktik mashq o‘tkaziladi.
    Venn diagrammasi asosidagi qiyosiy tahlil taqdimoti o‘tkaziladi.
    Mustahkamlovchi test topshiriqlari beriladi va o‘quvchilar egallagan bilimlar mustahkamlanadi.
    1. Toshkent shahrining egallagan maydoni va aholisi berilgan javobni belgilang.
    a) maydoni - 328 kv.km. va aholisi - 2 mllion 300 ming kishi;
    b) maydoni - 15300 kv.km. va aholisi – 2 million 700 ming kishi;
    d) maydoni – 7400 kv.km. va aholisi – 2 million 400 ming kishi;
    e) maydoni – 21100 kv.km. va aholisi 1 million 200 ming kishi.
    2. Aholini Yer yuzining turli xil o‘simliklari bilan tanishtirish maqsadida shaharda qaysi bog‘ tashkil etilgan?
    a) Hayvonot bog‘i; b) Botanika bog‘i; d) Bobur milliy bog‘i; e) G‘afur G‘ulom istirohat bog‘i.
    3. Toshkent viloyatining shaharlari berilgan qatorni toping.
    a) Urgut, Samarqand, Oqqo‘rg‘on; b) G‘ijduvon, Kogon, Shofi rkon;
    d) Chirchiq, Angren, Olmaliq; e)Chust, Koson, Termiz.
    4. Toshkent viloyatini suv bilan ta’minlaydigan daryolarni belgilang.
    a)Sirdaryo, Chirchiq, Ohangaron; b) Sirdaryo, Ugom;
    d) Katta Farg‘ona, Zarafshon; e) Do‘stlik, Zarafshon.
    5. Toshkent viloyati hududida qahday konlar mavjud?
    a) qo‘ng‘ir ko‘mir, ohaktosh; b) tabiiy gaz, neft;
    d) Osh tuzi, marmar; e) oltin, neft.

    Download 20,44 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   63




    Download 20,44 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    II. O‘tilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash)

    Download 20,44 Mb.