|
II. O‘tilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash)
|
bet | 45/63 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 20,44 Mb. | | #234021 |
Bog'liq 4-sinf Tabiat(konspekt) (2)II. O‘tilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash):
O‘tilgan mavzu yuzasidan uyga berilgan vazifaning bajarilganligini
kuzatib, o‘rganib chiqiladi. Savol-javoblar asosida o‘tgan mavzu yuzasidan
o‘quvchilarning bilimlari aniqlanadi.
Mustahkamlovchi test topshiriqlari ekranda namoyish etiladi.
1. _________ ________ mamlakatimiz O‘zbekiston Respublika sining poytaxti. (Toshkent shahri)
2. Toshkent shahrining yer maydoni _____ kv.km, aholisi ___ million ____ ming kishidan ortiq. (328 kv.km, 2 million 300 ming)
3. Aholini Yer yuzining turli xil o‘simliklari bilan tanishtirish maqsadida shaharda _________ bog‘i tashkil etilgan. (Botanika)
4. Tabiatni muhofaza qilish uchun ___________ davlat biosfera qo‘riqxonasi tashkil etilgan. (Chotqol)
5. Toshkent viloyati hududida _________, _________, ________
________, ________, ____________ kabi konlar bor. (oltin, mis,
qo‘ng‘ir ko‘mir, ko‘mir, ohaktosh)
III. Yangi mavzuni tushuntirish:
Mavzuni boshlashda o‘quvchilarga quyidagi blits-savol va topshiriqlarni berish mumkin:
Farg‘ona vodiysida O‘zbekistonning qaysi viloyatlari joylashgan?
Avtomobil ishlab chiqaruvchi korxona qaysi viloyatda joylashgan?
Gullar shahri deb qaysi shahar aytiladi?
O‘zbekiston Respublikasining siyosiy-ma’muriy xaritasidan Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarini toping.
Xaritalar va rasmlardan foydalanib, mavzu tushuntiriladi.
Darslik bilan ishlanadi.
Mavzuga oid videolavha namoyish etiladi.
Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tabiati, ishlab chiqarish korxonalari va qazilma boyliklari haqida videolavha yordamida namoyish etilib, tushuntiriladi.
Amaliy ish xarita bilan ishlash tarzida o‘tkaziladi.
Dam olish daqiqasi o‘tkaziladi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
O‘quvchilar 3 guruhga ajratilib, o‘rgangan bilimlarini Farg‘ona,
Andijon, Namangan viloyatlarining o‘xshashligi va farqini qiyosiy tahlil qilinadi.
Farg‘ona
Andijon
Namangan
O‘quvchilar bajargan ishlarini taqdimot qilib, tushuntiradilar. Har bir o‘quvchi o‘z fi kr-mulohazasi, xulosasini aytib beradi.
Mustahkamlovchi didaktik mashq o‘tkaziladi.
|
| |