|
Pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga doir namunaviy dars ishlanmalari
|
bet | 47/63 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 20,44 Mb. | | #234021 |
Bog'liq 4-sinf Tabiat(konspekt) (2)Milliy bog‘lar
Milliy bog‘ nomi
|
Joylashgan hudud(viloyat) nomi
|
|
|
|
|
27-28 - d a r s
SIRDARYO, JIZZAX VA SAMARQAND VILOYATLARI
Darsning maqsadi:
a)ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarining joylashgan hududi, o‘ziga xos tabiati, aholisi, sanoati haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirish; FK1:Viloyatlaridagi joy nomlari va geografik obyektlar, o‘simlik va hayvonlarning nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish.
b)tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarda Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarining o‘ziga xos tomonlari, tabiati, sanoatining yirik korxonalari o`rgatish;TK5: , mashhur tarixiy obidalari borligidan g‘ururlanish hissini uyg‘otish va asrab-avaylash ruhida tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning darslik materiallari haqidagi bilim, malakalarini rivojlantirish.FK2: Viloyatlarning tabiati, aholisining yashash tarzi, hamda xo‘jaligining bir-biridan farq qilishini tushuna olish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi
Dars metodlari: suhbat-munozara, muloqot
texnologiyasi, aqliy hujum, tushuntirish, mustaqil ishlash
Dars jihozlari: darslik, multimedia ilovalari, O‘zbekistonning siyosiy-ma’muriy xaritasi, O‘zbekistonning tabiiy
xaritasi, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarining tabiati, aholisin ing turmush tarzi, tarixiy obidalari tasvirlangan rasmlar, darslik, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Salomlashiladi, o‘quvchilar davomati aniqlanadi, ularning darsga
tayyorligi nazorat qilinadi. Sinf doskasiga O‘zbekistonning tabiiy xari-
tasi, O‘zbekistonning siyosiy-ma’muriy xaritalari ilib qo‘yiladi. Mavzuni
tushuntirishda yordam beradigan Sirdaryo, Jizzax va Samarqad
viloyatlarining xushmanzara tabiati, sanoati, aholisining turmush tarzi,
tarixi kabilar tasvirlangan rasmlar tayyorlanadi.
|
| |