|
Pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga doir namunaviy dars ishlanmalari
|
bet | 49/63 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 20,44 Mb. | | #234021 |
Bog'liq 4-sinf Tabiat(konspekt) (2)IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
Darslik bilan ishlanadi.
O‘quvchilar bilimlarini mustahkamlovchi test topshiriqlari beriladi.
1. Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari mamlakatimiz-
ning qaysi qismida joylashgan.
a) sharqiy; b) shimoliy; d)g‘arbiy; e) janubiy.
2. Guliston shahri qaysi viloyatda joylashgan?
a) Jizzax; b) Sirdaryo; d) Samarqand; e) Andijon.
3. Samarqand viloyatining aholisi qancha?
a) 1 million 200 ming; b) 750 ming;
d) 3 million 300 ming; e) 2 million 700 ming.
4.Tabiatni muhofaza qilish maqsadida Jizzax va Samarqand viloyat-
larida nechta qo‘riqxona tashkil etilgan?
a) 5 ta; b) 4 ta; d) 3ta; e) 9ta.
5. Zarafshon daryosi bo‘yida to‘qayzor majmuini muhofaza qilish
maqsadida qanday qo‘riqxona tashkil qilingan?
a) Zomin; b) Nurota; d) Zarafshon; e) Hisor.
Test topshiriqlarining javoblarini o‘quvchilar daftarlarini almashtirib
tekshirib chiqadilar va xulosalanadi.
V. Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash:
O‘quvchilarning o‘tilgan mavzu bo‘yicha olgan bilimlari umumlashtiriladi.
Dars mashg‘ulotidan qanday taassurot olganliklarini aytib beradilar. O‘quvchilarning faoliyatlari tahlil qilinadi, javoblari izohlanib,baholanadi.
VI.Uyga vazifa berish:
O‘quvchilarga darslikning 96-100 sahifalardagi matnni o‘qib chiqish, topshiriqlarni bajarish uyga vazifa qilib beriladi.
29 - d a r s
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining O‘zbekistonning janubida joylashgani, o‘ziga xos tabiati, aholisi, sanoati, tarixi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirish; FK3: Viloyatlarning darslikdagi xaritasidan unda berilgan geografik obyektlar,shaharlarni topa olish;
b)tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining tabiatini asrash, tejamkorlikka o‘rgatish; TK5: Viloyatlaridagi o‘simlik va hayvonlarni asrab-avaylashga o‘rgatish;
|
| |