|
Pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga doir namunaviy dars ishlanmalari
|
bet | 57/63 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 20,44 Mb. | | #234021 |
Bog'liq 4-sinf Tabiat(konspekt) (2)VI.Uyga vazifa berish:
O‘quvchilarga darslikning 109-112 sahifasidagi matnni o‘qib chiqish, mavzudan so‘ng berilgan topshiriqlarni bajarish uyga vazifa qilib beriladi.
32- dars
O‘ZBEKISTON TABIATINI MUHOFAZA QILISH
4-NAZORAT ISHI
Darsning maqsadi
ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasining okeanlardan uzoqda, eng katta quruqlik bo‘lgan Yevrosiyoning deyarli qoq o‘rtasida joylashganligi, yog‘in-sochinning, suvning kamligi, hududining katta qismi cho‘l, chala cho‘l va dashtlardan iboratligi, tabiat boyliklarini avaylab asrash haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirish;
TK2: kompyuter, televizor va boshqa manbalardan mavzuga doir zarur ma’lumotlarni izlab topish, ulardan samarali foydalana olish va mediamadaniyatga rioya qilish;
b) tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni o‘zbek xalqi tabiatga uzoq davrdan buyon mehr bilan qarab kelishi, uni asrab-avaylashda “Navro‘z” bayramining o‘rin, ona yerga, tabiatga mehr qo‘yish, unga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga o‘rgatish;TK5: o‘zi yashaydigan joyning maftunkor tabiati, tarixiy obidalarini, dam olish maskanlarini asrab avaylash va ularning qadriga yetish.
d)rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning tabiatni asrash, jonli va jonsiz tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish kabi bilimlarini rivojlantirish.
FK4: O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilish hamda tarixiy shaharlar, qadimiy obidalarni asrash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni kuzatadi va tushuna oladi. O‘zbekistondagi “Qizil kitob”ga kiritilgan o‘simlik va hayvonlarning nomlarini to‘g‘ri ayta oladi. O‘zbekistonning tarixiy shaharlarini xaritadan topa oladi. O‘zi yashaydigan joyda tabiatini muhofaza qilishga doir o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etadi va
ularni muhofaza qilishda o‘z hissasini qo‘sha oladi.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi
Dars metodlari: suhbat-munozara, aqliy hujum, guruhlarda ishlash, mustaqil ishlash, klaster usuli.
|
| |