|
Pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga doir namunaviy dars ishlanmalari
|
bet | 56/63 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 20,44 Mb. | | #234021 |
Bog'liq 4-sinf Tabiat(konspekt) (2)Dam olish daqiqasi o‘tkaziladi.(Xorazm san’ati haqida hikoya qilib berish mumkin)
Darslikdagi matnlar bilan ishlanadi va tahlil qilinadi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
Xarita bilan ishlash. Darslikdagi 73-74 rasmlari bilan ishlab, uning chegaradoshlari, suv manbayi haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar.
Mustahkamlovchi didaktik mashq o‘tkaziladi.
O‘quvchilar guruhlarga ajratilib, o‘rgangan bilimlarini Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘xshashligi va farqi haqidagi T chizmasi asosida tahlil qiladilar.
|
Xorazm viloyati
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
|
|
|
|
|
|
|
Mustahkamlovchi test topshiriqlari beriladi.
1. Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi mam-
lakatimizning ________ qismida joylashgan. (g‘arbiy)
2. ___________dengizi qurib bormoqda.(Orol)
3. Qizilqum va Sulton Uvays tog‘ tizmasi oralig‘ida qadimiy shahar
qoldig‘i - _____________ joylashgan. (Ayozqal’a)
4. ____________ ______ - Qoraqalpog‘iston Respublikasining poytaxti. (Nukus shahri)
5. Xorazm viloyatidagi _______ shahri dunyoga tanilgan qadimiy shahardir. (Xiva)
Yangi mavzuning o‘zlashtirilganligi guruhlarning faoliyatlari tahlil qilinadi, javoblari izohlanib, baholanadi.
V. Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash:
Dars davomida faol ishtirok etgan o‘quvchilarning javoblari izohlanib, baholanadi va rag‘batlantiriladi.
|
| |