|
Pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga doir namunaviy dars ishlanmalari
|
bet | 59/63 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 20,44 Mb. | | #234021 |
Bog'liq 4-sinf Tabiat(konspekt) (2)IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
Darslik bilan ishlanadi.
O‘quvchilarga olgan bilimlari asosida guruhlarda ishlab, “O‘zbekistonning tabiati” nomli bog‘lanishli matn tuzish va “Tabiatni muhofaza qilish” mavzusida rasmlar tanlovi tashkil etish vazifasi beriladi. O‘quvchilar tuzgan matnlarini o‘qitib beradilar.
Rasmlar tanlovining g‘olib guruhini aniqlab, rag‘batlantiriladi.
Mustahkamlovchi test topshiriqlari beriladi.
1. Insonning tabiatga beparvoligi qanday oqibatga olib keladi?
a) ekologiyaning buzilishiga; b) ob-havoning isishi;
d) tabiiy boyliklarimizning yanada ko‘payishiga; e) yil fasllarining o‘zgarishiga.
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish haqida belgilangan?
a) 50-moddasida; b) 55- moddasida;
d) 65-moddasida; e) 60-moddasida.
3.Tabiat qo‘ynida dam olish chog‘ida o‘zingizni qanday tutishingiz lozim?
a) atrofdagilarga xalaqit berish; b) yon-atrofni ifl oslantirmaslik;
d) chiqindilarni suv va tabiat qo‘yniga tashlamaslik; e) b va d javoblar to‘g‘ri.
4. Ko‘kalamzorlashtirish ishlariga qanday hissa qo‘shish kerak?
a) gul va daraxt ko‘chatlari ekish; b) gul va daraxt ko‘chatlarga zarar yetkazish;
d) gul va daraxt ko‘chatlarni parvarishlash; e) a va d javoblar to‘g‘ri.
5. “O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi”da necha turdagi o‘simlik
va hayvon o‘rin olgan?
a) 244 turdagi o‘simlik, 481 turdagi hayvon;
b) 324 turdagi o‘simlik, 184 turdagi hayvon;
d) 142 turdagi o‘simlik, 183 turdagi hayvon;
e) 248 turdagi o‘simlik, 148 turdagi hayvon.
Test topshiriqlarining javoblarini tekshirib, o‘quvchilarning bilimlari
umumlashtiriladi.
V. Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash:
Darsni mustahkamlovchi savollar beriladi, o‘quvchilar dars
mashg‘ulotidan nimalarni bilib olganliklari so‘raladi. B.B.B. usuli yordamida
xulosalanadi.
VI. Uyga vazifa berish:
o‘quvchilarga darslikdagi mavzuni o‘qib chiqish, mavzudan so‘ng berilgan topshiriqlarni bajarish uyga vazifa qilib beriladi.
|
| |