|
Pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga doir namunaviy dars ishlanmalari
|
bet | 55/63 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 20,44 Mb. | | #234021 |
Bog'liq 4-sinf Tabiat(konspekt) (2)Darsning turi: yangi bilim beruvchi
Darsda foydalaniladigan metodlar: suhbat-munozara, muloqot
texnologiyasi, tushuntirish, kichik guruhlarda ishlash.
Darsda foydalaniladigan jihozlar: O‘zbekistonning siyosiy-
ma’muriy xaritasi, Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasining
tabiati, yirik sanoat tarmoqlari va ularning maxsulotlari, aholisining
turmush tarzi, tarixiy obidalari tasvirlangan rasmlar, darslik, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Salomlashiladi, o‘quvchilar davomati aniqlanadi, ularning darsga tayyorligi nazorat qilinadi. Mavzuni tushuntirishda yordam beradigan Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasining tabiati, sanoati, aholisining turmush tarzi, tarixi kabilar tasvirlangan rasmlar tayyorlanadi.
II. O‘tilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash):
O‘tilgan mavzu va uyga berilgan vazifaning bajarilganligi kuzatib, o‘rganib chiqiladi. Quyidagicha savollar asosida o‘tgan mavzu yuzasidan o‘quvchilarning bilimlari aniqlanadi.
1. Navoiy viloyati yer maydoni jihatidan Respublikamiz viloyatlari orasida nechanchi o‘rinni egallaydi?
2. Buxoro va Navoiy viloyatlarining iqlimi qanday?
3. Buxoro va Navoiy viloyatlarida sanoatning qanday yetakchi tarmoqlari rivojlangan?
4. Navoiy viloyatida qanday yirik oltin konlari mavjud?
5. Buxoro viloyati qaysi buyuk olimlar Vatani hisoblanadi?
O‘quvchilarning javoblari umumlashtiriladi va xulosalanadi. Yozuvsiz xaritadagi topshiriqning bajarilishi nazorat qilinadi?
III. Yangi mavzuni tushuntirish:
Yana bir usti ochiq muzey shahrimiz - Xorazm viloyatidir. Bu viloyat Amudaryo bo‘yida joylashgan. O‘quvchilarning mavzu bo‘yicha bilgan ma’lumotlari savol-javoblar asosida aniqlanadi. Xorazm viloyati Amudaryoningquyi oqimida
O‘rta Osiyodagi eng katta cho‘llar Qoraqum va Qizilqum cho‘llari oralig‘ida joylashganligi, Xorazm vohasi qum dengizlari orasidagi yashil orolga o‘xshashi, O‘rta Osiyodagi eng katta daryo - Amudaryo viloyatning shimol qismidan oqib o‘tishi, undan juda ko‘p kanal va ariqlar chiqarilganligi, Xiva shahrining tarixiy va me’moriy yodgor-
liklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasining geografi k o‘rni, chegaralari, foydali qazilmalari, shahar va shaharchalari, tarixiy, arxeologik yodgorliklar kabi ma’lumotlar tushuntiriladi.
Mavzuga oid videolavha namoyish etilib, o‘quvchilar fikrlarini bayon etadilar.
|
| |