|
Pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga doir namunaviy dars ishlanmalari
|
bet | 50/63 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 20,44 Mb. | | #234021 |
Bog'liq 4-sinf Tabiat(konspekt) (2)d)rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning Qashqadaryo va Surxondaryo
viloyatlarining tabiatini, sanoati haqidagi bilimlarini rivojlantirish.
FK: Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarning tabiati, aholisining yashash tarzi, hamda xo‘jaligining bir-biridan farq qilishini tushuna olish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi
Dars metodlari: suhbat-munozara, muloqot texnologiyasi, aqliy hujum.
Dars jihozlari: darslik, multimedia ilovalari, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining tabiati, yirik sanoat tarmoqlari va ularning mahsulotlari, aholisining turmush tarzi, tarixiy obidalari tasvirlangan rasmlar, multimedia ilovasi.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O‘quvchilar davomati aniqlanadi, ularning darsga tayyorligi nazorat qilinadi, Mavzuni tushuntirishda yordam beradigan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining xushmanzara tabiati, sanoati, aholisining turmush tarzi, tarixi kabilar tasvirlangan rasmlar tayyorlanadi.
II. O‘tilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash):
O‘tilgan mavzu yuzasidan uyga berilgan vazifaning bajarilganligi
kuzatib, o‘rganib chiqiladi. Savol-javoblar asosida o‘tgan mavzu yu-
zasidan o‘quvchilarning bilimlari aniqlanadi.
III. Yangi mavzuni tushuntirish:
Yangi mavzuga kirish suhbati tashkil qilinadi.
-O‘zbekiston Respublikasining janubida joylashgan viloyatlarni bilasizmi?
-Ufq tomonlarini esga olamiz. Quyosh chiqar tomon–sharq, Quyosh botadigan tomoni –janubligini yaxshi bilasiz.
Mavzuga oid videolavha namoyish etiladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari Respublikamizning eng janubiy qismida joylashganligi, bu ikkita viloyatni mamlakatimizdagi eng baland Hisor tog‘lari bir-biridan ajratib turishi,O‘zbekistondagi eng baland tog‘ cho‘qqisi Xazrati Sulton (4643 m)
Surxondaryo viloyatida shu Hisor tog‘ida joylashganligi aytib o‘tiladi.
Darslik bilan ishlash. 63-65 rasmlar bilan birgalikda ishlanib,tahlil qilinadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining tabiati, sanoati, aholisi haqida videolavha namoyish etiladi. Videolavhadan olgan bilimlarini mustahkamlaydilar.
|
| |