• TOSHKENT SHAHRI VA VILOYATI Darsning maqsadi: a) ta’limiy maqsad
  • Darsning borishi: I.Tashkiliy qism
  • V. Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash




    Download 20,44 Mb.
    bet42/63
    Sana15.05.2024
    Hajmi20,44 Mb.
    #234021
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   63
    Bog'liq
    4-sinf Tabiat(konspekt) (2)

    V. Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash:
    Dars davomida o‘quvchilarning faoliyatlari kuzatiladi, guruhlarning taqdimotlari eshitiladi, o‘quvchilarning javoblari izohlanib, baholanadi va rag‘batlantiriladi.
    VI. Uyga vazifa berish:
    O‘quvchilarga darslikdagi mavzuni o‘qib chiqish, mavzudan so‘ng berilgan topshiriqlarni bajarish uyga vazifa qilib beriladi.


    25 - d a r s
    TOSHKENT SHAHRI VA VILOYATI
    Darsning maqsadi:
    a) ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga Vatanimiz poytaxti – Toshkent shahri va Toshkent viloyatining O‘rta Osiyodagi eng katta va ko‘rkam shahar ekanligi, uning joylashgan hududi, tabiati, aholisi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirish; TK1: darslik, o‘quv atlasi ma’lumotlardan samarali foydalana olish,
    b) tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarda Toshkent juda qadimiy shaharlardan biri ekanligi, Osiyodagi eng yirik sanoat va ilm-fan, madaniyat markazi ekanligidan g‘ururlanish hissini uyg‘otish;TK5: o‘zi yashaydigan joyning maftunkor tabiati, tarixiy obidalarini qadriga yetish
    d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning xaritalar, darslik materiallari bilan ishlashga o‘rgatish, savol-javoblarda faol ishtirok etishini ta’minlash, xaritalar bilan ishlash malakalarini rivojlantirish.FK4: Toshkent shahri va viloyatining tabiati, aholisining yashashtarzi, hamda xo‘jaligining bir-biridan farq qilishini tushuna olish;
    Darsning turi: yangi bilim beruvchi
    Dars metodlari: suhbat-munozara, aqliy hujum, mustaqil ishlash, klaster usuli asosida o‘z-o‘zini baholash.
    Dars jihozlari: O‘zbekistonning siyosiy-ma’muriy xaritasi, O‘zbekistonning tabiiy xaritasi, Toshkent shahrining tabiati, sanoati, aholisining turmush tarzi tasvirlangan rasmlar, darslik, multimedia ilovalari.
    Darsning borishi:
    I.Tashkiliy qism:
    O‘quvchilar davomati aniqlanadi, ularning darsga tayyorligi nazorat qilinadi, sinf doskasiga, O‘zbekistonning tabiiy xaritasi, O‘zbekistonning siyosiy-ma’muriy xaritalari ilib qo‘yiladi. Mavzuni tushuntirishda yordam beradigan Toshkent shahrining tabiati, sanoati, aholisining turmush tarzi tasvirlangan rasmlar tayyorlanadi.

    Download 20,44 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   63




    Download 20,44 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    V. Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash

    Download 20,44 Mb.