22
3-ilova
Guruhlarda ishlash uchun topshiriqlar
1-guruh
1-topshiriq. Ushbu fikr to`g`ri yoki noto`g`riligini aniqlang (javobni asoslang).
Geneologik metod haqida ma`lumot bering. Ushbu metodning maqsadi nima?
2-topshiriq. Muammoli savolga aqliy hujum usulida javob toping.
Irsiy omillar va ularning inson hayotiga ta`siri qanday?
2-guruh
1-topshiriq. Ushbu fikr to`g`ri yoki noto`g`riligini aniqlang (javobni asoslang).
Tabiatda kuchlilar kuchsizlar ustidan g`alaba qilib, yashovchanlik xususiyatiga ega . Agar tilshunoslikka bu fikr
yo`naltirilsa, xind-german tillari (ya'ni flektiv tillar) yashash uchun kurashda g`alaba qilmoqda va boshqa tillarni
siqib chiqarish hisobiga dunyoni zabt etib bormoqda.
2-topshiriq. Muammoli savolga aqliy hujum usulida javob toping.
Olamni belgilashtirish tushunchasini yoritib bering.
3-guruh
1-topshiriq. Ushbu fikr to’g`ri yoki noto’g`riligini aniqlang (javobni asoslang).
Jahon tillarining geneologik tasnifiga ko`ra konkret tillar til guruhlariga, til
guruhlari til tarmoqdariga, tarmoqlar esa
til oilalariga birlashtirilgan.
2-topshiriq. Muammoli savolga aqliy hujum usulida javob toping.
Neyrolingvistika, psixolingvistika, neyropsixologiya, neyrofiziologiya, psixoakustika, kibernetika kabi oraliq fanlar
tabiatini kompleks tarzda o`rganlishning bir tarmog`i deb qaraydilar. Shu to`g`rimi? Nima uchun?
4-ilova
Aqliy hujum va masalani yechish bosqichlari
1. Mustaqil fikrlang xayolingizga kelgan barcha g`oya, fikrlarni qog`ozga yozing.
2. Barcha g`oya va fikrlarni yozing, agar ular takrorlanayotgan bo`lsa, maxsus belgi qo`ying.
3. G`oyalarni baholang.
4. Eng maqbo`l g`oya guruh g`oyasi sifatida shakllantiriladi.
5. Barcha yozilgan g`oyalarni guruh muammosini yechish uchun guruhlashtirish mumkin.
6. Guruhning umumiy javobi shakllantiriladi.