|
Pedagogik vazifalar Oquv faoliyati natijalari Ta’lim berish usullariBog'liq 03Таълим технологияси.Ш.Абдурахманов lingvistikasi mumtoz tilshunoslikning an’analariga tayanib ish ko`radi. Uni amaliy jihatdan boyitadi. Ba’zi hollarda
mumtoz tilshunoslikni inkor etadi. (ko`p ma’nolilik, omonim so`zlarni inkor qiladi) Mumtoz tilshunoslik tabiiy til
qonuniyatlari asosida ishlaydi. Kompyuter tilshunosligi va sun’iy til qonuniyatlariga bo’y sunadi. Sun’iy til programmalash
tili - BASIC, PASCAL, C++. Lingvist va dasturchilar tomonidan kompyuter tili uchun tushunarli qilib yaratilgan til.
1897-yil 1-bo`lib sun’iy til yaratilgan. Bu kompyuter uchun emas, butun dunyo va xalqlarni birlashtirish uchun xizmat
qiladi. Sun’iy til tushunchasi tilshunoslik fanida ham bor bo`lib, u butun dunyo millatlari yagona tilda gaplashishini
maqsad qilib insonlar tomonidan yaratilgan til tushuniladi. 1897-yili vrach Zamengov tomonidan Esperanto tili yaratilgan.
Esperanto tili ham sun’iy til bo`lib, bu tilni butun dunyo olimlari o`rganishgan va ular o`rtasida anjumanlar bo`lib o`tganda
shu tilda so`zlashishgan. Kompyuter lingvistikasi fani bo`yicha oxirgi tadqiqotlar quyidagilardir.
Sun’iy intellekt yaratish g`oyasi.
Gipertekst (katta matn )bo’yicha tadqiqotlar.
Informatsion (axborot) qidiruv bo`yicha tadqiqotlar.
Tezaurus.
Sun’iy intellekt g`oyasi kompyuter tehnologiyasi rivojlanishi bilan bog`liq bo`lib, u XX asrning 70-yillarida vujudga
keldi. Bunda sun’iy intellekt quyidagi talablarga javob berishi lozim bo`ladi.
U inson bilan muloqotda kirisha olsin
Tashqi ta’sirlarga o`z reaksiyasini bildira olsin. (qo`rqish, hayajonlanish, emotsiyaga berilish kabi)
Qisqa vaqt birligining ichida ko`p operatsiyalarni bajara olsin. Olib borilgan tatqiqotlar natijasida 1-talabga qisman
erishildi. Buni AQSHda so`nggi yillarda yaratilgan biokompyuterlarni misol qilib keltirish mumkin. Bu sun’iy intellekt
g’oyasining 1-mevasi hisoblanadi. HYPER TEXT so`zidan olingan bo`lib, matn ustiga matn degan ma’noni bildiradi.
Gipertext g`oyasi internet tizimi bilan bevosita bog`liq bo`lib bu internetda matnlar bilan ishlashni ta’minlovchi va USER
ga qulaylik yaratish uchun o`ylab topilgan. Internet olami virtual olam sanalgani uchun biz undagi birinchi olamdan
ikkinchi olamga hech qanday to`siqlarsiz o`ta olamiz. Mana shu virtuallikni bizga ta’minlab beruvchi tizim GIPERTEXT
g`oyasidir. Internet saytlarini manzilini ko`rsatishda HTTP dan foydalanamiz. (Hyper text transfer protocol) Giper matnni
o`tkazish yo`lagi.
3. Informatsion qidiruv tizmlari g’oyasi XXasrning 70-80-yillarida rivojlandi. Bunda ma’lumotlarni qisqa vaqt birligi
ichida qidirib topish, kerakli hujjatlarni ma’lumotlar bazasidan topishni optimallashtirish tizimi nazarda tutiladi.
4.Tezaurus lug’atlar kompyuterga o’rnatiladigan lug’at turi bo’lib bu lug’at boshqa lug’atlardan farqli ravishda tildagi
eskirgan so’zlar, tarixiy so’zlar, yangi paydo bo’lgan so’zlar, faol so’zlar, nofaol so’zlar bir so’z bilan aytganda leksikom
so’zlarga kiritiladi. Tezaurus so’zi lotincha so’z bo’lib xazina degan ma’noni anglatadi.
|
| |