27
3.
Teorema – aksiomlardan mantiqan keltirib chiqariladigan jumlalar, u shart, isbot va xulosa qismlariga ega.
Aksiomatik nazariya quyidagi talablarni qanoatlantirishi kerak:
-
ziddiyatsizlik– aksiomalar tizimining shunday xossasi bo`lib, unga ko’ra, sistemaning hech qanday ikkita holati bir-
biriga zid kelmasligi kerak.
-
to`lalik – aksiomalar sistemasiga qandaydir jumlani qo`shganimizda, sistemada ziddiyat sodir bo`ladi.
-
bog`liqsizlik – berilgan aksiomalar sistemasining u yoki bu sistemalari shu sistemaning boshqa sistemalari yordamida
isbot qilinishi mumkin emas.
Aksiomatik metod – ilmiy nazariy qurilma bo`lib, unda nazariya asosida boshlang`ich postulat va aksiomalar
qo`yiladi, qolgan barcha qoidalar (teoremalar) undan kelib chiqadi. Aksiomalar isbot talab qilmaydi, chunki
uning isboti
uzoq asrli kuzatishlar natijasida yuzaga kelgan. Aksiomatik nazariyada dastlabki boshlang`ich
tushunchalar, postulat,
aksiomalar, teoremalar keltirib chiqarish qoidalari asosiy o`rin tutadi. Aksiomatik nazariyaning bosqichlari:
Aksioma: so`zda nechta unli bo`lsa shuncha bo`g`in bo`ladi.
Teorema: Agar ixtiyoriy X gap inversiyaga uchramasa,
NSP-Normal Sentence Pattern (normal gap qurilishi) ga mos
kelsa, u holda ega doim kesimdan oldin keladi.
Matematik tahlil metodi tilshunoslik fani uchun ahamiyatli. Tilda mavjud hodisalar aniq matematik parametrlarda
o`lchanadi. Ularning miqdoriy harakteristikalari koeffitsiyentlarda beriladi. Tilshunoslik faniga bunday yondashuv
Amerikalik olim Jozef Grinberg tomonidan 1960-yilda ilk bor qo`llanilgan. Olim “til tipologiyasiga miqdoriy yondashuv”
nomli maqolasida matematik tahlil metodini qo`llagan. Grinberg tavsiya etgan metod tilshunoslikda tub burilish yasadi.
Buni quyidagicha tushuntirish mumkin. O`zbek tili suffikisal tilmi yoki prefikisal til?
Bu masalani yechish uchun
W
M
formulasidan foydalanamiz, bu yerda M – morf = qo`shimchalar soni, W – word = tanlangan matndagi so`zlar soni.
Tanlangan matndagi hodisalarning uchrash koeffitsiyentlarini aniqlaymiz.
1-matn
2-matn
3-matn
Suffixsal
0,75
0,76
0,78
Prefixal
0,01
0,00
0,01
4-matn
5-matn
6-matn
Suffix
0,72
0,74
0,70
Prefix
0,00
0,01
0,00
To`plam deb shunday sistemaga aytiladiki, o`z elementlari ichida bir-biri bilan uzviy bog`liq bo`lib to`plamchalar va
barqaror munosabatlar asosida quriladi.
To`plam bo`lishlikning belgilari quyidagilar.
O`z ichida bo`linuvchanlik xususiyatiga ega.
O`zini o`zi to`ldiruvchanlik xususiyatiga ega.
To`plam tashqi ko`rinishidan xaotik ko`rinsa ham aslida, ularda tartib ideal tuzilgandir.
Tillar turlicha bo`lgani uchun ulardagi o`zakni aniqlash masalasi biroz qiyin bo`ladi. Bunda biz bir so`z asosida bir
necha so`zlarni yasaymiz va o`sha so`zlardagi takrorlanayotgan harflarni aniqlaymiz va aniqlangan harflar barcha so`zlar
uchun umumiy hisoblanadi.
Masalan: break, broke, broken.
XIX asr boshlaridan to XX asr boshlariga qadar tillarning morfologik tipologiyasi mumtoz an'analar va tamoyillar
asosida rivojlandi. Jozef Grinberg qam bu sohada noan'anaviy tadqiqotlar olib boradi. U morfologik
tasnifni yangicha
yondashuv - kvantitativ metod asosida tadqiq etadi. Olim matematik aniqlikka erishish maqsadida til hodisalarini miqdoriy
ko`rsatkichlar asosida qayta baholaydi. Grinbergning tadqiqotida beshta muqim belgi: parametr, ya'ni mezon vazifasini
o`taydi. Har bir parametr o`z navbatida bir yoki bir necha indeks (ko`rsatkich) lardan iborat. Tanlangan besh parametr
quyidagilardir:
1. Sintez darajasi (degrees of synthesis)
2. Bog`lanish usuli (technique)
3. Derivatsion va aniq relyatsion tushunchalarning mavjudligi yoki yo`qligi.
4. O`zakka nisbatan qo`shimchalarning joylashish o`rni.
5. (Sintaktik) aloqa turlari (moslashuv, so`z tartibi).
Ushbu parametrlar asosida 10 ta indeks ajratib ko`rsatiladi:
1. M / W- sintez indeksi. Morpheme / word - morfema / so`z
2. A / J - agglyutinatsiya indeksi. Agglutination / juncture - agglyutinatsiya / chok
3. R / W – qo`shma so`z yasash indeksi. Root / word – o`zak / so`z
4. D / W - derivatsiya indeksi. Derivational / word – so`z yasovchi qism / so’z
5. I / W – so`zning o`zgarish indeksi. Inflectional / word – so`z o`zgartiruvchi qism / so’z
6. P / W - prefiksatsiya indeksi. Prefix / word - prefiks / so`z
7. S / W - suffiksatsiya indeksi. Suffix / word – qo`shimcha / so`z
8. O / W - izolyatsiya indeksi. Order / word - tartib / so`z
9. Co / N - moslashuv indeksi. Concord / nexus - moslashuv / neksus
10. Pi / W - sof ko`rinishdagi fleksiya indeksi. Pure inflection / word - sof fleksiya / so`z.
28
Grinberg ushbu indekslarni turli guruhga mansub bo`lgan 8 ta tilga (sanskrit, anglo-saks, yoqut, vyetnam, fors, ingliz,
suaxili, eskimos tillariga) tatbiq etdi va qiyoslanayotgan tillarda indekslarning qay darajada kuzatilishini aniqladi.
Bunda
olim formulalar asosida statistik ma'lumotlarni yaratdi. Masalan, sintetiklikning dunyo tillaridagi darajasini aniqlash uchun
formulasidan foydalandi. Bu yerda M - ma'lum tipdagi chekli (100 so`zdan iborat bo`lgan) matn ichida uchragan morflar
soni, W (inglizcha Word – so`z) - matndagi so`zlar sonidir. Hisoblash quyidagi natijalarga olib keladi: Vetnam tili uchun -
1,06 (ya'ni 100 so`zda 106 morrf uchraydi), ingliz tili uchun - 1,68, sanskrit tili uchun - 2,59, eskimoskk tili uchun - 3,72
dir. Natijalardan kelib chiqqan qolda olim tillarni quyidagicha baqolaydi: " 2 dan past miqdoriy ko`rsatkichga ega bo`lgan
tillar (vetnam, ingliz, fors, xitoy, italyan, nemis tillari) analitik tillar, 2 dan 3 gacha miqdoriy ko`rsatkichga ega bo`lgan
tillar (rus, sanskrit, qadimgi yunon, lotin,
eski slavyan, chex, polyak, yoqut, suaxili tillari) sintetik tillar, 3 dan yuqori
ko`rsatkichga ega bo`lgan tillar (eskimoskk, ayrim kavkaz tillari, Amerika hindulari tili) polisintetik tillar qisoblanadi".
Demak, Grinberg fikriga ko`ra, tekshirilgan tillar orasida analitizm kuchli bo`lgan til vetnam tili, sintetizm kuchli bo`lgan
til esa eskimoskk tilidir.
Tilshunaslik fani 2ga: amaliy va nazariy tilshunoslik faniga bo`linadi. Amaliy tilshunoslikning o`zi ham 2ga, ya’ni 2
bosqichga bo`linadi.
1-bosqich:
matematik lingvistika
2-bosqich: kompyuter lingvistikasi.
Kompyuter lingvistikasi fani 1960-yilda AQSHda shakllangan. Kompyuter barcha jabhalarda til bilan to`qnash keladi.
Lekin bu til fоrmallashgan, ya’ni insonlarga tushunarsiz bo`lgan til. Shu ma’noda kompyuterning ishlash prinspini
quyidagicha tushuntirish mumkin.
MATN
kodlash dekodlash
Shunga bog`liq holda kompyuter 2 ta ta’minot asosida ishlaydi.
Texnik ta’minot.
Lingvistik ta’minot.
Bu ta`minotlar o`zaro bir-birini taqozo qilgani uchun kompyuter va tilshunoslik fani hamkorlik qiladi. Shuning
natijasida kompyuter lingvistikasi fani yuzaga keldi. Fanning paydo bo`lishi obyektiv sharoitlarda yuzaga chiqadi.
Kompyuter lingvistikasining yuzaga kelishiga amerikalik tilshunos olim Noam Chomskiy katta asos solgan. U o`zining
“Sintaktik strukturalar” nomli tadqiqotida transformatsion grammatika g`oyasini o’rtaga tashlaydi. Bunga ko`ra muayyan
bir gap ma’nosi saqlangan holda shaklan o`zgartirilib, turli xil jumlalar qurish mumkin. Bunday
gaplar transforma gap
deyiladi.
Kompyuterda matn bilan ishlash jarayonida transforma g`oyasi juda muhim o`rin tutadi. Kompyuter