Foydalanilgan adabiyotlar




Download 0.89 Mb.
bet3/16
Sana06.06.2021
Hajmi0.89 Mb.
#14782
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………42

Illyustratsiyalar ro‘yhati……………………………………………………...43

KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. Ijtimoiy ong shakllaridan biri - san’at-tabiat va jamiyatda bo‘lgan, bo‘layotgan va bo‘ladigan voqea-hodisalarni badiiy tasvirlarda ifodadanishidir. Tasviriy san’at o‘zida moddiy olamning umumiy holatini va rivojlanishini aks ettirib, odamlarga uni bildiririshda muhim vosita bo‘ladi va ularni siyosiy, ahloqiy va badiiy jihatdan tarbiyalashning qudratli omili bo‘lib xizmat qiladi. San’at voqelikning o‘zida ifodalash uslubi va xarakteri, mazmuniga ko‘ra tasviriy san’at, me’morchilik, adabiyot, musiqa, sirk, teatr, kino, radio-televideniya kabi turlarga bo‘linadi.

Tasviriy san’atda manzara janrida san’at asari yaratishning eng ijobiy va muhim xususiyati shundaki, u fandan farqli o‘laroq voqea va hodisalarni tushunchalarda emas, balki sezgi va his bilan idrok qilinadigan shakllarda, tipik-badiiy obrazlarda ifodalaydi.

O‘zbekiston tasviriy san’atining tarixi, qadriyatlari, ilm-fan, madaniyat durdonalarini, har tomonlama ilmiy va ijodiy o‘rganish va tahlil etish g‘oyat muhimdir. ”Bugun bizning oldimizga shunday tarixiy imkoniyat paydo bo‘ldiki, - degan edi prezidentimiz I.A.Karimov, - biz bosib o‘tgan yo‘limizni tanqidiy baholab, ilmiy davlatchiligimiz negizlarini aniqlab, buyuk madaniyatimiz tomirlariga, qadimiy merosimiz tomirlariga qaytib, o‘tmishdagi boy an’analarni yangi jamiyat qurilishiga tatbiq etmog‘imiz kerak. ” Shu maqsadda respublikamiz hukumatining qator hujjatlari Vatanimizning har tomonlama jahon andozalari asosida rivojlantirishga qaratilmoqda. Jumladan, yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda madaniyatimiz, umuminsoniy qadriyatlarimiz, milliy san’atimiz namunalaridan, ota-bobolarimiz tomonidan yaratilgan va butun jahonga mashhur bo‘lgan ajoyib san’at namunalaridan keng foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda. San’at, xususan tasviriy san’at istiqlol davrida mafko‘raviy - g‘oyaviy, ma’naviy

Olamning tarkibiy qismi sifatida u millat hayotidagi siyosiy va ijtimoiy – iqtisodiy o‘zgarishlarga plakat kabi tashviqot- targ‘ibot vositalariga o‘xshab tezkorlik bilan javob bera oladigan ijodiy targ‘ibotlaridan kelib chiqqan holda davom etmoqda.

Ko‘p asrlik tarixga ega O‘zbekiston tasviriy san’atida manzara janrida yaratilgan san’at asarlari murakkab va serqirra badiiy obrazli tizimdir.

Boshqa tasviriy san’at turlari kabi, manzara janri ham doimiy rivojlanishda. Ushbu janrning psixologik xususiyatlari haqida ilmiy tadqiqotlar olib borilib, tasviriy san’at tarixini kundan-kunga yangi ma’lumotlar bilan boyitmoqda.

Yuqoridagi fikrlarni muxtasarlab quyidagilarni ta’kidlash joiz.

Milliy istiqlol tufayli O‘zbekiston xalqi o‘zini milliy ma’naviy-madaniy yangilanishida o‘ziga xos yo‘lni tanladi va bu jarayon yurtboshimiz I.A.Karimov rahnamoligida bosqichma-bosqich davom etmoqda. Shunday ezgu maqsadlarni amalga oshirish mamlakatimizda demokratik tamoyillarga asosolangan jamiyatni barpo etish, yurt taraqqiyotini ta’minlash, yoshlar qalbiga va ongiga milliy istiqlol mafko‘rasini shakllantirishni taqozo etmoqda.

Shunday ekan, har bir jamiyatning ijodkor qatlami o‘zining o‘rinbosarlari bo‘lgan yosh avlodning kelajagi uchun qayg‘urishi va g‘amxo‘rlik qilishi zarurdir.

Ajdodlarimiz yaratgan buyuk san’at asarlari, madaniy-ma’rifiy boyliklar xalqimiz, ayniqsa yosh avlod uchun katta tarbiya maktabi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Shu nuqtai nazardan ushbu bitiruv malakaviy ishida tasviriy san’at asarlarida “Kuz manzarasi” mavzusida kompozitsiya ishlashni keng miqyosda o‘rganib, ta’lim jarayonlarining yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlarida o‘quvchi – o‘quvchilarni ushbu janrda asar yaratish orqali tabiatni, ekologiyani, shuningdek, atrof-olamimizni o‘rab turgan jamiki tabiat unsurlarini asarab-avaylash bilan birga ulardan bahra olish san’atiga ega bo‘lishni taklif qilinadi.

Tanlangan mavzuning dolzarbiligi shundaki, manzara janrida yaratilgan asarlar Mustaqillik yillariga kelib, san’at darajasida yuqori mavqega erishib borayotganligiga qaramasdan bugunga qadar ushbu san’at turi va unda ijod qiluvchi usta rassomlar ijodi ilmiy jihatdan o‘quv mashg‘ulotlarida ilg‘or texnologik yondashuvlar asosida o‘rganilmagan. Ushbu san’at turi borasida dars jarayonida yangicha pedagogik yondashuvlar asosida nazariy ma’lumot beruvchi manbalar yo‘qligi rassomchilikning ilmiy-ijodiy, nazariy va amaliy ahamiyati sust darajadaligidan dalolat beradi. Shu bilan bir qatorda ushbu sohani keng qamrovda namoyon etuvchi ilmiy manbalarni ommaga joriy etish masalalarini taqozo etadi.

Mavzuning dolzarbligi yana shunda ko‘rinadiki, o‘zbek xalqining qadimdan shakllangan rassomchilik san’ati o‘zining xilma-xil turlari bilan bir-biridan alohida ajralib turadi.

Ushbu bitiruv malakaviy ishim mavzusini tasviriy san’at darslarida “Kuz manzarasi” mavzusida kompozitsiya ishlash deb nomladim. Ushbu mavzuni hozirgi zamon o‘quvchilariga to‘la javob bera oladigan darajada tashkil etiladigan, pedagogik texnologiyalarga yondashgan holda keng yoritib berish, mavzuni o‘quvchilarga pedagogik jarayon doirasida ochib berish ayni malakaviy bitiruv ishining dolzarb masalasidir.

Yuqorida zikr etilgan fikrlardan shuni ta’kidlash mumkinki, buyuk davlatning bugungi istiqbolini madaniyat va ma’naviyat haqida guvohlik beruvchi san’at muassasalarisiz tasavvur etish qiyin. Binobarin, Prezidentimiz I.A.Karimovning «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida» kitobida to‘g‘ri ta’kidlaganlaridek: «Biron bir jamiyat ma’naviy va ahloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o‘z istiqbolini tasavvur eta olmaydi». Demak, san’at muassasalari – ma’naviyat va madaniyat manbai ekan, ulardan xalqimizning ma’naviyatini, madaniyati va san’atini ko‘tarishda ta’lim jarayonlaridan samarali foydalanish bugunning dolzarb vazifasidir.



Download 0.89 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 0.89 Mb.