|
Pedagogika instituti
|
bet | 115/152 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #245279 |
Bog'liq Klinika 2023й Равшанова И .Э.Nazorat savollari:
1. Eshitish qobiliyatini zamonaviy tekshirish usullari haqida bilasizmi?
2. Nutq va kamertonlar bilan tekshirish. Audiometriyada qanday tekshiriladi?
3. Tashqi va nutqli audiometriya. Otoskopiya qanday asbob?
4. Yordamchi eshitish apparatlarining tasnifi. Zamonaviy yordamchi eshitish apparatlari turlari va ularni tavsiya etish haqida tushunchaga ehamisiz?
15 – Mavzu: Nutq a’zolari a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutqning rivojlanishida optik va akustik sistemaning ahamiyati. Nutq sistemalari faoliyatining neyrofiziologik asoslari. Nutq jarayonini tashkil etishda kortikal va miya mexanizmlari.
REJA:
1. Nutq sistemalarining anatom-fiziologik tuzilishi.
2.Bolalarda nutqning rivojlanishida ko‘rish va eshitishning ahamiyati.
3. Nutq sistemasining faoliyatida nerv sistemalarining funksional birligi.
4. Nutqning shakllanishida miyaning kortikal bo‘linmalari va tuzilmalarining ahamiyati. Nutq-motor jarayonlari.
Tayanch so’z va iboralar: markaziy (yoki boshqaruvchi) va pereferik (yoki bajaruvchi) nutq apparati, miya qobig‘i, qobiq osti tugunlari, o‘tuvchi yo‘llar, o‘zakdan (avvalo, uzunchoq miyada) yadrolar va ovoz, nafas, artikulyasiya.
Inson nutq organlari haqida asosiy tushunchalar
Nutqning anatomik-fiziologik mexanizmlarini, ya’ni nutq faoliyatining tuzilishi va ishlashi jihatidan tashkil etilishini bilish, birinchidan, nutqning murakkab mexanizmini normada tasavvur qilish, ikkinchidan, nutq patologiyasi (buzilishi) tahliliga differensial yondashish; uchinchidan, tuzatuvchi ta’sir yo’llarini to’g’ri belgilashga imkon beradi.
Nutq insonning murakkab oily psixik funksiyalaridan biridir.
Nutq harakatlari murakkab a’zolar tizimi orqali amalga oshiriladiki, bunda bosh miya faoliyati asosiy rol o’ynaydi.
XX asrning boshlaridayoq nutq funksiyasining miyadagi maxsus «alohida nutq markazlari»ning mavjudligi bilan bog’lagan nuqtayi nazar keng yoyilgan edi.
I.P. Pavlov bu qarashga yangi yo’nalish berdi. U bosh miya qobig’ining nutq funksiyalari lokalizatsiyasi murakkab bo’libgina qolmay, balki o’zgaruvchan xususiyatga ega ekanligini ham isbotlab berdi va uni «dinamik lokalizatsiya» deb atadi.
1.Hozirgi vaqtda P.K. Anoxin, A.N. Leontyeva, A.R. Luriya va boshqa olimlarning olib brogan tadqiqotlariga ko’ra, har qanday psixik funksiyalarning asosi alohida «markazlar» bo’lmay, balki markaziy asab tizimining turli joylarida joylashgan murakkab funksiyalar tizimi hisoblanadi.
Nutq faqat inson uchun xos bo’lgan alohida va yuqori darajadagi aloqa shaklidir. Nutqiy aloqa jarayonida kishilar fikr almashadilar va bir-birlariga ta’sir etadilar. Nutqiy aloqa til orqali amalga oshiriladi. Til–bu fonetik, leksik va grammatik vositalar tizimidir. Gapiruvchi o’z fikrini bayon etish uchun zarur so’zlarni tanlaydi, ularni til grammatikasi qoidalariga asoslanib bog’laydi va nutq a’zolari artikulyatsiyasi orqali talaffuz etadi.
Odam nutqi tushunarli va ma’noli bo’lishi uchun nutq a’zolarining harakatlari aniq va to’g’ri bo’lishi kerak. Shu bilan birga bu harakatlarni maxsus ixtiyoriy kuch ishlatmasdan ro’yobga chiqarish mumkin bo’lgan avtomatik bo’lishi lozim. Aslida ham huddi shunday bo’ladi. Odatda, gapiruvchi faqat o’z fikrini nazorat qiladi, nafas olganda uning tili og’zida qanday holatda bo’lishi va hokazolar haqida o’ylab ham o’tirmaydi. Bu nutqni talaffuz etish mexanizmi faoliyati oqibatida sodir bo’ladi. Nutq talaffuzi mexanizmi harakatini tushunish uchun nutq apparatining tuzilishini yaxshi bilish zarur.
|
| |