|
Nutqning buzilish sabablari
|
bet | 118/152 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #245279 |
Bog'liq Klinika 2023й Равшанова И .Э.Nutqning buzilish sabablari
Bolalarda nutq buzilishini yuzaga keltiruvshi sabablar ichiga tashqi (ekzogen) va ichki (endogen) omillar, shuningdek, atrofmuhitning tashqi sharoitlari kiradi. Nutqiy nuqsonning turli sabablarini ko‘rib chiqishda evolyusion-dinamik yondashiladi. Bu nuqsonning yuzaga kelish jarayonini tahlil qilishdan, nuksonli rivojlanishning umumiy qonuniyatlarini va har bir yosh davrida nutqning rivojlanish qonuniyatlarini hisobga olishdan iboratdir (Abu Ali Ibn Sino, I.M.Sechenov, L.V.Vigotskiy). Psixik (shu bilan birga nutqiy) jarayonlarning shakllanishida biologik va ijtimoiy jarayonlarning birligi tamoyili nutqiy tizimning rivojlanishiga – nutqiy muhit, muomala, emosional aloqa va boshqa omillarning ta’sirini aniqlash imkonini beradi. Eshitishi normal bo‘lgan bolaning kar-soqov ota-ona qo‘lida tarbiyalanuvchi, surunkali kasal bo‘lib tez-tez kasalxonalarda davolanuvshi bolalarda nutqning rivojlanmay qolishi, oilada uzoq vaqt davom etuvchi ruhiy shikastlanish va ikki tillik bolada duduqlanishning yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi nutqiy muhitning nutq rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishiga misol bo‘ladi.
Nutq nuqsonlarning sabablari:
Ekologik sabablar
Tibbiy sabablar
Ruhiy-ijtimoiy sabablar
1. Ekologik sabablar: ichki va tashqi radiasiya; ishlab chiqarishning, qishloq xo‘jaligining, avtotransportning, harbiy poligonning zararli ta’sirlari; oziq-ovqat va suv ta’minotining sifatsizligi.
2. Tibbiy sabablar: er-xotinning qarindosh bo‘lishi; otaonaning rivojlanishidagi orqada qolishlari; jarohatlar (jismoniy va ruhiy); ota-onalarning surunkali kasalliklari; zararli odatlar (ichkilikbozlik, nashavandlik, toksomaniya, kashandalik); onaning surunkali og‘ir anamnezi: oilani noto‘g‘ri rejalashtirish yo‘llari, abortlar, onaning ginekologik kasalliklari, erta va kech tug‘ruqlar (birinchi homilaning 16 yoshdan oldin va 40 yoshdan keyin bo‘lishi); tug‘ruqdan oldingi jarohatlar; bolalarda somatik kasalliklar; bakterial-virusli infeksiyalar; ona va bolaning to‘liq oziqlanmasligi; oilaga tibbiy, tashxis va korreksion yordamning o‘z vaqtida berilmasligi. Embrion rivojlanish davridagi turli xil patologiyalar:
● homiladorlik vaqtidagi toksikozlar, virusli va endokrin kasalliklar, jarohatlar, onaning rezus-faktorga mos kelmasligi;
● tug‘ruq vaqtidagi shikastlanish va asfiksiya;
● bola rivojlanishining birinchi yilidagi bosh miya kasalliklari (meningit, ensofamit);
● miyaning chayqalishi bilan birga sodir bo‘ladigan bosh miya jarohatlari;
● nasliy omillar, bunday hollarda nutq buzilishlari umumiy nerv tizimi buzilishlarining bir qismini tashkil etib, intellektual va harakat kamchiliklari bilan birga keladi;
3. Ruhiy-ijtimoiy sabablar: ota-onalar tomonidan diqqate’tiborning sustligi; bolalarga nisbatan qattiqqo‘llik yoki o‘ta erkalatish, oila va aholi intellektual saviyasining pastligi; oilaning to‘liqsizligi (ota yoki onaning yo‘qligi) fojeali (ekologik, ijtimoiy, iqtisodiy, ruhiy) vaziyatlar. Ijtimoiy sharoitning yomonligi. Bu holat pedagogik qarovsizlikka, vegetativ disfunksiyaga, emosional-irodaviy muhitning buzilishlariga va nutqning rivojlanmay qolishiga sabab bo‘ladi.
|
| |