|
Nutq apparatining tuzilishi
|
bet | 116/152 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #245279 |
Bog'liq Klinika 2023й Равшанова И .Э.Nutq apparatining tuzilishi
Nutq apparati ikki qismdan tashkil topgan: markaziy (yoki boshqaruvchi) va pereferik (yoki bajaruvchi) nutq apparati. Markaziy nutq apparati bosh miyada joylashgan. U bosh miya qobig‘idan, qobiq osti tugunlaridan o‘tuvchi yo‘llar, o‘zakdan (avvalo, uzunchoq miyada) yadrolar va ovoz, nafas, artikulyasiya muskullariga boruvchi nervlardan tashkil topadi. Nutq boshqa oliy nerv faoliyatining ko‘rinishlari singari, reflekslar asosida shakllanadi. Nutq reflekslari miyaning turli qismlari faoliyati bilan bog‘liqdir. Biroq bosh miya qobig‘ining ayrim bo‘limlari nutqning xosil bo‘lishida asosiy rol o‘ynaydi.
Bular chap (chapaqaylarda o‘ng) yarim sharning peshona, chakka va ensa qismlaridir. Bosh miya qobig‘ining bu qismlarida nutq faoliyatida faol ishtirok etuvchi:
1. Nutq hapakat analizatori;
2. Nutq ko‘ruv analizatori;
3. Nutq eshituv analizatori joylashgan. Nutq hapakat analizatori bosh miya qobig‘ining chap peshona qismida joylashgan bo‘lib, «aloqa markazi» deb ataladi. Bu qism og‘zaki nutqning paydo bo‘lishida qatnashadi. Nutq eshituv analizatori bosh miya qobig‘ining chap chakka qismida joylashgan bo‘lib, «Vernike markazi» deb ataladi. Bu qismda begona nutqni qabul qilish jarayoni ro‘y beradi. Nutqiy tushunishda bosh miya qobig‘ining orqa bo‘lagi katta rol o‘ynaydi. Bu bosh miyaning ko‘ruv markazi hisoblanib, yozma nutqni o‘zlashtirish uchun xizmat qiladi. Qobiq osti yadrolari nutqning sur’ati va ifodaliligini boshqaradi. O‘tkazuvchi yo‘llar. Bosh miya qobig‘i pereferik nutq a’zolari bilan o‘zaro bog‘liqdir. Bunda nerv yo‘llarining ikki turi ishtirok etadi: markazdan qochuvchi va markazga intiluvshi. Markazdan qochuvchi (harakatlanuvshi) nerv yo‘llari bosh miya qobig‘ining periferik nutq apparati faoliyatining boshqaruvchi muskullari bilan bog‘laydi. Markazdan qochuvchi yo‘l bosh miya qobig‘ining Broka markazidan boshlanadi.
Pereferik nutq apparati uch bo‘limdan iborat:
1) nafas bo‘limi;
2) ovoz bo‘limi;
3) artikulyasion bo‘lim. Nafas bo‘limiga ko‘krak qafasi, bronxlar va traxeya kiradi. Nutqni talaffuz etish nafas olish bilan uzviy bog‘liqdir. Nutq nafas chiqarish fazasida xosil bo‘ladi. Nafas chiqarish jarayonida havo oqimi bir vaqtning o‘zida tovush xosil qiluvshi va artikulyasion funksiyani bajaradi. Uzoq nafas chiqarish uchun ko‘p havo zaxirasi kerak bo‘lishi tushunarlidir. Shuning uchun nutq jarayonida havo olish va chiqarishning hajmi ko‘payadi (taxminan 3 marta) va bundan tashqari, havo oqimi bosimini ham ko‘paytiradi.
Ovoz bo‘limi hiqildoq va u bilan birga joylashgan ovoz paychalaridan tashkil topgan. Hiqildoq nafas yo‘lining burun bo‘shlig‘idan keyingi qismi hiqildoq havoning traxeyaga o‘tishini ta’minlaydi va unga qattiq, suyuq moddalar tuchishiga to‘sqinlik qiladi. Hiqildoq bo‘yinning oldingi qismida joylashgandan hiqildoq do‘ngi ayniqsa ozg‘in kishilarda ko‘zga yaqqol ko‘rinib turadi. Ana shu do‘nglik «kekirdak olmosi» deb ataladi. Hiqildoq gapirganda, yo‘talganda, ashula aytganda oson harakatlanadi. Hiqildoq toq uzuksimon, shoxsimon va juft cho‘michsimon, shoxsimon tog‘aylardan iborat. Hiqildoq asosi bir-biri bilan bitimlar orqali birikkan tog‘aylardan tashkil topgan bo‘lib, burinlarda harakat maxsus muskullar apparati yordamida ro‘y beradi. Hiqildoqda ovoz paychalari joylashgan bo‘lib, ular nafas olganda, qattiq yoki sekin gapirganda muayyan holatni egallaydi. Ovoz paychalarining tebranishi tufayli chiqarilayotgan havo oqimi ovoz paychalari ustida tebranish chastotasiga aylanadi. Bu tebranishlar tevarak-atrofga etkaziladi va biz uni ovoz tovushlari deb qabul qilamiz.
|
| |