|
Nutq kamchiliklari kelib chiqishiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi
|
bet | 119/152 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #245279 |
Bog'liq Klinika 2023й Равшанова И .Э.Nutq kamchiliklari kelib chiqishiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi:
Organik nutq buzilishlari o‘z navbatida ma’lum nutq organi joyining zararlanishiga ko‘ra markaziy va pereferik xarakterda bo‘ladi. Markaziy buzilishlar: markaziy nerv tizimida u yoki bu qismlarining buzilishi, zararlanishi natijasida kelib chiqadi. Markaziy xarakterdagi organik nutq buzilishlariga: alaliya, afaziya, dizartriya nutq kamchiliklari kiradi.
Periferik buzilishlar: artikulyasion apparatning noto‘g‘ri tuzilishi yoki buzilishi va pereferik nerv artikulyasion organlari inervasiyasining buzilishidan kelib chiqadi. Pereferik xarakterdagi organik nutq buzilishlariga: rinolaliya, prognatiya, progeniya kiradi. Funksional buzilishlar – bunda nutq jarayonida ishtirok etadigan a’zolar tuzilishida hech qanday o‘zgarishlar bo‘lmaydi. Funksional xarakterdagi nutq buzilishlariga – dislaliya, duduqlanish kabi nutq nuqsonlari kiradi. Rivojlanishida kamchiliklar bo‘lgan bolalarni erta aniqlash va logopedik yordam berish nutq kamchiliklarining oldini olish va maktabga nutqiy jihatdan tayyorlashda o‘ta muhim. Nutqiy rivojlanishdagi nuqsonlarning oldini olishda tug‘ilish vaqtida shikastlangan bolalarni dispanserizasiyasi muhim rol o‘ynaydi.
Xulosa qilib aytganda, nutq kamchiliklarini barvaqt aniqlash, ularni maxsus ta’limga jalb etish – har tomonlama rivojlantirish, insonparvarlik, fidoyilik ruhida tarbiyalash, o‘qitish, kasbga yo‘naltirish va sog‘lomlashtirish, hayotga tayyorlash va normal rivojlangan insonlar jamiyatiga moslashtirish amaliy logopedik vazifalarga kiradi.
Nutq rivojlanishining fiziologik mexanizmlari
1. So’z bo’g’inlarining harakat analizatori o’zagi pastki peshona pushtasining (gyrus frontalis inferior) orqa qismida (44 soha, Brok pushtasi) joylashgan bo’lib, harakat markazini pastki qismiga yaqin turadi. Bu yerda so’z bo’g’ini, so’zlarni hosil qilishda ishtirok etadigan lab, til, xiqildoq muskullaridan keladigan qo’zg’olishlar tahlil qilinadi. Bu markaz jarohatlanganda odam har xil tovushlar chiqaradi, ammo ulardan so’z hosil qila olmaydi. Buni harakat afaziyasi deyiladi. 44 sohaning oldida 45 soha joylashgan bo’lib, u jarohatlanganda odam so’zlardan gap tuza olmaydi. Buni agramutizm deyiladi.
2. Og’zaki so’zlashning eshituv analizatori o’zagi eshituv a’zosi bilan bog’liq bo’lgani uchun, eshituv analizatoriga yaqin joyda, yuqori chakka pushtasini (gyrus temporalis superior) orqa qismida (42 soha, Verneke markazi) joylashgan. Bu markaz yordamida odam so’zlash vaqtida tovush past-balandligini tartibga solib turadi va boshqa odamni tushinadi. Bu markaz jarohatlanganda odamning tovushni eshitish qobiliyati yo’qolmagan holda, so’zlarni tushinish qobiliyati yo’qoladi. Buni so’z soqovligi yoki sensorafaziya deyiladi.
3. Odam o’z taraqqiyotida faqat so’zlashni emas, balki yozishni ham o’rgangan. Harflarni yozish qo’lning ma’lum bir harakatini talab qiladi, bu esa umumiy harakat analizatori bilan bog’liq. Shuning uchun yozma so’zning harakat analizatori o’zagi o’rta peshona pushtasini (gyrus frontalis media) orqa qismida markaz oldi pushtaga yaqin joylashgan. Bu analizatorning faoliyati qo’lni ma’lum bir maqsadlar bilan qilinadigan harakatlar markazi (40 soha gyrus supramarginalis) bilan bog’langan. U markaz jarohatlanganda umumiy harakat yo’qolmaydi, ammo qo’lning harflarni yoki shakllarni yoza biladigan nozik harakatlari yo’qoladi. Bu holatni agrafiya deyiladi.
4. Yozma so’zning ko’ruv analizatori o’zagi pastki tepa bo’lagida (gyrus angularis 39 soha) joylashgan bo’lib, ko’ruv analizatori bilan bevosita bog’liq. Bu markaz jarohatlanganda, odamni ko’rish qobiliyati yo’qolmagan holda, o’qish qobiliyati yo’qoladi. Bu holni aleksiya deyiladi. Odamning ikkinchi signal sistemasi markazlari ikkala yarim sharda bo’ladi, lekin bir tomonda ko’proq taraqqiy etgan (o’naqaylarda chap tomonda, chapaqaylarda o’ng tomonda bo’ladi). Tafakkur nutq yordamida ro’y berib, shu tufayli kishilar bir-birlari bilan aloqa bog’laydilar.
Og’zaki nutq pauza, urg’u, intonasiya va tovushlar orqali tinglovchiga borib etsa, yozma nutq, harf va so’zlarning ma’lum qonuniyat asosida o’zaro birikuvi, tinish belgilari, xar xil ajatishlar, gaplarni gramatik jiatdan aniq va tovushlari bayon qilish orqali etib boradi. Og’zaki nutqning yozma nutqdan yana bir farqi shuki, og’zaki nutqni eshitamiz, yozma nutqni ko’ramiz va o’qiymiz.
Yozma nutq murakkab jarayon bo’lib, u ko’p vaqt mehnat talab qiladi.
Sintaksis jihatdan qaraganda yozma nutq eng to’liq va mukammal nutqdir. Bu nutq ixtiyoriy fikrimizni ifodalab berishning eng yaxshi vositasidir. Yozma nutq og’zaki nutq asosida rivojlanadi. Og’zaki nutq xayotda kishilar bilan munosabatda bo’lish, ularga taqlid qilish yo’li bilan rivojlanib, boladan masus o’qish va o’rganishni talab etmaydi.
Yozma nutq esa harflar va belgilar yordami bilan tovushlar, so’zlar, gaplarni ko’z bilan idrok qilishga, qo’l bilan yozishga muljallangan nutqdir. Bolalar og’zaki nutqida kamchiliklar uchragani kabi, yozma nutqlarida ham bir qator kamchiliklar uchraydi. Bu xolatlar olimlarimiz tomonidan o’rganilgan bo’lib, olimlar ishining boshlang’ich davri XIX asrgacha borib taqaladi.
O’qishbuzilishlarning simptomatikasi va mexanizmlari haqidagi tasavvurlar sekin-asta to’planib borgan.
Birinchi marta bubuzilishlar nutq faoliyatining mustaqil potologiyasi ekanligi 1877 yilda A. Kusmaul ko’rsatib o’tdi.
Keyinchalik esa o’qish va yozuvida turlichabuzilishlari bor bolalarni ta’riflash ishlari yo’zaga kela boshladi.
Bu vaqtda ish va yozuvdagi patalogiyalar yozma nutqningbuzilishi birligi sifatida ko’rilar edi.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida adabiyotlarda o’qish buzilishlari umumiy aqli zaiflikning simptomi deb va bubuzilishlar faqat aqli zaif bolalarda ko’zatiladi degan fikrlar tarqaldi. (F. Baxman va B. Engler).
XIX asrning oxiri, 1896 yilda V. Morgan yozish va o’qishdagi kamchiliklarni aqliy jihatdan sog’lom, bo’lgan 14 yoshli bolada ko’zatgan. V.Morgan bu kamchilikni «orfografik jihatdan to’g’ri yozish va xatosiz bog’lanishli o’qish qobiliyatining yo’qligidan» kelib chiqadi deb aniqladi. V.Morgandan so’ng ko’pgina mualliflar (A.Kussmaul, O.Berkan) o’qish va yozuvdagi kamchiliklarni aqli zaiflikka bog’lamay nutq faoliyatida mustaqil kamchilik sifatida o’rgandilar. Angliyalik akulist-vrach Kerr va V. Morgan bolalardagi o’qish va yozishdagibuzilishlarga bag’ishlangan maxsus ishlarini matbuotda e’lon qildilar. Bu esa o’qish buzilishining nazariy jihatdan o’rganishning boshlang’ich ishi bo’lib hisoblanadi.
Bir qancha vaqt o’tgandan keyin 1900 va 1907 yillarda Glazgo shaxridan akulist D. Ginshelvud aqliy darajasi normada bo’lgan bolalarda uchraydigan o’qishbuzilish xolatlarini o’z ishlarida bayon etdilar.
U bu buzilish hamisha ham aqli zaiflik bilan birga kelmasligini tasdiqladi. D. Ginshelvud birinchi bo’lib o’qishni o’zlashtirishdagi qiyinchilikni "aleksiya" termini bilan nomladi. Bu termin og’ir va engil o’qish buzilishlari ma’nosini bildirar edi. Shunday qilib, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida 2 ta qarama-qarshi qarashlar mavjud edi. Birinchi tomondagilar o’qish buzilishi - bu aqli zaiflikni bir simptomi, deb qarashsa, ikkinchi tomondagilar o’qish nuqsoni - bu alohidabuzilish, aqli zaiflik bilan bog’liq emas, deb hisoblaydilar.
O’qishdagi buzilish aqli zaif bolalarda ham, aqliy darajasi normada bo’lgan bolalarda ham va hattoi aqli etuk, ya’ni iste’dodli bolalarda ham uchrashi ko’zatiladi. Ikkinchi qarash haqiqatga yaqin, chunki bu qarash bir muncha ilg’ordir.
O’qish buzilishini alohida, mustaqil xarakterdagi buzilish deb ta’kidlagan mualliflar, bubuzilish tabiatni turlicha ko’rib o’tadilar. O’qish buzilishi asosida ko’ruv idrokining to’liq emasligi yotadi, deb ta’kidlagan qarashlar ko’proq ucharaydi.
Shu qarashga muvofiq disleksiyaningi mexanizmi alohida harf va so’zlardagi ko’ruv obraziningbuzilishi o’isoblanadi. Shu bilan bog’liq xolda o’qish va yozuvdagi kamchiliklarni "tug’ma so’z ko’rligi" deb nomlana boshladi. Bu yo’nalishining namoyondalari F. Varburg va P. Ranshburgdirlar.
F. Varburg "so’z ko’rligi" bilan azoblangan iste’dodli bola haqida keng bayon etgan.
P. Ranshburg o’qishda kamchiliklari bo’lgan bolalar bilan harfning ko’ruv idroki ustida takiskopik eksperimentli tekshirish o’tkazdi. O’zoq davom etgan takistoskopik tekshiruv natijasida P. Ranshburg "tug’ma so’z ko’rligi" da so’z shaklini bilishdagi qiyinchiliklar haqida xulosaga keldi. U ko’ruv idroki maydonini va ekspozisiyani davomiyligini, ya’ni bu jarayonda bola so’z va harfni taniy olishini tekshirdi.
P. Ranshburg o’qishda buzilishlari bor bolalarning idrok qilish maydoni tor va harf, so’zni ko’ra bilish jarayoni sekinlashgan bo’ladi, degan xulosaga keldi.
Ko’pgina oylar (oxirida) davomida o’tkazilgan sistemali mashqlar harf va so’zni ko’ra bilish vaqtini qisqartirishga imkon berdi. Biroq ko’ruv idrokining maydoni avvalgidek bo’lib qolaverdi. Bu tekshirishlar natijasida P. Ranshburg o’qish buzilishlari asosida ko’ruv idrokini chegaralanganligi yotadi, degan xulosaga keldi.
P. Renshburg o’qish buzilishlarini birinchi marta og’ir va engil darajaga bo’ldi. U o’qish buzilishini engil darajasini u "legasteniya" termini bilan atadi, undan farqli o’laroq o’qish buzilishlarini og’ir xolatini "aleksiya" termini bilan atadi. Keyinchalik "disleksiya" va "disgrafiya", "aleksiya" va "agrafiya" tushunchalarini farqlash xolatlari kelib chiqadi.
O’qish buzilishlarining tabiatini tushunish asta-sekin o’zgarib bordi. Ba’zi bir mualiflar o’qish buzilishlarining o’ziga xos mexanizmlari va namayon bo’lishi bilan farq qiladigan turli o’qish buzilishlarini ko’rib chiqa boshladilar. O’qish buzilishi bir xil ortiq buzilish sifatida aniqlanmagan edi. E. Ilming o’qish patologiyasida bir qator jarayonlarning buzilishlari aniqladi.
Harfning ortiq birligi va tovushning akustik birligini o’zlashtirish;
Tovushni harfga mos tushishi;
So’zdagi harfni sintezlash;
Ortiq va akustik elementlarning so’zda aniqlash (raschlenyat) qobiliyati;
So’zdagi urg’uni, so’z ohangini, so’zdagi unlilarni o’zgarishini aniqlash; 6) O’qilganlarni ma’nosini tushinish.
1937 yilda o’z ishini bayon qilgan O. Ortonning tekshirishlari o’z vaqtida katta qiziqish uyg’otgan. O. Ortonning ishi bolalarda uchraydigan o’qish, yozuv va nutq buzilishlariga bag’ishlangan. O. Orton bolalarda o’qish buzilishlari keng tarqalganligini belgilab bergan. U savodga o’rgatishda bolalarda uchraydigan o’qishdagi qiyinchiliklarni, katta kishilarning miyasi turlicha shikastlanishi natijasida paydo bo’ladigan o’qish buzilishlari bilan aralashtirilmaslik kerakligin ko’rsatib o’tdi.
O. Orton, aleksiya bolalarning rivojlanishida faqatgina motor qiyinchiliklarni keltirib chiqarmay, balki o’qishbuzilishi sensor xarakterdagi buzilishlarni ham ko’proq keltirib chiqaradi, degan xulosaga keldi.
Nevropotolog R.A. Tkachev va S.S. Mnuxin ishlariga alohida to’xtalib o’tish zarur. R.A. Tkachev tug’ma o’qishbuzilishi bor bolalar orasida olib borilgan ko’zatishlarni taxlil qilib, quyidagi xulosaga keldi, aleksiya asosida mnestik buzilishlar, ya’ni xotira buzilishlari yotadi. Aleksiyada bola harflarni, bo’g’inlarni yomon eslab qoladi, harfni ma’lum bir tovushga moslay olmaydi. Asosan so’z boshini esga tushirish buzilgan bo’ladi. Agar bola so’zning oxirgi bo’g’inni xotirada saqlab qolsa, u xolda birinchi bo’g’inni esdan chiqaradi, tushirib qoldiradi va almashtiradi.
R.A. Tkachev harfning ko’ruv obrazi o’rtasidagi assosiativ aloqalarining va tovushga mos eshituv obrazining kuchsizligi aleksiyani namoyon qilishini tushuntirib o’tadi. Bunda intelekt saqlangan bo’ladi. R.A. Tkachev bunga nasliy omillar ta’sir ko’rsatishni ta’kidlaydi.
S.S. Mnuxinning "Tug’ma aleksiya va agrafiya haqida" deb nomlangan ishida o’qish buzilishlari intelekti normada bo’lgan bolalarda ham, aqli zaif bolalarda ham uchrashini ta’kidlaydi.
Aqli zaiflikning turli darajasida aleksiya normal rivojlangan bolalarga nisbatdan ko’p uchraydi. S.S. Mnuxin o’zining ko’zatishlari va mualliflarining ko’zatishlaridan kelib chiqib, u quyidagi xulosaga keldi: o’qish buzilishi alohida buzilish bo’lmay, balki yana bir qator buzilishlar bilan birga keladi.
XX asrning 30-yillarda o’qish buzilishlari masalalarni o’rganish psixologlar, pedagog va defektologlarni diqqatini o’ziga jalb qila boshladi.
Disleksiya - bu markaziy psixik funksiyaning shakllanmaganligi va qat’iy xarakterdagi xatolarning qaytarilishi bilan bog’liq bo’lgan o’qish jarayoning qismanbuzilishi.
Disleksiyaning alohida o’zi mustaqil nutq nuqsoni sifatida kamda-kam uchraydi. Disleksiya belgilari quyidagichadir:
Harflarni esda saqlay olmaslik, ularni bir biri bilan almashtirib o’qish; harflarni bo’g’inlarga biriktira olmaslik;
Harf va bo’g’inlarni qayta - qayta takrorlash, tushirib ketish, o’rnini almashtirish natijasida ma’noni tushunmay, noto’g’ri sekin o’qish;
So’z qismlarini, bo’g’inlarni, qo’shimchalarni boshqa harf, bo’g’in yoki so’zlar bilan almashtirish;
Tinish belgilari, pauzalarga rioya qilmaslik; so’z o’rtasida to’xtab, pauzalar qilib, birinchi so’zning ikkinchi qismini keyingi so’zning birinchi qismi bilan qo’shib o’qib ketish.
O’qish bu nutq faoliyatining tovushlar talaffuzi va va idroki bilan chambarchas bog’liq bo’lgan bir turidir. Psixologiyaga doir adabiyotlarda o’qish mexanizmlariga, birinchidan so’zning o’qilishi, ya’ni grafik tomoni va aytilishi o’rtasidagi bog’lanish, ikkinchidan, o’qilgan so’zning ma’nosini tushunish, ya’ni ongli o’qish kiradi, deb ta’kidlanadi. O’qish malakalari mukammal bo’lishi uchun o’qish jarayonining ikkala tomonini ham bir biriga payvasta qilib, barovar shakllantirib, olib borilish kerak. Aks xolda materialni tushunib, ongli o’qishni ta’minlab bo’lmaydi. Yuqorida ko’rsatilgan disleksiyaning belgilari ko’proq o’qish texnikasi bilan bog’liq bo’lsada, bularning hammasi ongli o’qishga ta’sir ko’rsatadi.
Disleksiya jarayonida bolalarda ko’pincha og’zaki nutqning buzilishi ham ko’zatiladi. Adabiyotlarda disleksiyadagi og’zaki nutq buzilishning turli xil turlari ko’rsatilgan bo’lib, bular:
Nutqning tempi va ritmining buzilishi (duduqlanish, juda tez nutq).
Nutq paydo bo’lishinig kechikishi.
Verbal funksiyaning yaxshi rivojlanmaganligi (so’zlarni noto’g’ri ishlatilishi). 4. Og’zaki nutqning grammatik tuzilishining buzilishi.
Tovush talaffuzining buzilishi.
Fonematik rivojlanishning buzilishi.
Disleksiyaning kelib chiqishida nutq rivojlanishining kechikishi ko’p ahamiyatga ega. Ko’p xollarda disleksiyada nutqning rivojlanishining kechikishi ko’zatiladi. Ba’zi xollarda bu qoloqlik engil bo’ladi (nutq 2 yoshdan keyin paydo bo’lganda) boshqa xollarda nutqning rivojlanishining kechikishi qo’pol tarzda ya’ni nutq 4 yosh va undan keyingi yoshlarda paydo bo’lganda. Disleksiyali bolalarda tovush talaffuzining buzilganligi lug’atining kambag’alligi, so’zlarni noto’g’ri ishlatganida ko’zatiladi. Ular jumlalarni grammatik jihatdan to’g’ri to’za olmaydilar. So’zlarni ishlatishida xatolarga yo’l qo’yadilar.
R.E.Levinaning fikricha, og’zaki nutq va o’qish buzilishlari asosida fonematik sistemaning bir shaklga tushmaganligi yotadi. O’qishga o’rgatishning dastlabki, bosqichlarida bolalarda nutqning fonetik-fonematik tomoni rivojlamaganligi ko’zatiladi nutqiy umumlashtirishlarning noto’g’riligi ko’zatiladi. Bu so’zning tovush analizini qiyinlashtiradi. Harflarni o’zlashtirmaslik, grafik beligilarini o’zlashtiridagi zaiflikdan emas, balki tovushlarni umumlashtirishani bir ma’romga tushmaganligidan kelib chiqadi.
Agar harf-tovush bilan umumlashtirilmasa uni o’zlashtirish mexaniq xarakterda bo’ladi. Bola to’g’ri talaffuz etgan tovushlarni harf bilan aniq umumlashtira oladi. Agarda tovushni yomon eshitsa noto’g’ri talaffuz esa yoki boshqa tovushga almashtirsa unda shu tovushga mos tovushni idrok etish qiyin kechadi.
Harfni o’zlashtirmaslik fonematik idrokni yaxshi rivojlanmaslikdan kelib chiqadi. Shunday qilib, agar bolada fonematik idrok yaxshi rivojlangan bo’lsa, unda harf xakida tushuncha ham sekin rivojlanadi (A.Ananev, R.E. Levina).
Bu bolalarda tovushlar bo’g’inlarga birlashtirishda ham qiyinchiliklar ko’zatiladi. Sidirg’asiga o’qishni o’zlashtirishi uchun bola harfni faqatgina o’ziga mos tovush bilan umumlashtirishi kerak. Bundan tashqari u shu tovushni umumiy talaffuzini qilish kerak.
Bo’g’inlarni sidirg’asiga talaffuz etish uchun mazmunni oldindan bilishga yordam beradi. Tovushlarni bo’g’inda birlashishi bu birinchi navbatda ularni og’zaki nutqdagi talaffuz bilan bog’liq. Agar bolada tovush so’zning tovush harf tarkibi haqidagi bilmlari aniq bo’lmasa tovush bo’g’in obrazlarining umumlashuvi qiyinlashadi.
O’qishning buzilishi nutqning leksik grammatik rivojlanishining etarli emasligi bilan ham bog’lanadi. Bunga ko’ra o’qishda so’zlarni almashtirish faqat ularning fonetik o’xshashligi noto’g’ri talaffuz yoki ayrim tovushlarni ajrata olmaslik bilan emas, balki gapning sintaktik bog’lanishlardagi qiyinchliklar bilan ko’zatiladi. Bu hollarda morfologik analiz qiyinlashgan bo’ladi.
Nutqning grammatik tuzilishi rivojlanmaganligi so’zning morfologik strukturasini etarli idrok etmaganidan kelib chiqadi. Bunda bolalarda o’qish jarayonida agramatizmlar ko’zatiladi.
Lug’atning cheklanganligi va grammatik umumlashtirishining etarli rivojlanganligi o’qiyotgan narsani tushunishida qiyinchilik keltiriladi, chunki o’qiyotgan narsani tushinisho’ bola nutqini qay darajada rivojlanganligi, so’zni tushirish, so’z va gaplarning bog’lanishlarini tushinish orqali ruyobga chiqadi.
Shuning uchun o’qish malakalarini muvaffaqiyatli o’zlashtirishning asosiy jarayonlari quyidagilar: og’zaki nutqni, uning fonetik-fonematik tomonini (talaffuz, fonemalarni eshitishda ajratish, ofnematik analiz va sintez), leksikgrammatik analiz va sintezni, leksik-grmammatik tuzilishini, fazoviy tasavvurni, ko’ruv analiz sintezi va mnezisni shakllantirishdir.
O’qish buzilishlari paydo bo’ishiga ko’a ikki turga ajratiladi: literal - harflarni o’zlashtirishdagi qiyinchiliklar yoki qobiliyatsizlikni namoyon bo’lishi, verbal – so’zlarni o’qishdagi qiyinchiligi bilan namoyon bo’ladi.
Disleksiyani tasniflash asosida turli mezonlar yotadi; o’qish buzilishining paydo bo’lishi, o’qish buzilishlarining ifodalanish darajalari (R. Bekker), o’qish aktida ishtirok etuvchi analizator faoliyatiningbuzilishi (O.A. Tokaryova) u yoki bu psixik funksiyalarningbuzilishi (M.E. Xvatsev, R.V. Levina va boshqalar), o’qish jarayoni operasiyalarining hisobga olish (R.I. Lalaeva).
R. Bekker o’qish buzilishlarining turlari juda ko’pligini qayd qiladi va ularni quyidagi turlarga guruxlash mumkin deb hisoblaydi: tug’ma so’z ko’rligi, disleksiya, bradileksiya, legasteniya, o’qishning tug’ma zaifligi. Ushbu tasnif asosida disleksiya patogenizi va uning namoyon bo’lishi darajalari yotadi.
O. A. Tokaryova o’qishbuzilishlari tasnifini birlamchi buzilgan analizatorlar bilan bog’lab ko’rsatadi (eshitish, ko’rish yoki xarakat) va shunga asoslangan xolda disleksiyani quyidagi shakllarini ajaratadi: akustik, ortiq va motor.
|
| |