• Mustaqil ta’lim mavzulari ni o’zlashtirish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar
  • Ishchi fan dastur 3)
  • Testlar 5)
  • Maxsus pedagogikaning klinik asoslari fanidan oraliq va yakuniy nazorat savollari
  • I-Modul. NEVRОPATOLOGIYA 1-Mavzu: “Maxsus pedagogikaning klinik asoslari” fanining maqsad va vazifalari REJA
  • Fanni o‘qitishdan maqsad
  • I. O’QUV MATERIALLAR




    Download 2,44 Mb.
    bet2/152
    Sana20.05.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #245279
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   152
    Bog'liq
    Klinika 2023й Равшанова И .Э.

    I.

    O’QUV MATERIALLAR




    1)

    Ma’ruza mashg’ulotlari




    2)

    Amaliy mashg’ulotlari




    II.

    MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI







    Mustaqil ta’lim mavzulari ni o’zlashtirish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar




    III.

    GLOSSARIY




    IV.

    ILOVALAR




    1)

    Fan dasturi




    2)

    Ishchi fan dastur




    3)

    Tarqatma materiallar




    4)

    Testlar




    5)

    Baholash mezonlari




    6)

    Maxsus pedagogikaning klinik asoslari fanidan oraliq va yakuniy nazorat savollari




    7)

    O’UMning elektron variant (CD yoki DVD diskda)






    I-Modul. NEVRОPATOLOGIYA
    1-Mavzu: “Maxsus pedagogikaning klinik asoslari” fanining maqsad va vazifalari
    REJA:

    1. Maxsus pedagogikaning klinik asoslari fani.

    2. Fanning maqsad va vazifalari.

    3. Uning defektologik fanlar tizimida tutgan o‘rni. Boshqa fanlar bilan aloqasi.


    Tayanch so’zlar: Maxsus pedagogika, klinika,homiladorlik, rivojlanish, nasliy kasallik, profilaktika, endokrin, erta tashhis, bosh miya nervlari, juft nervlar, ko’rish maydoni, adashgan nerv, mushak nervi.
    Maxsus pedagogikaning klinik asoslari fani imkoniyati cheklangan bolalardagi nuqsonlarning kelib chiqish sabablari va bola psixik va jismoniy rivojlanishiga ta’siri, inson organizmining umumiy tuzilishi va turli nuqsonlar mavjud bo‘lgandagi holati, bosh miya va asab tizimi faoliyati, ko‘rish, eshitish va nutq sensorlarining faoliyati, fiziologiyasi va patologiyasi, ulardagi turli kasalliklarning kelib chiqish sabablari va inson umumiy va ma’lum xususiyatlari rivojiga ta’siri kabi masalalarni o‘rganishdan iborat.
    Fanni o‘qitishdan maqsad - bo‘lajak mutaxassis bolaladagi nuqsonlarning bartaraf etilishida tibbiy bilimlarning o‘rni alohida ekanini bilgan xolda, imkoniyati cheklangan bolalardagi nuqsonlarning kelib chiqish sabablari,patologiyadagi xolatning kechishi,klinik shakllari, asoratlari va uning oqibatida bola aqliy ,ruhiy va jismoniy rivojlanishiga salbiy ta’siri haqida tushunchaga ega bo‘lishi lozim.


    Fanning vazifasi – talabalarda psixik va jismoniy rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalardagi nuqsonlar va kasalliklar, xususan, oliy asab tizimi, ko‘rish, eshitish va nutq sohasidagi kamchiliklarning kelib chiqish sabablari, klinik ko‘rinishlari va ularning bolaning umumiy salomatligi va nuqsonlar holatiga ta’siri bo‘yicha tibbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarni nazariy va amaliy jihatdan shakllantirishdan iborat.
    Mazkur fan ixtisoslik fani bo‘lib, talabalarga imkoniyati cheklangan bolalardagi nuqsonlar va kasalliklarning tibbiy jihatlari to‘g‘risida boshlang‘ich bilim, malaka va ko‘nikmalarni beradi, ular talabalarga psixik va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida olib borishda katta ahamiyatga ega. Bolalar bir biriga o‘xshamaydilar. Bir biriga o‘xshash bo‘lgan bolaning o‘zi mavjud emas. Bolalarning yoshlari bir xil bo‘lsada, ular bir-biridan farq qiladi. Ba’zi bolalar injiq, ba’zilar esa, aksincha xushchaqchaq, ba’zilari yaxshi kuylaydi, ba’zilari esa, aksincha ashula ayta olmaydilar.
    Bola dunyoga kelgan kunlaridan boshlaboq ko‘radi, eshitadi, biror narsa tekkanini, og‘riq, issiq, hid va ta’mni xis etadi.
    Tevarak atrofdagi borliqni bilish — sezish va idrok qilishdan, ya’ni voqelikdagi narsa va hodisalarning bola ongida aks etishidan boshlanadi.
    Bolaning idroki hayotining dastlabki yillaridayoq ancha takomillashadi va ikki yoshida u buyumlarning rangi, shakli, katta-kichikligiga qarab bir-biridan farq qila boshlaydi, tanish ohangni ajratadi va hokazo. Unda xilma-xil sensor qobiliyatlar: ko‘rish va ko‘zdan kechirish, tinglash va eshitish, buyumlarni tashqi belgilariga qarab ajratish, ko‘zi ko‘rayotgan va eshitayotgan narsaga taqlid qilish qobiliyati rivojlanib boradi.
    Bola turli taassurotlar olib turishi — buyumlarni ko‘rishi, ushlab bilishi, kattalarning ishlarini kuzatishi, xilma-xil tovushlarni eshitishi kerak.Bu bolalarning sensor rivojlanishlari uchun zarur shartdir. Sensor qobiliyatlarning o‘z vaqtida rivojlanishi esa bolalarning aqliy tarbiyasi uchun zamin yaratadi.
    Diqqat, xotira, intilish, qiziqish va boshqa shu singari ruhiy jarayonlar bolaning aqliy rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega.
    Bola nutqining o‘z vaqtida va to‘g‘ri rivojlanishi aqliy rivojlanishining asosidir. Nutq ruhiy jarayon: idrok, xotira va boshqalarning rivojlanishiga, bolalarning faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bolalar nutqi rivojlana boshlashi bilan kattalar so‘zlarining tarbiyaviy vosita sifatidagi roli ortib boradi.
    Bola shaxsining tarkib topishi hayotining birinchi kunlaridanoq boshlanadi. Bola har kuni ko‘rgan va eshitganlari asosida borliqqa va tevarak-atrofdagi kishilarga o‘z munosabatini bildiradi, kattalarning xatti-harakatlari, ishlariga, sodir bo‘layotgan voqealarga bolaning beradigan bahosi, kishilarga bo‘lgan munosabati — bularning hammasi bola ma’naviy qiyofasining shakllanishiga ta’sir etadi.
    Bolaning xoh ona qornida, hoh tug‘ilganidan keyin rivojlanib borishi uchun zarur bo‘lgan ma’lum shart-sharoitlarning buzilishi turli xil jismoniy yokiruhiyrivjlanishidagi nuqsonlar, kamchiliklarga olib kelishi mumkin.

    Download 2,44 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   152




    Download 2,44 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I. O’QUV MATERIALLAR

    Download 2,44 Mb.