|
Alohida yordamga muhtoj bolalar toifalari
|
bet | 3/152 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #245279 |
Bog'liq Klinika 2023й Равшанова И .Э.Alohida yordamga muhtoj bolalar toifalari
Bolalar rivojlanishidagi nuqsonlarning klinik asoslari fanida alohida yordamga muhtoj bolalarning turli xil toifalari ustida ish olib boriladi: Ular quyidagilardir:
1) eshitish kamchiliklariga ega bo‘lgan bolalar (kar, zaif eshituvchi bolalar, kech kar bo‘lib qolgan bolalar);
2) ko‘rish qobiliyatida kamchiligiga ega bo‘lgan bolalar (ko‘r, zaif ko‘ruvchi bolalar);
3) aqli zaif-oligofren bolalar;
4) og‘ir nutqiy nuqsonlari bor bolalar;
5) harakat-tayanch a’zolarida kamchiliklari bo‘lgan bolalar;
6)ruhiy rivojlanishi orqada qolgan bolalar.
7) rivojlanishida murakkab ko‘p nuqsonli bolalar;
8)autizm sindromli bolalar.
Rivojlanishida nuqsoni bor bolalar me’yorda rivojlangan tengdoshlari orasida inklyuziv ta’limda yoki ixtisoslashtirilgan ta’lim-tarbiya muassasalarida tarbiyalanishi va o‘qitilishi kerak. Bolaning umumiy rivojlanishiga har tomonlama kuchli ta’sir etgan nuqsonlargina uni alohida yordamga muxtoj bola deb hisoblashga asos bo‘lishi mumkin. Masalan, bolaning faqat chap qulog‘i eshitsa-yu, bu nuqson uning har tomonlama rivojlanishiga ta’sir etmaydigan, u maktab tengdoshlari qatori o‘zlashtiradigan bo‘lsa, u alohida yordamga muxtoj bolalar toifasiga kirmaydi. Katta yoshdagi kishilarda ma’lum sabablarga ko‘ra paydo bo‘lgan nuqsonlar ham ularning umumiy rivojlanishiga ta’sir etmasa, bu kishini alohida yordamga muxtoj deb hisoblash mumkin emas.
Rivojlanishida nuqsoni bor bolalarning jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida kuzatiladigan og‘ir, keskin o‘zgarishlar bola shaxsining tarkib topishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun bunday bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish uchun maxsus sharoit yaratalishi kerak, ya’ni ular maxsus ixtisoslashtirilgan maktabgacha tarbiya muassasalari va maktablarda yoki me’yorda rivojlangan tengdoshlari orasida hamma qatori va agarda kerak bo‘lsa, maxsus dastur va darsliklar asosida o‘qitilishi va tarbiyalanishi zarurdir.
Har qanday rivojlanishida nuqsoni bor bolada kuzatiladigan nuqson markaziy yoki periferik nerv sistemasidagi organik yoki funksional o‘zgarishlarga aloqador bo‘lishi mumkin.
Bola rivojlanishidagi turli xil kamchiliklar noqulay muhit, noto‘g‘ri tarbiya, ta’lim natijasida ham paydo bo'lishi mumkin. Masalan, noqulay oilaviy sharoit, pedagogik qarovsizlik, o‘qituvchining bolaga noto‘g‘ri munosabati va boshqa ko‘pgina sabablar bola rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, uning dastur materiallarini yaxshi o‘zlashtira olmasligiga, ulgurmovchi o‘quvchilar orasiga qo‘shilib qolishiga sabab bo‘ladi. Shunday bo‘lsada, biz bunday bolani alohida yordamga muxtoj bolalar toifasiga kiritmaymiz, chunki uning rivojlanishidagi kamchiliklar organizmdagi qanday bo‘lmasin biror organik yoki funksional patologik o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lmay, balki boshqa sabablardan kelib chiqqan.
Ota-ona, tarbiyachi va o‘qituvchilar bunday bolalarni alohida yordamga muxtoj bolalardan farqlay oladigan bo‘lishlari kerak.
Kelib chiqish sabablariga ko‘ra har qanday nuqsonli rivojlanish tug‘ma yoki turmushda orttirilgan bo‘lishi mumkin.
Tug‘ma nuqsonlar ko‘p jihatdan xomilador onaning sog‘lig‘i va yashash sharoitiga bog‘liq. Ona qornidagi xomilaning rivojlanishiga infeksiya, intoksikatsiya, shikastlanish va boshqa omillar ta’sir etishi mumkin. Onaning xomiladorlik davrida turli xil kasalliklar bilan og‘rishi, o‘zboshimchalik bilan turli dori darmonlarni bilar-bilmas iste’mol qilishi, bolaning nuqsonli bo‘lib tug‘ilishiga sabab bo‘lishi |mumkin.
Tug‘ma nuqsonlar genetik, ya’ni irsiy omillar ta’siriga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Masalan eshitish, ko‘rish analizatori faoliyatining buzilishi, aqliy zaiflikning nasldan bolaga o‘tishi ham kuzatiladi (fenilketonuriya, Daun sindromi, rezus faktorning mos kelmasligi va boshqalar).
Ota-onalarning alkogolizmi, narkomaniyasi, toksikomaniyalari ham bolaning nuqsonli bo‘lib tug‘ilishiga olib kelishi mumkin.
Turmushda orttirilgan nuqsonlar bola organizmiga tug‘ilish vaqtida va undan keyingi davrlarda zararli omillar ta’sir etishi natijasida vujudga keladi. To‘g‘ruq vaqtida miya shikastlanishi, bolaning kindigi o‘ralib, bo‘g‘ilib qolishi (asfiksiya) va boshqalar,ba’zan uning nuqsonli rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Bolaning ilk yoshligida (uch yoshgacha) turli kasalliklar bilan og‘rishi, masalan, meningit, meningoensefalit, otit, markaziy nerv sistemasining shikastlanishi va boshqa shu singari dardlarni boshidan kechirishi ham nuqson rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Mamlakatimizda bolalarning jismoniy yoki ruhiy rivojlanishidagi nuqsonlarning oldini olish yuzasidan ko‘pgina choralar ko‘rilmoqda, bu sohada anchagina yutuqlarga ham erishildi. O‘zbekistonda aholini davolash-profilaktikasi kengaygani hamda meditsina sohasidagi katta yutuqlar munosabati bilan alohida yordamga muxtoj bolalr soni nisbatan kamaydi. Bolalarning chechak, o‘lat, tif, vabo, traxoma, qizamiq va bolalarga xos boshqa yuqumli kasalliklar orqasida alohida yordamga muxtoj bo‘lib qolish hodisalari uchrab turadi. Irsiy omillar hamda intoksikatsiya va organizm shakllanayotgan paytda bosh miya, analizatorlarning zararlanishiga olib boradigan boshqa sabablar tufayli bolaning alohida yordamga muxtoj bo‘lib qolish hollari hali ham uchrab turadi.
Homiladorlik davrida onaning oziqlanishi bolaning rivojlanishiga ta’sir etadimi? Bola qorinda yashash davrida zarur bo’lgan moddalarni ona organizmidan oladi., shuning uchun bu ta’sir katta ahamiyatga ega emas deb hisoblaydilar. Ammo uzoq kasal bo’lgan kamqon onaning kasallligi qorindagi bolaga ta’sir qiladi. Onaning birinchi 3-4 oylik homiladorlik davrida skarlatina, qizilcha va boshqa filtirlovchi virus kasalliklari, toksoplazma, listerioz, zaxm bilan kasallanishi bolaga tug’ma yurak kasalliklari, labi tirtiqlik (zaychaya guba), tanglay kemtigi – bo’ri og’iz (волчья пасть), oyoq va qo’lning olti barmoq bo’lishi, umurtqa orasining ochilib, unda orqa miyaning chiqishi (spina bibida va boshqa tug’ma nuqsonlarga olib borishi isbotlangan.
Og’ir darajada chala tug’ilgan bolalar parvarishi, oziqlantirilishi tartibga solingan bo’lsa,tez vaqtda u tengdoshlariga etib olishi va kelajakda ulardan ajralmasligi isbot etilgan. Bolalikdagi ba’zi bir kasalliklar, xususan, tug’ma, tug’ilgandan keyin orttirilgan xastaliklar bolaniug o’sish va rivojlanishini to’sib qo’yadi, tug’ma yurak kasalliklari, tug’ma va ortirilgan miya zararlanishi bilan xastalangan bolalar odatda o’sish va rivojlanishda o’z tengqurlaridan orqda qoladilar.
Bolaning to’g’ri jismoniy, ruxiy jihatdan rivojlanishi chun nerv sistemasi bilan bir qatorda, endokrin apparati ham katta ahamiyatga ega( nevrnogumaral omil).1
Ona qornida normal rivojlanayotgan homila har xil zararli ta’sirlarga uchrashi mumkin. Bu esa homila rivojining anomal tarzda o’tishi, hattoki tug’ilganda mayib-majruh ko’rinishga ega bo’lishi mumkin. Xuddi shu davrda homila asab sistemasi shakllana boshlagan bo’ladi va har qanday zararli ta’sirlar uning jismoniy va aqliy qiyofasiga ziyon yetkazadi. Bolalardagi anomal holatlar ya’ni jismonan zaiflik, aqli zaiflik, nutqi rivojlanmaganligi – asosan tug’ilguniga qadar zararli ta’sirlar va tug’ilayotgandagi jarohatlanish oqibatidir. Demak, homiladorlik davrida ham har bir ayol o’z sog’lig’iga e’tibor bergandagina sog’lom farzand tug’iladi.
|
| |