• Bo’rtiq osti qismi (hypothalamus )
  • Bo’rtiq orti qismi
  • Oraliq miya (diencephalon)




    Download 2,44 Mb.
    bet8/152
    Sana20.05.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #245279
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   152
    Bog'liq
    Klinika 2023й Равшанова И .Э.

    Oraliq miya (diencephalon) bosh miyayarim sharlari bilan qoplangan bo’lib, unga ko’rish bo’rtiqlari, bo’rtiq osti va tizzasimon tana kiradi.
    Ko’rish bo’rtiqlari (thalamus opticus) katta ellips shaklidagi kulrang modda to’plamidan iborat bo’lib, pastki yuzasi pastki bo’rtiq osti qismiga, lateral yuzasi katta miya yarim sharlariga tutashgan, medial qismi uchunchi qorinchaning yon devorini hosil qiladi. Ko’rish bo’rtiqlari yuqori qismining medial yuzasida hid bilish nervlari joylashgan. Ko’rish bo’rtiqlari guruhlashgan hujayralar tanasidan iborat. Bu hujayralar tanasida orqa tepalik, medial qovuzloq, uchlamchi nerv yo’li va miyacha yuqorigi oyoqchasining o’tkazuvchi yo’llari tugaydi.
    Oldingi tanada hid bilish, ta’sirni o’tkzuvchi, so’rg’ichsimon, talamik yo’l tugaydi. Ko’rish bo’rtiqlarining pastki yostiqcha qismida ko’rish nervi yo’lining bir qismi tugaydi. Ko’rish bo’rtiqlari tanadagi barcha sezuv nervlarining markazi hisoblanadi. Ularning orqa qismida ko’rish po’stloq osti markazi bo’lgan medial tizzasimon tana va eshitish po’stloq osti markazi va lateral tizzasimon tana joylashgan.
    Bo’rtiq osti qismi (hypothalamus ) oraliq miyaning bir qismi bo’lib, bosh miyaning asosida yaxshi ko’rinadi. Bu qismning orqa qismi ikkita so’rg’ichsimon tanani tashkil qiladi, bu yerda oxirgi miyaning hid bilish nervi tugaydi. So’rg’ichsimon tana hujayralarining tolasi so’rg’ichsimon talamik yo’l hosil qilib, bu yerdan hidlash yo’li ko’rish bo’rtiqchalarigacha boradi. So’rg’ichsimon tananing oldingi tomonida kulrang tepacha joylashgan bo’lib, u bir oz torayib, voronkaga aylanadi. Voronkada gipofiz bezi osilib turadi. Kulrang tepacha vegetativ markaz bo’lib, uning oldida ko’rish nervlarining II jufti kesishib, ko’rish yo’liga aylanadi. Bo’rtiq usti qism hid bilish impulslari bilan kam bog’langan, u epifiz bilan bo’g’langan o’tkazuvchi yo’llardan iborat.
    Bo’rtiq orti qismi bir juft tashqi, ichki tizzasimon tanadan iborat bo’lib, bu qismda qizil yadro va qora substansiyaning oldingi qismlari joylashgan. Bundan tashqari, orqa qismida ichki organlar funksiyasiga bog’liq bo’lgan juda ko’p vegetativ markazlar bor.

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   152




    Download 2,44 Mb.