|
Pedagogika instituti
|
bet | 5/152 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #245279 |
Bog'liq Klinika 2023й Равшанова И .Э.Nazorat savollari:
1. Maxsus pedagogikaning klinik asoslari fani nimalarni o’rganadi?
2. Fanning maqsad va vazifalari haqida tushunchaga ega bo’ldingizmi?
3. Uning defektologik fanlar tizimida tutgan o‘rni. Boshqa fanlar bilan aloqasi qanday?
2- Mavzu. Odam nerv sistemasining tuzilishi va funksiyalari
REJA:
Asab tizimining evolyusiyasi .
Inson asab tizimining rivojlanishi.
Motor va sensomotor funksiyalarining ishlab chiqishi
Tayanch so’z va iboralar: nevrologiya, neyroxirurgiya, qadimgi nevrologiya, zamonaviy nevrologiya,motor, sensomotor
Ba’zi shifokorlar nevrologik kasallik tarixini nevrologik tadqiq bilan barobar muhim deb biladilar. Boshqa shifokorlar nevrologik kasallik tarixi buzilish yoki kasallik xarakterini bo’rttirib yuboradi, nevrologik ekspertiza esa uni joyiga qo’yadi, deb hisoblaydilar. Tajribali shifokorlar esa muvaffaqiyatli tashxis to’g’ri savollar berish va javobni diqqat bilan tinglashda deb biladilar2.
Asab tizimining evolyusiyasi
Bosh miya. (encephalon) Bosh miya kalla suyagining ichida joylashgan bo‘lib, Bosh miyaning individual vazni tananing vazniga bog’liq bo’lib, 960 – 2000gr gacha bo’ladi. Shuni aytish kerakki, bosh miyaning hajmi aqlni ifodalamaydi. Odamning aqli bosh miya po’stlog’i hujayralarining fiziologik xususiyatlariga, kimyoviy tarkibiga va mashq qilish – qilmasligiga bog’liq katta yoshli kishilarda – 1375 g, ayollarda – 1275 g, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda 330–340 g ni tashkil qiladi. bosh miya ikkita yarimshar, ya’ni o‘ng va chap yarimsharlardan iborat. bu yarimsharlarni ustki vertikal chuqur egat ikkiga ajratib turadi. Egatning ostki tomonida oq moddadan paydo bo‘lgan qadoqsimon tana joylashgan. miya ustuni uzunchoq miya, voroleyev ko‘prigi, miyacha, miya oyoqchalaridan tashkil topgan.
Bosh miyaning 3 ta yuzasi bor: – tepa qismi – konveksital qism; – ichki qismi; – bazal qismi yoki miya asosi. bosh miya yarimsharlari peshana, tepa, chakka va ensa qismlardan iborat. bu joylarda markazlar joylashgan bo‘lib, har bir qismning o‘z vazifasi bor. Peshona qismi – harakat uchun, tepa qismi – sezgi uchun, chakka qismi – eshitish, ta’m, hid bilish uchun, ensa qismi – ko‘rish uchun xizmat qiladi (4-rasm). yon qorinchalar bosh miya yarimsharlarining bo‘shlig‘i bo‘lib, hisoblanadi. ikkita yarimsharlar bir-biri bilan qadoqsimon tana orqali bog‘langan.
Gistologik jihatdan bosh miya 2 qismdan iborat. Oq modda o‘tkazuvchi yo‘llardan, kulrang modda nerv hujayralaridan tuzilgan. bosh miyaning oq moddasi bu – o‘tkazuvchi yo‘llardir. bu joylardan ham sezgi, harakat yo‘llari o‘tadi. bular, o‘z navbatida, quyidagilarga bo‘linadi:
• assotsiativ tolalar – bu tolalar bitta yarimshardagi markazlarni birbiri bilan bog‘laydi;
• komussural tolalar – ikkita yarimshardagi markazlarni bir-biri bilan bog‘laydi;
• proyeksion yo‘llar – bosh miya po‘stlog‘idagi markazlarni orqa miya bilan bog‘laydi.
Oq moddada yana ichki kapsula joylashgan bo‘lib, undan pastga va tepaga ko‘tariluvchi o‘tkazuvchi yo‘llar o‘tadi. ichki kapsulaning oldingi sonidan – bosh miya peshana-ko‘prik yo‘llari; orqa sonidan – bosh miya po‘stlog‘i orqa miya yo‘llari (harakat, sezgi, ko‘rish, eshitish yo‘llari); tizza qismidan esa kalla bosh miya nervlarining harakat yo‘llari o‘tadi (5-rasm). bosh miyaning kulrang moddasi bu faqat nerv hujayralardan iborat. bu kulrang modda bosh miya po‘stlog‘i deb ataladi, uning qalinligi 5 mm ga teng. bosh miya qobig‘i 6 qavat nerv hujayralaridan tuzilgan. bosh miya po‘stlog‘ida 14 mlrd ga yaqin neyronlar bor. Odam shuncha hujayralar bilan tug‘iladi, lekin dastlab bu hujayralar yetilmagan bo‘ladi, keyinchalik asta-sekinlik bilan yetilib boradi.
Bosh miya embrionning rivojlanishida dastlab miya kanalining oldida dastlabki uchta pufakcha hosil qiladi:
Embrion 3 haftaligida birinchi va uchinchi pufakchalar 2ga bo’linadi, natijada pufakchalar soni 5ta bo’ladi. Bu beshta pufakchadan bosh miyaning beshta qismi rivojlanadi. Birinchi pufakcha oldingi miya deyilib, bundan bosh miya katta yarim sharlari rivojlanadi. Ichidagi bo’shliq yon qorinchalarga aylanadi. Ikkinchi pufakcha oraliq miya deyilib, bundan ko’rish bo’rtiqlari, bo’rtiq osti qism rivojlanadi. Ichidagi bo’shliq 3 – qorinchaga aylanadi. Uchinchi pufakchadan o’rta miya rivojlanadi. Ichidagi bo’shliq Silviyev kanaliga aylanadi. To’rtinchi pufakchadan keyingi (orqa) miya rivojlanadi. Beshinchi pufakchadan uzunchoq miya rivojlanadi. 4-5 – pufakchalar bo’shlig’i 4 – qorinchaga aylanadi.
Embrion 5 oyligida bosh miya katta yarim sharlarida egatchalar – chuqurchalar hosil bo’la boshlaydi. 6 oylikda yarim sharlar bosh miya sopini o’rab turadi.
Yangi tug’ilgan bolada barcha nerv hujayralari bo’ladi. Lekin ular mayda, anotomik – fiziologik jihatdan rivojlanmagan bo’ladi. Neyronlar o’sib, yiriklashib, o’simtalarini, shaklini o’zgartirib boradi. Nerv tolalari mielinlashib boradi, ko’rish, muvozanat va eshitish analizatorlarining mielinlanishi ona qornida boshlanib, bola tug’ilganidan so’ng birinchi oylarda tugaydi. Bolaning hayoti davomida bosh miya hujayralari ajralib, alohida nerv markazlari shakllanib, rivojlana boradi. Yangi tug’ilgan bola bosh miyasining vazni o’rta hisobda 350 – 390 g bo’ladi. U bir oylik bo’lganda 450 g, bir yoshida 700 – 800 g, 7 yoshida o’g’il bolalarda 1260 g, qizlarda 1190 g bo’ladi.
Bosh miyaning vazni 20 – 30 yoshda eng katta bo’lib, so’ng asta – sekin kamaya boradi.
|
| |