|
IV juft, g’altak asabi (n. trochlearis)
|
bet | 14/152 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #245279 |
Bog'liq Klinika 2023й Равшанова И .Э.IV juft, g’altak asabi (n. trochlearis) harakatlantiruvchi asab. Uning bitta harakatlantiruvchi o’zagi o’rta miya tomi ostida pastki tepachalar sohasida joylashgan. Asab miya asosidan yuqorigi miya yelkanining lateral tomonidan chiqadi va miya oyoqchasini tashqi tomonidan aylanib o’tib oldinga yo’naladi. Asab kalla bo’shlig’idan ko’z kosasining yuqorigi tirqishi orqali ko’z kosasiga kiradi va ko’zning ustki qiyshiq mushagini (m.obliquussuperior) inasabatsiya qiladi.
VI juft, uzoqlashtiruvchi asab (n. abducens) harakatlantiruvchi asab. Uning yagona o’zagi ko’prikda joylashgan. Asab miya asosidan ko’prik bilan uzunchoq miyaning o’rtasidagi egatdan chiqadi. Oldinga yo’nalib, ko’z kosasining yuqorigi tirqishi orqali ko’z kosasiga kiradi va ko’zning lateral to’g’ri mushagini (m.rectuslateralis) inasabatsiya qiladi.
XI juft, qo’shimcha asab (n. accessorius) harakatlantiruvchi asab. Uni ikkita o’zagi bo’lib, bittasi uzunchoq miya sohasida, ikkinchisi orqa miyada joylashgan. Uzunchoq miyadan asab bosh miya ildizi, orqa miyadan esa orqa miya ildizini hosil qilib chiqadi. Orqa miya ildizi (radixspinalis) yuqoriga ko’tarilib katta teshik orqali kalla ichiga kiradi va bosh ildizi (radixcranialis) bilan qo’shiladi. Hosil bo’lgan qo’shimcha asab ikki shoxga bo’linadi. Ichki shox (r. internus) adashgan asabga qo’shiladi. Tashqi shox (r. externus) bo’yinturuq teshigi orqali tashqariga chiqadi. Teshikdan chiqqanidan so’ng asab orqa tomonga yo’nalib trapesiyasimon va to’sh-o’mrov-so’rg’ichsimon mushaklarni inasabatsiya qiladi.
XII, juft til osti asabi (n. hypoglosus) harakatlantiruvchi asab. Uning bitta harakatlantiruvchi o’zagi uzunchoq miyada joylashgan. Asab uzunchoq miyadan piramida bilan olivaning o’rtasidan chiqadi. Kalla bo’shlig’idan o’z nomidagi kanal orqali chiqib, ravoq hosil qilib oldinga va yuqoriga tilga qarab yo’naladi. Til ichida til shoxlariga (r. linguales) bo’linib, til muskullarini inasabatsiya qiladi. Til osti asabidan chiquvchi (r. superior) bo’yin chigalining ko’tariluvchi shoxi bilan qo’shilib, bo’yin sirtmog’ini hosil qiladi. Uning shoxlari til osti suyagidan pastda joylashgan muskullarni inasabatsiya qiladi.
Aralash bosh miya asablari
|
| |