• (radixsensoria)
  • (ganglion semilunare)
  • 1. Ko’z yoshi asabi (n. lacrimalis
  • V juft, uch shoxli asab (n. trigeminus)




    Download 2,44 Mb.
    bet15/152
    Sana20.05.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #245279
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   152
    Bog'liq
    Klinika 2023й Равшанова И .Э.

    V juft, uch shoxli asab (n. trigeminus) aralash asab. Uning harakatlantiruvchi tolalari ko’prikda joylashgan o’zakdan boshlanadi. Sezuvchi tolalari uch shoxli asabning tugunida (ganglion trigeminale) joylashgan sohta unipolyar hujayralarning markaziy o’simtalari bo’lib, ular ko’prik, orqa miya yo’li va o’rta miya yo’li o’zaklarida tugaydi. Bu hujayralarning periferik o’siqlari yuz, peshona, chakka sohasi terisi, burun bo’shlig’i, tilning oldingi 2/3 qismi, tishlar, ko’zning kon’yunktivasi shilliq pardasida tugaydi. Uch shoxlik asab miya asosidan ikki ildiz (sezuvchi va harakatlantiruvchi) hosil qilib ko’prik bilan miyachaning o’rta oyoqchasi orasidan chiqadi. Uning sezuvchi ildizi (radixsensoria) harakatlantiruvchi ildiziga (radix motoria) nisbatan qalin. Uch shoxlik asab oldinga va biroz tashqariga yo’nalib, chakka suyagi piramidasini oldingi yuzasidagi uch shoxlik asab botiqligida joylashgan uch shoxlik asab bo’shlig’i (cavum trigeminale) ichiga kiradi. Uning ichida uch shoxlik asab tugunini (ganglion trigeminale) (Gasser tuguni) hosil qiladi. Bu tugun yarimoysimon shaklda bo’lgani uchun yarimoysimon tugun (ganglion semilunare)deb ham ataladi. Uch shoxlik asabning harakatlantiruvchi ildizi tugunning pastki tomonidan o’tib, asabning III shoxi tarkibiga kiradi. Tugundan uch shoxlik asabning uchta shoxi: 1)ko’z asabi; 2) ustki jag’ asabi; 3) pastki jag’ asabi chiqadi.
    Ko’z asabi (n. ophtalmicus)tugundan boshlanib, ko’z kosasining yuqorigi tirqishi orqali ko’z kosasiga kiradi. Ko’z kosasiga kirgunicha undan miya qattiq pardasiga (r. meningeus) chiqib miyacha chodiriga tarqaladi. Ko’z asabi ko’z kosasida peshona, ko’z yoshi va burun- kiprikli asablarga bo’linadi:
    1. Ko’z yoshi asabi (n. lacrimalis) ko’z kosasining lateral devori bo’ylab yo’naladi. Uning shoxlari ko’z yoshi bezini, ko’zning lateral burchagi, ustki qovoq terisini va kon’yunktivasini inasabatsiya qiladi. Asab ko’z yoshi beziga kirishdan oldin yonoq asabidan qo’shuvchi tola oladi.

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   152




    Download 2,44 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    V juft, uch shoxli asab (n. trigeminus)

    Download 2,44 Mb.