• (r. Zygomatico temporalis)
  • Qanot-tanglay tuguni (ganglion pterygo palatinum
  • (n. Naso palatinus)
  • 1. Chaynov asabi (n. massetericus)
  • Yonoq asabi (n. zygomaticus




    Download 2,44 Mb.
    bet17/152
    Sana20.05.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #245279
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   152
    Bog'liq
    Klinika 2023й Равшанова И .Э.

    2. Yonoq asabi (n. zygomaticus) ustki jaІ asabidan qanot tanglay chuqurchasida boshlanib, ko’z kosasining pastki tirqishi orqali ko’z kosasiga kiradi. Bu yerda ko’z yoshi asabiga qo’shiluvchi parasimpatik tolani beradi. Keyin asab yonoq suyagining yonoq-ko’z kosasi teshigiga kirib, suyak ichida ikki shoxga bo’linadi. Yonoq-chakka shoxi (r. Zygomatico temporalis) o’z nomidagi teshik orqali chiqib chakka sohasi va ko’zning tashqi burchagi terisini inasabatsiya qiladi. Yonoq-yuz shoxi (r. Zygomatico facialis) o’z nomidagi teshik orqali chiqib, yonoq sohasi terisini inasabatsiya qiladi.
    3. Tugun shoxlari (rr. ganglionares) tarkibida sezuvchi va parasimpatik tolalar bo’lib, qanot-tanglay tuguni va undan chiquvchi shoxlarga qo’shiladi.
    Qanot-tanglay tuguni (ganglion pterygo palatinum) parasimpatik asab tizimi tarkibiga kirib, undan quyidagi shoxlar chiqadi: a) medial va lateral ustki orqa burun shoxlari (rr. Nasales posteriores superiores mediales et laterales) ponasimon-tanglay teshigi orqali kirib, burun bo’shliІi shilliq pardasini va bezlarini inasabatsiya qiladi. Uning medial shoxining yirik tarmoІi bo’lgan burun-tanglay asabi (n. Naso palatinus) keskich kanal orqali qattiq tanglay shilliq pardasiga tarqaladi. b) katta va kichik tanglay asablari (n.palatinus major etminores) shu nomdagi kanal orqali o’tib, yumshoq va qattiq tanglay shilliq pardasiga boradi. v)pastki orqa burun shoxlari (rr. Nasalis posterior es inferiores) burun bo’shliІi pastki qismlari shilliq pardasini inasabatsiya qiladi.
    Pastki jag’ asabi (n.mandibularis) tarkibida sezuvchi va harakatlantiruvchi tolalari bor. U kalla bo’shlig’idan oval teshik orqali chiqib harakatlantiruvchi va sezuvchi shoxlarga bo’linadi. Uning harakatlantiruvchi shoxlari quyidagilar:
    1. Chaynov asabi (n. massetericus) o’z nomidagi mushakni inasabatsiya qiladi.
    2. Chuqur chakka asablari (n.n.temporalis profundi) chakka mushakni inasabatsiya qiladi.
    3. Lateral va medial qanotsimon asablar (nn. Pterygoidei lateralis et medialis) lateral va medial qanotsimon mushaklarni inasabatsiya qiladi.

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   152




    Download 2,44 Mb.