• (geniculumn. facialis)
  • (n. Canalis pterygoidei)
  • 3. Uzangi asabi (n. stapedius)
  • YII juft, yuz asabi (n. facialis)




    Download 2,44 Mb.
    bet19/152
    Sana20.05.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #245279
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   152
    Bog'liq
    Klinika 2023й Равшанова И .Э.

    YII juft, yuz asabi (n. facialis) tarkibida ikkita asab: harakatlantiruvchi o’zak hujayralari aksonlaridan hosil bo’lgan xususiy yuz asabi va tarkibida sezuvchi, vegetativ tolalari bo’lgan oraliq asab (n.intermedius) kiradi. Yuz asabining sezuvchi, harakatlantiruvchi va parasimpatik o’zaklari miya ko’prigi sohasida joylashgan. Miya asosida asab ko’prikning orqa qirrasidan, olivadan tashqariroqdan chiqib, dahliz-chig’anoq asabi bilan ichki eshituv yo’liga kiradi. Chakka suyagining piramidasi ichida o’z nomidagi kanal ichida joylashib, bigizsimon-so’rg’ichsimon teshik orqali tashqariga chiqadi. Kanal ichida asab bukilma-yuz asabi tizzachasi (geniculumn. facialis) va tizzacha tuguni (ganglion geniculi) hosil qiladi. Tizzacha tuguni sohta unipolyar hujayralardan iborat bo’lib, oraliq asabning sezuvchi qismiga taalluqli. Yuz asabi kanali ichida asabdan quyidagi shoxlar chiqadi:
    1. Katta tosh asabi (n. petrosusmajor) parasimpatik tolalardan iborat bo’lib, kanaldan o’z nomidagi tirqish orqali piramidani oldingi yuzasiga chiqadi. Bu yerda o’z nomidagi egatda yo’nalib yirtiq teshik orqali tashqariga chiqadi. Asab simpatik asab bilan birga qanotsimon kanalga kirib, qanotsimon kanal asabi (n. Canalis pterygoidei) nomini oladi va qanot-tanglay tuguniga qo’shiladi.
    2. Nog’ora tori (chorda tympani) parasimpatik va sezuvchi tolalari bor. Sezuvchi tolalar tizzachali tugun sohta unipolyar hujayralari o’siqlaridan iborat. Uning periferik qismi tilning oldingi uchdan ikki qismi va yumshoq tanglayda joylashgan tam bilish retseptorlarini hosil qiladi. Nog’ora bo’shlig’idan nog’ora-tosh tirqishi orqali chiqib til asabiga qo’shiladi.
    3. Uzangi asabi (n. stapedius) harakatlantiruvchi shox bo’lib, nog’ora bo’shlig’ida uzangi mushagini inasabatsiya qiladi.
    Yuz asabi bigizsimon-so’rg’ichsimon teshikdan chiqqanidan keyin quyidagi harakatlantiruvchi tolalarini beradi:
    1. Orqa quloq asabi (n. Auricularis posterior) peshona-ensa mushakning ensa qorinchasini va orqa quloq mushagini inasabatsiya qiladi.

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   152




    Download 2,44 Mb.