• VII - juft yuz nervi tuzilishi, vazifasi, zararlanishi va tekshirish usullari.
  • V- juft uch tarmoqli nerv tuzilishi, vazifasi, zararlanishi va tekshirish usullari




    Download 2,44 Mb.
    bet27/152
    Sana20.05.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #245279
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   152
    Bog'liq
    Klinika 2023й Равшанова И .Э.

    V- juft uch tarmoqli nerv tuzilishi, vazifasi, zararlanishi va tekshirish usullari.
    Aralash nerv turiga kiradi ya’ni harakatlantiruvchi va sezuvchi faoliyatini bajarib turadi. Bu nerv yuzining teri yuzasidagi old bo’limi, boshning tukli old tomoni, og’iz va burun shilliq qobiqlarini, til ko’z soqqasi, miya suyuqligi sezuvchanligini amalga oshirib turadi. Asabning harakat tolalari chaynash mushaklarini harakatlantiradi. Uch boshli asabning sezgi tolalari orqa miya asablariga o’xshab chakka suyak piramidasining old yuzasida joylashgan va o’ta sezgir gangliyadan boshlanadi (Gassari tugunchasi).
    B u tugunchani periferik o’simtalari yuz atrofi, boshning tukli qismi retseptorigacha cho’ziladi, markaziy o’simtalari esa uch tarmoqli nervning sezgir yadrosiga boradi. Bunday yadrolar ikkita. Birinchi yadro yuqorigi sezgir yadro (ko’prikda joylashgan) taktil va bo’g’im mushak sezgirlik tolalarini qabul qiladi. Ikkinchisi og’riq va issiq-sovuq sezuvchanlik tolalarini qabul qiladi. Yadroning o’zi ham ko’prikkacha joylashgan bo’lib, orqa miya bo’yin segmentlarigacha cho’zilgan. Har bir segment yuz sohaning ma’lum qismlarida sezuvchanlik funksiyasini bajaribturadi.
    V-juftlik funksiyasini tekshirishda yuz va boshning tukli qismi sezgirligini palpasiya (qo’l yuritib), ta’m maza sezgirligini esa tilning old tomonidan bajariladi. Chaynash mushaklari parezida pastki jag’ning og’iz ochilishi va yopilishida surilish siljishi, shikastlangan tomondagi mushaklarni kuchsiz taranglashishi kuzatiladi. Bunday patologiyaning sababchilari shishlar va yallig’lanish jarayonlaridir.
    VII - juft yuz nervi tuzilishi, vazifasi, zararlanishi va tekshirish usullari.
    Bu asosan harakat nervidir. U mimika mushaklari va quloq suprasi mushaklari hamda til uchidagi ta’m sezish nuqtalarini harakatlantirib turadi. Nerv yadrolari (yuqorigi va pastki) Varolev ko’prikchasining pastki bo’lmalarida joylashgan. Nerv tolalari ko’prikcha miya atrofidagi miyadan boshlanadi va old eshitish nervi VIII-juftlik) birga chakka suyagining ichki eshitish tuynugiga kiradi, undan yuz nervi kanaliga o’tadi. So’ngra yuz nervlari bosh suyakdan chiqib, panjalar kabi bo’lingan holda hamma yuz mushaklarni harakatlantiradi. Bu nervlarni bemorni o’tirgan holida, yotgan va tik turganida tekshirish mumkin


    Download 2,44 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   152




    Download 2,44 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    V- juft uch tarmoqli nerv tuzilishi, vazifasi, zararlanishi va tekshirish usullari

    Download 2,44 Mb.