Pedagogika instituti




Download 2,44 Mb.
bet28/152
Sana20.05.2024
Hajmi2,44 Mb.
#245279
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   152
Bog'liq
Klinika 2023й Равшанова И .Э.

Tekshirish usullari

Shikastlanganlik-ning asosiy alomatlari

Yuqori mimik mushaklar funksiyasini tekshirishda bemorga quyidagilar taklif qilinadi:

Shikastlangan tomonda peshona ajinlarini bir tekisdaligi aniqlanadi va peshonani tirishtira olmaslik, ko’zni yopa olmaslik hollari namoyon bo’lishi mumkin.

Qoshlarni yuqoriga ko’tarish. Bunda peshonadagi ajinlar bir xil bo’lishi kerak.

Qovoqlarni solish. Normal holda qoshlar o’rta chiziqda bo’ladi.

Ko’zni yopib, qovoqlarni solish. Normal holda ikkalasi baravar qisiladi.

Pastki mimik mushaklarni tekshirish uchun bemordan quyidagilarni iltimos qilinadi:

Tishlarni irjaytirganda og’iz sog’lom tomonga siljiydi, tilni chiqarganda, til sog’lom tomonga qiyshayadi.

Tishlarini irjaytirish. Normal holda og’iz burchaklari simmetrik bo’ladi.

Iljayish yoki lunjini shishirish. Bunda harakatlar bir xil bo’lishi kerak.

Yonib turgan gugurt yoki shamni puflab o’chirish. Bunda lablaroldinga cho’zilishi kerak.

Periferik neyron yadrosi yoki yuz nervlari ustuni shikastlanganida mimik mushaklar paralichi yoki parezi rivojlanadi. Bu asabning bir tomonlama shikastlanishida quyidagi alomatlar ko’rinadi:



  • Peshona ajinlari bir tekis bo’lib qolgani ko’z yirtig’i kengaygan, og’iz burchagi pasaygan bo’ladi;

  • Peshonani tirishtira olmaslik, ko’zlarni yuma olmaslik, (quyon ko’z logoftalm) bo’lishi mumkin;

  • Tishlarni irjaytirmoqchi bo’lganda, og’iz burchagi sog’lom tomonga burilib ketadi;

  • L unjini shishirganda shikastlangan tomoni ko’proq shishibketadi (sharpufakka o’xshab).

  • Shikastlangan mushaklarda keyinchalik atrofiya holati (qurishib qolishi) yoki mushak reaksiyasi butunlay buzilib ketgan bo’lishi mumkin. Agar nervlar sovuq qotsa, bosh suyak asosi sinsa, Varolev ko’prikchasi atrofida qon aylanish buzilsa VII-juftlikning shikastlanishi kuzatiladi.

Nervlarning bir tomonlama markaziy shikastlanishida ikki tomonlama po’stloq yadro aloqadorligi tufayli yuz mushaklarining yuzning pastki yarmi ozor chekadi (ya’ni og’iz burchaklari pasayib qolganligi, tirjayganda og’iz sog’lom tomonga tortilib qolganligi bunga misol). Chunki falaj markaziy ko’rinishga ega bo’lganligi sababli atrofiya, fibrial titrashlar (pirillash “uchish”) bo’lmaydi. VII-juftlik shikastlanishlari ko’proq ensefalit, miya yarim sharlaridagi oqish modda va ichki kapsulalarida qon aylanishi buzilgan bemorlarda uchraydi.

Download 2,44 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   152




Download 2,44 Mb.