|
XII-juft til osti nervi tuzilishi, vazifasi, zararlanishi va tekshirish usullari
|
bet | 31/152 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #245279 |
Bog'liq Klinika 2023й Равшанова И .Э.XII-juft til osti nervi tuzilishi, vazifasi, zararlanishi va tekshirish usullari.
Bu harakat asabidir. U til mushaklarini harakatlantirib turadi. Asabning periferik yadrosi rombsimon chuqurcha tubiga joylashgan bo’lib, uning tomirchalari (10-15ta) uzunchoq miyadan chiqib, bir tutam holida til osti asabi kanali orqali bosh suyakdan chiqadi.
XII juftlikni tekshirishda bemordan tilni chiqarish so’raladi. Normal holda til o’rta chiziqda bo’ladi. Shikastlanish alomati chiqarilgan til shikastlangan tomonga burilib qolgan bo’ladi. Periferik falajda shikastlangan tomon atrofiyasi kuzatiladi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Nerv hujayrasi, nerv tolasi, gliya, sinapslar haqida nimalarni bilasiz?
2. Bosh miya qon va orqa miya suyuqligi sirkulyasiyasi qanday bo’ladi?
3. Kranial nervlar (12 juft ) sanab tushuntirib bering?
4. Nerv sistemasining uch bo‘lim (blok) faoliyati qanday bo’ladi.
4- Mavzu. Oliy nerv faoliyatini amalga oshiruvchi asosiy mexanizmlar Bolalar nevrapatologiyasi
REJA:
Shartsiz va shartli reflekslar.
Analizatorlar. Nerv jarayonlarining qo‘zg‘alishi va tormozlanishi.
Signal sistemalarining fiziologik mexanizmi.
Oliy nerv faoliyatining turlari
Bolalar nevrapatologiyasi
Tayanch so’z va iboralar: Refleks, analizator, signal sistemasi, giporefleksiya, arefleksiya, giperrefleksiya, anizorefleksiya, Babinskiy, Oppen geym, Gordon, Sheffer reflekslari.
Shartli va shartsiz reflekslar
Refleks degan so‘z fanga birinchi bo‘lib XVII asrda fizik olim Dekart tomonidan kiritilgan. Refleks so‘zi akslanish yoki qaytarish degan ma’noni anglatadi. Goll refleks yoyining tuzilishini aytib o‘tgan. Odamda refleks hosil bo‘lishi refleks yoyiga bog‘liq.
Refleks ikki xil bo‘ladi: shartli va shartsiz. Shartli reflekslar tug‘ilgandan keyin paydo bo‘ladi. Shartsiz reflekslar tug‘ma reflekslar deb ataladi yoki shu reflekslar bilan odam tug‘iladi. Shartsiz reflekslar deb organizmning tashqi va ichki ta’sirlarga asab tizimi orqali javob qaytarishiga aytiladi. Oddiy va murakkab shartsiz reflex farqlanadi. Oddiy shartsiz reflekslar orqa miya faoliyati natijasida paydo bo‘ladi. murakkab shartsiz reflekslar esa miya ustuni va bosh miya yarim sharlarining po‘stloq osti tugunlarida paydo bo‘ladi. Har bir refleksning o‘z reflektor yoyi bo‘ladi . Tug‘ma shartsiz reflekslar ikkita katta guruhga bo‘linadi:
I. Yuzaki reflekslar, yuzadan chaqiriladi. Bu reflekslar o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi: a) shilliq pardalardan chaqiriladigan reflekslar, ya’ni ko‘z shox pardasi refleksi va konyuktival reflekslardir; b) yutish refleksi – bu refleksni chaqirishda tomog‘ning tanglay qismiga shpatel tekkiziladi. javob reaksiyasida qusish paydo bo‘ladi; d) teri reflekslari – bu reflekslar teriga ta’sir qilish natijasida chaqiriladi; e) tuxum (kremaster) refleksi – bu refleks sonning ichki qismidan tepaga qarab ikki tomondan ta’sirlanadi. natijada, o‘ng yoki chap tomonga ta’sir ko‘rsatilganda shu tomondagi tuxum yuqoriga ko‘tariladi. I). chuqur reflekslarga suyak va paylardan chaqiriladigan reflekslar kiradi.
|
| |