• Asab sistemasida qo’zg’alish va tormozlanish protsesslarining o’zaro ta’siri
  • Shartli reflekslarning tormozlanishi
  • Vaqtga hosil qilinadigan shartli reflekslar




    Download 2,44 Mb.
    bet34/152
    Sana20.05.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #245279
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   152
    Bog'liq
    Klinika 2023й Равшанова И .Э.

    Vaqtga hosil qilinadigan shartli reflekslar
    Yangi tug’ilgan bola hayotining 7-8 kunidan boshlab, unda onasining emizish vaqtiga nisbatan shartli refleks hosil bo’la boshlaydi. Bola sutkaning ma’lum vaqtlarida ovqatlanishdan bir oz oldin uyg’onib, emish va boshqa harakatlarini bajara boshlaydi. Bolalarda vaqtga nisbatan shartli reflekslar ichki organlardan, to’qimalardan yoki tashqi retseptorlardan asab sistemasiga borgan impulslar so’z signallari bilan bog’lanishi tufayli vujudga keladi.
    Vaqtga nisbatan yuzaga keltirilgan shartli refleksni mustahkamligi asab sistemasining tipi, uning qo’zg’aluvchanligi, diqqatning konsentratsiyasi va mashq qilishga bog’liq bo’ladi. Bolada vaqtni sezish asta-sekin uzoq muddat davomida takomillashib boradi.
    Asab sistemasida qo’zg’alish va tormozlanish protsesslarining o’zaro ta’siri
    Bosh miya yarim sharlar po’stlog’iga shartli tormozlovchini ta’sir etishi bilan avval shu analizator markazi tormozlanadi, so’ng tormozlanish qo’shni neyronlarga tarqaladi. Tormozlanish protsessi bolalarning kundalik hayotida muhim ahamiyatga ega. Bosh miya neyronlarining ketma-ket koordinatsiyalashgan, faoliyati qo’zg’alish va tormozlanish protsesslarining almashinishi tufayli ro’y beradi.
    Bolalarda tormozlanish reflekslarini asta-sekin hosil kilish bilan asab protsessining mashk kilinishiga yordam beradi, bu bilan asab protsesslari koordinatsiyalashgan bo’ladi.
    Ko’krak yoshidagi bolalarning miya yarim sharlar po’stlog’ida bog’cha yoshidagi bolalarga nisbatan tormozlanishning irradatsiyasi oson va keng tarqaladi. Shuning uchun ham ko’krak yoshidagi bolalar kunduzi ham uxlaydilar. Bolaning 4-6 yoshidan boshlab ichki shartli tormozlanish rivojlana boshlaydi. Bolaning bu yoshida katta miya yarim sharlar po’stlog’ining analitik - sintetik faoliyati murakkablashadi.
    Shartli reflekslarning tormozlanishi
    Bolalarda shartsiz induksion tormozlanish tashqi dunyodagi chetki ta’sirotlarining ta’siri va ichki organlardan hosil bo’lgan asab impulslari ta’sirida vujudga keladi. Masalan, bola siydik ko’pining to’lishi yuzaga keltirilgan shartli refleksii tormozlaydi. Tashqi tormozlanish chetki ta’sirlovchining kuchiga, yuzaga keltirilgan shartli refleksning mustahkamligiga va bolaning yoshiga (qancha yosh bo’lsa shartli refleks shuncha tez tormozlanadi) bog’liq bo’ladi. Tashqi tormozlanishning turlaridan biri o’ta kuchli ta’sirlovchilar ta’sirida tormozlanishdir.
    Yuksak tormozlanish 10-12 yoshli bolalarda 7-10 yoshli bolalarga nisbatan sekin rivojlanadi. Bolalarda yuzaga keltirilgan shartli reflekslarning so’nish tezligi bolaning yoshiga, sog’lig’iga, oliy asab faoliyatining tipi hamda hosil bo’lgan shartli refleksning turi va mustahkamligiga bog’liq, 11-12 yoshli bolalarda shartli reflekslar 8-10 yoshli bolalardagi yuzaga keltirilgan shartli reflekslarga qaraganda tez so’nadi. Ovqatlanishga nisbatan hosil bo’lgan shartli refleksni so’ndirish qorni to’k bolalarga nisbatan och bolalarda qiyinroq bo’ladi.
    Sog’lom bolalarda shartli tormozlanish o’ziga xos xususiyatiga ega va differensiyalashgan holda bo’lib, shartli refleks 2-6 marta mustahkamlanmaganda vujudga keladi. Bolalarda so’ngan shartli tormozlanish vaqt o’tishi bilan qayta tiklanadi. Shartli tormozlanishdan so’ng ketma-ket tormozlanish taraqqiy etadi. Bolalarda ba’zida shartli tormozlanishning ta’siri tugagandan so’ng, induksiya asosida qo’zg’alish rivojlanadi.
    Bolalarda indiferent ta’sirlovchi bir necha marta birlamchi yoki ikkilamchi, uchlamchi va undan ortiq yuqori tartibli shartli tormozlarni hosil qilish mumkin. Yuqori tartibli shartli tormozlar ham uzoq saqlanishi va so’nishi, qayta tiklanishi mumkin. Shartli tormozlar bolalarni tarbiyalash, o’qitish, hususan ularni tarbiyalash va intizomli qilishda katta ahamiyatga ega. Shartli tormoz yordamida o’quvchilarda ahlok, ong va hulq tarbiyalanadi.

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   152




    Download 2,44 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vaqtga hosil qilinadigan shartli reflekslar

    Download 2,44 Mb.