|
Gidrosefaliyani endoskopik davolash usulla
|
bet | 37/152 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #245279 |
Bog'liq Klinika 2023й Равшанова И .Э.Gidrosefaliyani endoskopik davolash usullari. Hozirgi kunda gidrosefaliyani endoskopik davolash jaxon neyroxirurgik amaliyotida samarali usul hisoblanadi. Gidrosefaliyani endoskopik davolash usullarining turlari:
III – qorinchaning endoskopik ventikulosisternostomiyasi;
Akveduktoplastika;
Ventikulosisternoskopiya;
Septostomiya;
Bosh miya qorinchalari ostidagi o’smalarni endoskopiya usuli bilan olib tashlash;
Davolashning boshqa usullari hali jarroxlikda yaxshi samaraga ega emas deb hisoblanadi.
Shuntlash-neyroxirurgiyaning texnikasi bo’lib, miya ichi suyuqligi qarshiligini kesib otish va suyuqlikni naycha yordamida olish va miya ichi bosimini saqlab turishga erishiladi. Pediatriya holatlarida ko’p tarqalgan davo turi bu ventrikuloperitoneal shunt deb ataladi. Bunda qorincha yon tomonidan ko’krak qafasi bo’ylab kateter qo’yiladi. Klapan orqa miya suyuqligi oqimini boshqaradi.
Asosiy xavflardan biri shuntning joylashishi bo’yicha sodir bo’ladigan infeksiya hisoblanadi. Odatda reported 10% shunt bilan davolanuvchilarda uchraydi. Bundan tashqari, bolalarning infeksiya oqibatidagi shuntni qayta ko’rib chiqishni, birikishning uzilishi yoki birlashishni talab etadi. Shved tadqiqotlariga qaraganda deyarli 2/3 qismi oz miqdorda bitta qo’shimcha muolaja talab etadi.
Neyropsixologik natijalarga ta’sir etuvchi faktorlar.
Gidrocegaliya bosh miya ikkala qibig’I va miya osti qobig’ini diffuz shikastlaydi. Ba’zi suggestion borligiga qaramay, bolalikda gidrocefaliyaga uchraganlarda miyaning orqa qisimlari ko’p miqdorda zararlanadi. Yon qorinchalarning orqa tomonida joylashkan ensa shohi boshqa sistema qismlariga qaraganda tez su’ratda kengayishi mumkin. Bu esa miya siqilishiga olib keladi. Miyaning kulrang moddasi tananing nerv katakchalaridan iborat bo’ladi. Oq modda esa miyelinizatciyalangan akson neyronlardan tashkil topadi, neyronlar orasidagi impulslarni yetkazib berishga yordam beradi.
Oq moddani tekshiruvchi asbob o’tkir gidrocefaliyada bosh miyadagi oq modda traktining siqilishini aniqlab beradi. Chet el adabiyotlarida takidlanishicha gidrocefaliya bilan og’rigan bolalarning ko’p qismida kasalikning tug’ma formalari ham uchraydi. Masalan, umurtqa pog’onasining yorig’i miyelomeningocele.
Umumiy nefropsixologik xulosalar
Standartlashtirilgan testda gidrocefaliya bilan og’rigan ko’pgina bolalar o’rtacha diapazonda IQ bo’yicha umumiy baho olishadi. Gidrocefaliya bilan og’rigan bolalarda fikrlash qobiliyatining noverbal emas, balki verbal qobiliyati yaxshi rivojlangan. Yuqorida aytilgan oq moddaning diffuz yetishmovchiligi orqa miyaning effekt qo’shilishi funksiyasi bilan bog’liq. Fletcher va uning hamkasblari aytib o’tganlaridek (2000), gidrocefaliya yuqorida sanab o’tilgan holatlarning yarmida to’g’ri tasniflanadi. Gidrocefaliya bilan og’rigan bolalar yozuv va og’zaki nitqni yomon tushunadi. Shunday qilib, gidrocefaliya bilan og’rigan bolalarda in-tact tayanch lug’at boyligi va o’qish ko’nikmasini ifoda etish mumkin. Og’zaki va yozma nutq o’rtachadan past bo’lishi mumkin. Boshqa neyropsixologik funksiyalar, shu jumladan xotira, diqqat va ma’lumotlarni qayta ishlash tezligi ham o’rganilgan. Xotira tezligi sust bo’ladi.
Gidrocefaliya bilan og’rigan bemorlarda diqqat jamlay olmaslik aniqlanadi. Diqqat yetishmovchiligi sindiromi 30% ortiq xollarda umurtqa pog’onasi yorig’I va gidrocefaliya bilan og’rigan bolalarda ko’p uchraydi. Gidrocefaliya bilan og’rigan bolalarda muammolar yechimi va tushinchalarni shakllanishida qiyinchiliklar kuzatiladi. Ular arifmetika, matematika kabi fanlarni o’zlashtirishda qiyinchilikka duch keladilar. Bunday bolalar aqli zaiflar guruhiga kirmasada, ularning xulq-atvorida ayrim muammolar uchrab turadi, lekin ularda hech qanday aniq ruxiy ozgarishlar aniqlanmagan.
Ko’pgina umurtqa pog’onasi yorig’iga uchraganda bolalarda gidrocefaliya kuzatiladi. Shuni aytish kerakki, bu bolalarda jismoniy muammolar, shuningdek nimjonlik yoki falaj, siydik tuta olmaslik kuzatiladi. Bunday bolalar muntazam ravishda tibbiy ko’rikdan o’tib turishlari va kasalik belgilari aniqlanganda tibbiy yordamga murojat qilishlari tavsiya qilinadi.
Demografik ma’lumotlar va shart-sharoitlar.
12 yoshli, 5 sinfni tugatgan Ivan bolaligidan gidrocefaliya bilan og’rigan. Unda shunt paydo bo’lgan. O’sha vaqtdan beri MRT tekshiruvida ikki tomonlama ven-tricles kattalashuvi aniqlangan. Ivan har ikki xolatda shunt sababli operatsiyani boshidan o’tkazgan. Har bir jarroxlik amaliyoti bosh og’rig’i kuchayishi, ko’ngil aynishi bosh miya ichki bosimining ko’tarilishi bilan kechgan. Ivan kichik xususiy xristian maktabida o’qishni boshladi. Onasining aytishicha, u bu muhitda ozini yahshi his qilgan va uning oqituvchilari Ivanning kognitiv rivojlanishida hech qanday muammoga duch kelmagan. Ivan maktabni o’zgartirdi, davlat ta’lim dasturida ishtirok etdi. Avvaliga u o’z sinfida yahshi his qildi. 1 chorak oxiriga kelib, sinf ishlarini bajarishda ayrim muammolarga duch keldi. Uning oqituvchilari vazifalarni kechikib bajarichi, topshiriqlarni bajarishda qiyinchiliklarga duch kelishi, yozuvining xunukligi va ayniqsa matematika fanidan qiynalayotganligiga shikoyat qildilar. Ivanning ota-onasi uy vazifalarini bajarishga juda ko’p vaqt sarflashi va tez charchab qolishini aytishdi. U vijdonli o’quvchi bo’lib, ko’p yordam va nazoratga muhtoj bo’lishiga qaramay uy vazifasini tigatishga harakat qilardi.
Ivanga shunt o’rnatilishi tufayli unga bolaligida ko’pgina sport tadbirlarida ishtirok etish ta’qiqlangan. Oilasining boshqa joyga ko’chib o’tishi munosabati bilan u yerda yangi do’stlarga o’rganishi qiyin kechdi. Lekin Ivanning kayfiyati yaxshi edi. Ko’chib o’tishgandan so’ng, onasining aytishicha u yolg’izlikdan shikoyat qilardi. Uyqu va ishtaxasidan shikoyat yo’q edi. Onasining aytishicha u narsalarini joylash va tartibga solishda havotirga tushardi. Ilgari Ivan bosh og’rig’I va ko’ngil aynishiga shikoyat qilardi va odatda bunday holatda shunt o’rnatish talab etilardi. Hulq atvor kuzatuvi
Ivan onasi kuzatuvida bo’ldi. U test tadbirlarida qatnashishda qiyinchiliklarga shikoyat qilmadi. So’zlashuvda ham qiyinchilik sezmadi. Test kuzatuvi davomida u gapga chechan edi. Ivan esa o’zining ijtimoiy rivojlanishi pastligi va aqlan zaifligini ko’rsatdi. Umuman aytganda tekshiruvlar natijasiga ko’ra Ivanning rivojlanishini aniqlash darajasi aniq va ishonchli tanlovga mosligini taminladi.
|
| |