• Ta’m bilish (maza) sezgilari
  • Pedagogika instituti




    Download 2,44 Mb.
    bet45/152
    Sana20.05.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #245279
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   152
    Bog'liq
    Klinika 2023й Равшанова И .Э.

    Hid bilish sezgilari
    Hid bilish sezgilariga hidlarni his qilish kiradi va ularning organi burun kovagining yuqori tomoni hisoblanib, bu yerda hid bilish hujayralari hamda sezuvchi nerv tarmoqlari joylashgan, ular shilliq pardalarda botib turadi.
    Hidli moddalar sezuvchi nervni qo’zg’aydi, hid bilish markazi bosh miya yarimsharlari orqa yuzasining pastki qismida mavjud deb taxmin qilinadi. Hidli moddalar hid bilish hujayralariga gaz holatida ta’sir etib, kimyoviy reaksiyalar yo’li bilan ularni qo’zg’atadi (ularning barchasi bug’lanadi va eriydi). Odatda, gaz holatidagi hidli moddalar havo bilan nafas olish jarayonida burun kovagiga kirib keladi, natijada aksa ettirish holati hosil bo’ladi.
    Ta’m bilish (maza) sezgilari
    Ta’m bilish sezgilari shirin, achchiq, nordon, sho’r singari mazalarni his qilish bilan tavsiflanadi. Ular muayyan turkumga kiritilgan va kiritilmagan xilma-xil turlarga ega bo’lib, narsa va moddalarning nomlari bilan yuritiladi: nonning mazasi, qovunning mazasi kabilar.
    Ta’m bilish sezgilari tilning yuzasi va tanglayning yumshoq qismida tashkil topgan. Tilning shilliq pardasida maxsus ta’m bilish so’rg’ichlari mavjud bo’lib, ularning tarkibida tayoqsimon hujayralardan tuzilgan maxsus ta’m bilish “kurtaklari” (so’g’onlari) bo’ladi. O’ziga xos xususiyatlari, sifatlari bilan tafovutlanuvchi ta’m bilish so’g’onlari til yuzasida bir tekis taqsimlanmaganligi uchun tilning orqa qismi achchiq mazani, uchi shirin mazani, chetlari esa nordon mazani aniq sezadi, lekin uning o’rtasi ta’m mazasini to’liq seza olmaydi. Ta’m bilish so’g’onlarining hujayrali qismlarida maxsus sezuvchan nervlarning chekka uchlari joylashgan, ular ta’m bilish organidagi qo’zg’alishni bosh miyaga uzatib turadi, uning markazlari hid bilish markazlariga yaqin joydadir.
    Ta’m bilish sezgilari moddalarning kimyoviy xossalari ta’sirida hosil bo’ladi va so’g’onlar erigan moddalar ta’siri ostida qo’zg’aladi.
    Hid va ta’m bilish sezgilari o’zaro chambarchas bog’langan bo’lib, kimyoviy moddalarning ta’sir etishi natijasida yuzaga keladi. Ammo ularning bittasi kontakt, ikkinchisi distant sezgilar toifasiga kiradi.

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   152




    Download 2,44 Mb.