Pedagogika instituti




Download 2,44 Mb.
bet53/152
Sana20.05.2024
Hajmi2,44 Mb.
#245279
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   152
Bog'liq
Klinika 2023й Равшанова И .Э.

Poliomielit. Poliomielit markaziy nerv sistemasi, asosan orqa miya, goҳida bosh miya zararlanishi bilan xarakterlanadigan o’tkir infektsion kasallikdir. Ҳar xil kataral ҳodisalar bilan birga qisqa muddat davom etadigan isitma davridan keyin qo’l-oyoqlar, gavdada, bahzi ҳollarda yuzda tarqoq falajlar boshlangani qayd qilinadi.
Etiologiyasi. Poliomielit qo’zg’atuvchisi Landshteyner va Popper tomonidan kashf etilgan filg’trlanuvchi virusdir. Bu virus Koksaki va Yesno viruslarini ҳam o’z ichiga oladigan enterviruslar (ichak viruslari) avlodiga kiradi. Atrof-muҳitda bu virus juda chidamli bo’ladi; sovuq, quritish tahsiriga yaxshi bardosh beradi, xazm shiralari tahsirida yemirilmaydi, antibiotiklar tahsiriga sezgir emas. Virusning 3 ta immunologik xili mahlum.
Epidemiologiyasi. Infektsiya manbalari, poliomielitning oshkora shakllari bor kasallardan tashqari, uni atipik, bilinmaydigan, abortiv shakllarda boshdan kechirgan kishilar ҳamdir. Kasallikning atipik shakllari bilan og’rigan bemorlar, bahzi olimlarning fikriga qaraganda, oshkora shakllari bilan og’riganlarga nisbatan ancha ko’p bo’ladi. Kasal kishi dardining o’tkir davrida ҳammadan ko’ra yuqumliroq bo’ladi. Kasallik bilan og’rib o’tilgandan keyin ko’pchilik ҳollarda Yana 15-20 kun davomida, bahzan 3040 kun va ҳatto 4-5 oy davomida kasallik quzatuvchisi ҳali topilib turadi. Sog’lom virus tashuvchilar ҳam kasallik yuqtiradigan manba bo’lishlari mumkin. Sog’lom kishilarning tashuvchilik ҳodisasi polimielitdagi infektsion jarayonning asosan, eng ko’p uchraydigan shaklsidir. Odamning polimielitga beriluvchanligi katta emas.
Poliomielit yuqqanlar orasidan faqat kichik bir qismi (0,2-1 %) bu kasallik bilan og’riydi. Kasallanishning ko’pchilik qismi (60-80 %) 4 yoshgacha bo’lgan bolalarga to’g’ri keladi. Gipovinozlar vaqtida, odam ortiq zo’riqqan paytlarida poliomielitga beriluvchanligi ortadi. Bu kasallik aksari bola organizmi rezistentligini, aftidan, pasaytirib qo’yadigan qanday bo’lmasin biror infektsiyadan keyin (qizamiq, ko’kyo’tal, angina va boshqalardan keyin) avj oladi. Poliomielit bilan og’rib o’tilgandan keyin turg’un immunitet qoladi. Kasallikning yana takrorlanishi juda kamdan kam uchraydigan ҳodisadir.
Klinik manzarasi. Poliomielit inkubatsion davri o’rta ҳisobda 5-14 kun davom etadi, bahzan u 2-4 ko’ngacha qisqarishi va 35 ko’ngacha uzayib ketishi mumkin. Kasallikning 4 ta bosqichi tafavut qilinadi:
a) boshlang’ich yoki falajlardan oldingi bosqich,
b) paralitik bosqich,
v) tiklanish,
g) rizidual yoki qoldiq ҳodisalar bosqichi.
B oshlang’ich yoki falajlarning oldingi bosqichida kasallik tana temperaturasi ko’tarilishidan birdan boshlanadi. Kasallikning dastlabki kunlaridan boshlaboq, katarol ҳodisalar qayd qilinadi (ranit, nazofaringit, angina, bronxit) qayd etiladi. Bir qancha ҳollarda kasallikning boshlanishi ҳazm apparati ishining buzilishi bilan (ich ketishi, ich qotishi bilan) xarakterlanishi mumkin. Markaziy nerv sistemasining tahsirlanishi va funktsiyalarining izdan chiqishiga xos simptomlar qayd qilinadi: bosh og’rig’i, qayt qilish, adinamiya, bo’shashish uyquchanlik va uyqusizlik, bahzan alaҳlash talvasalar tutib turishi shular jumlasidandir. Orqa miya nerv
ildizlari va bosh miya pardalarining tahsirlanayotganini ko’rsatadigan simptomatika paydo bo’ladi.
Paralitik bosqichi – isitma avjiga chiqib turgan vaqtda paydo bo’ladigan parezlar va falajlar bilan xarakterlanadi, ular xuddi to’satdan boshlangandek tuyuladi, lekin ularning to’satdanligi faqat zoxiriydir. Bolani diqqat bilan kuzatib turiladigan bo’lsa, endi bir necha kundan beri muskullari zaif bo’lib qolganligi, reflekslari yo’qolib ketganligi aniqlanadi. Ko’pchilik ҳollarda falajlar kasallikning 5-kuniga kelib, bahzan kechroq, 5-14-kuni paydo bo’ladi. Parezlar va falajlarga ҳar xil muskul gruppalari beriladigan bo’ladi, lekin oyoq muskullari ko’proq (58-82 % ҳollarda), gavda, bo’yin, qorin pressi muskullari, nafas muskullari kamroq zararlanadi. Orqa miya nervlari ishtirokidagi (spinal) falajlar bosh miya nervlari yadrolarining zararlanishi bilan zararlanib borishi mumkin: ko’proq (10-12 % ҳollarda) yuz nervi kamroq ko’zni uzoqlashtiruvchi, ko’zni ҳarakatlantiruvchi, adashgan, til-xalqum, til osti nervlarining yadrolari zararlanadi, bunda yutish va nafasga aloqador daҳshatli o’zgarishlar boshlanadi.
T iklanish bosqichida avvalo bosh og’rig’i, ko’pchilik ҳollarda umurtqa pog’anasi va qo’l-oyoqlardagi og’riq yo’qoladi. Falajlangan muskullar funktsiyasi asta-sekin asliga kela boshlaydi: aktiv ҳarakatlar, pay reflekslari paydo bo’lib boradi. Tiklanish davri 1-3 yil davom etishi mumkin.
Rezidual (qoldiq ҳodisalari bosqichi) barҳam topmaydigan bo’sh falajlar, mahlum muskul gruppalarining atrofiyalanishi, qo’l-oyoqlar va gavdada kontrakturalarning shakli o’zgarib ketishi bilan xarakterlanadi.
Xoreya. Xoreya revmatik infektsiya qo’zg’atuvchi asab tizimi (bosh miya)ning kasalligidir. Odatda, xoreya angina, poliartrit, bag’zan grippdan keyin paydo bo’ladi. Kasallanish ko’pincha zax, seryomg’ir paytlarda – baҳor va kuzda kuzatiladi. Kasallik o’tkir boshlanib, boshlang’ich belgilari bola xarakteridagi o’zgarishlarda namoyon bo’ladi. Bolalar serjaҳl, jizzaki, injiq, jaҳl affektlariga moyil, yig’loq bo’lib qoladilar. Maktabda parishonxotirlik, mashg’ulotlarga ehtiborsizlik kuzatiladi. Asta-sekin yuz, qo’l-oyoq, tana muskullarining ixtiyorsiz ҳarakatlari (giperkinezlar) rivojlanadi. Giperkinezlar rivojlanishi munosabati bilan bola ҳarakatlaridagi dadillik yo’qoladi, qo’lidan narsalarni tushirib yuboradi, yozuvi keskin o’zgaradi. Dastlab bolaning bunday ҳulq-atvori atrofdagilar tomonidan kulgu bilan qabul qilinadi, keyinchalik giperkinezlar kuchayib, faqat qo’l va yuz muskullariga emas oyoq va butun tana mushaklariga ҳam o’tadi. Qadam tashlashdagi dadillik yo’qoladi, nutq keskin o’zgaradi, tilning giperkinezi sababli nutq bilan birga ovqat yutish ҳam qiyinlashadi. Kasallikning dastlabki davrlarida ko’pincha isitma chiqadi. Xoreya bilan birga yurak funktsiyasining buzilishi-ritmining o’zgarishi, pulg’s tezlashishi, aritmiya kuzatiladi.
Auskulg’tatsiyada yurak asosida shovqin aniqlanadi. Bahzi ҳollarda kasallik asorati sifatida klapanlar zararlanishi natijasida yurak nuqsoni paydo bo’lishi mumkin.
Og’ir yurak kasalligi bilan og’irlashgan xoreyadan ҳalok bo’lganlar bolalar miyasini o’rganishda po’stloq osti bog’lamlarda degenerativ toksik o’zgarishlar aniqlanadi. Miya po’stlog’ida ҳam sezilarli o’zgarishlar topilgan.
Ko’p ҳollarda xoreya nisbatan beshikast kechib, to’liq sog’ayish bilan yakunlanadi. Yurak xastaliklari bilan asoratlanadigan kasallik shakllari bundan mustasno. Biroq yengil darajadagi kasallanish ҳam yotib davolanish rejimini ҳamda tegishli davo choralarini talab etadi. Rejimni qo’llamaslik va davo choralarining yetarli emasligi bola muskullarining uchishi (ayniqsa, asabiylashganda) va qayfiyat o’zgaruvchanligi, affektlarga moyillik, agressivlik kabi patologik xarakter xususiyatlarini uzoq muddat saqlanib qolishiga olib keladi. Bag’zan xoreyaning asoratlaridan biri sifatida duduqlanishi mumkin.
O’qituvchi xulq-atvoridagi o’ziga xos o’zgarishlar (yuzni bujmaytirish, yozuvni o’zgarishi, xarakter va xissiy-irodaviy soҳadagi salbiy o’zgarishlar)ni birinchi bo’lib aniqlashi va bu o’quvchini shifokor-mutaxassisga yo’llashi muҳim aҳamiyatga ega.


Download 2,44 Mb.
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   152




Download 2,44 Mb.