|
Aqliy sohani tadqiq etish
|
bet | 56/152 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #245279 |
Bog'liq Klinika 2023й Равшанова И .Э.Aqliy sohani tadqiq etish.
Umumta`lim maktablarida o’zlashtirmovchi o’quvchilarni o’rganish ular orasida ilk rivojdanish davrida ba`zi buzilishlar bo’lgan bolalar ham uchrashini ko’rsatadi. Bunday bolalar oligofrenlarga o’xshasa ham, haqiqatan bunday bo’lmaydi.
Aqli zaiflikning mohiyatini tushunish ham ilmiy, ham amaliy jihatdan muhim bo’lib ushbu holatni to’g`ri tashxis qilishga yordam beradi va yordamchi maktablarni komplektlashdagi xatolarni oldini oladi. «Aqli zaiflik» oddiygina qobiliyatlarni pasayishi, aqlning kamligi emas, bu shaxsning barcha tomonlarining sifatini o’zgarishidir. Bolada aqli zaiflikda asosan intellekt buziladi, shu bilan birga hssiy, irodaviy doirasida, xulqida sezilarli nuqsonlar, buzilishlar kuzatiladi. Pedagogikaning asosiy masalasi aqli zaiflikni u bilan ba`zi umumiy tamonlari bo’lgan, ammo undan keskin farq qiladigan holatlardan ajratishdir. Aqli zaiflik bilan chalkashtirilib yuboriladigan holatlarning barchasida biz aqli zaiflik xarakterlanadigan o’ziga xos tomonlarni hammasini topa olmaymiz.. Sinchiklab tahlil kilinganda albatta intellektning buzilish chuqurligini yo’qligini, yoki ushbu nuqsonning turg`un emasligini yoki markaziy nerv sistemasining organik jarohatlanmaganligi aniqlanadi.
SHunday belgilarning mavjudligi yoki mavjud emasligi aqli zaiflikni diagnostika qilishda mezon bo’lib xizmat qilishi lozim. Yordamchi maktablarni komplektlashda aqli zaiflikni unga o’xshash holatlardan ajratish bilan baholangan xuddi shu masalalar eng ko’p qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Maktab yoshidagi bolaning intellekti normadaligini shubhaga olishning sababi bo’lib uning ta`lim jarayonida o’zlashtirmasligi xizmat qiladi.
O’zlashtirmaslikni aqli zaiflik bilan o’xshatmoq, chalkashtirish ko’pol nazariy va amaliy xatodir.Bolalarda oligofreniyaga o’xshash holatlar ko’pincha markaziy nerv tizimidagi o’zgarishlar natijasida kelib chiqadi. Bunday o’zgarishlar bolalarning alohda nerv-psixik tizimining rivojlanishi va faoliyatiga, shuningdek butun organizmning holati va rivojlanishiga salbiy ta`sir ko’rsatadi.
Oligofreniyaga o’xshash holatlarni keltirib chiqaradigan sabablar turlicha bo’lishi mumkin.
|
| |