|
Lug`at boyligini tekshirish
|
bet | 64/152 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,44 Mb. | | #245279 |
Bog'liq Klinika 2023й Равшанова И .Э.Lug`at boyligini tekshirish
Lug`at boyligini tekshirishda bolaning so’zni (tovush kompleksi sifatida) predmetning belgisi, harakatiga moslash va nutqda undan to’g`ri foydalanish ko’nikmasi aniqlanadi.
Tekshirish texnikasi. Rasmlar materiali to’plami taomilda ko’p uchraydigan, ammo juda keng tarqalmagan (bulut, tokcha, siyohrang) predmetlar, harakatlar, sifatlar tasviridan iborat bo’lishi lozim. Bundan tashqari bir butun predmetning va uning qismlarini tasvirlari (deraza, tokcha, fortochka) ham kerak. Rasmlar materiali mavzular (o’quv qurollari, o’yinchoqlar, transport) yoki vaziyatli belgilar bo’yicha (magazin, ustaxona, sinf) tanlanadi.
Tekshirish vaqtida shunday usullardan foydalaniladiki, ular bolaning u yoki bu so’zdan nutqda foydalanishini, berilgan so’zdan yoki voqeaband rasmdan gap tuzish, gapni tugata olishini aniqlashga yordam beradi.
Tekshirish natijalarini tahlil qilish. Imbetsil darajadagi aqli zaif bolalar sodda, taomildagi so’zlarnigina tushunadilar va ishlatadilar, ularning ma`nosini tushuntirib bera olmaydilar.
Debil darajadagi aqli zaif bolalarning so’z zahirasi kam bo’ladi. Ko’p so’zlarni noaniq shaklda ishlatadilar (masalan, tumshuq so’zi o’rniga «burun» so’zi).
Psixik rivojlanishi sustlashgan bolalarning so’z zahirasi kambag`al va kam differentsirlashgan, passiv lug`at faol lug`atdan ustun bo’ladi.
Intellekti birlamchi saqlangan eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarning so’z zahirasi chegaralangan bo’lib, predmet va harakatlar nomini almashtiradilar.
Motor alalik bolalarda lug`at boyligining kamligi boshqa nutq nuqsonlari bilan birgalikda namoyon bo’ladi.
Grammatik qurilishini tekshirish
Tilning grammatik qurilishining shakllanish holatini aniqlash-logopedik tekshirishning muhim o’rinliridandir.
Tekshirish texnikasi. Foydalaniladigan gaplarning turlarini aniqlash uchun maxsus tanlangan rasmlardan foydalaniladi. Bunday rasmlar asosida turli konstruktsiyadagi gaplar tuzish mumkin. Masalan, sodda gap (bola yig`layapti), sodda yoyiq gap (qiz qo’g`irchoqni cho’miltiryapti, otasi gazeta o’qiyapti).
Savollar yordamida yuqoridagi gaplarning tuzilishini murakkablashtirish mumkin. (Qiz kitob o’qiyapti. Qanday qiz? Qanaqa kitob?)
Murakkab gaplarni ikki yoki undan ortiq harakatlar tasvirlangan rasmlardan foydalanib tuzish mumkin.
Tekshirish vaqtida otlarning kelishiklarda turlay olish ko’nikmasini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Bolaning mustaqil nutqida ko’makchi so’zlardan foydalanish ko’nikmasi, birlikdan ko’plik otlar yasay olishi tekshiriladi.
Tekshirish natijalarini tahlil qilish. Bunda bolaning foydalanadigan gaplar xarakteri, ularning tuzilish xususiyatlari, so’zlardagi sintaktik bog`lanishlarni ifodalay olish ko’nikmalari e`tiborga olinadi. Nutqning lug`at boyligi va fonematik tomonini tekshirish natijalarini ham e`tiborga olish muhmdir.
Imbetsil dajadagi aqli zaif bolalar nutqi odatda bir necha so’zlardan (asosan, alohida predmetlarning nomlaridan) iborat bo’ladi.
Debil darajadagi oligofren bolalar nutqining grammatik qurilishi ularning umumiy nutqiy rivojlanish darajasiga mos bo’ladi. Ular sodda, yig`iq gaplardan foydalanadilar.
Psixik rivojlanishi sustlashgan bolalarda ham nutqning qurilishini shakllanishi orqada qoladi. PRS bolalar faol nutqda ravish, aniqlovchi, to’ldiruvchilardan juda kam foydalanadilar.
Zaif eshituvchi bolalar nutqining grammatik qurilishi ham buzilgan bo’ladi. Bolalar foydalanadigan jumlalar aggrammatik xarakterga ega. Gap tuzishda ular u yoki bu qismlarni tashlab ketadilar. Kelishik ko’shimchalarini, suffikslardan foydalanishda xarakterli xatolarga yo’l qo’yadilar.
Motor alalik bolalar o’z fikrlarini bayon qilishda sintatik va morfologik darajadagi qiyinchiliklarga uchraydilar. Ular ishlatadigan gaplar otadta qisqa, elementar, stereotip bo’ladi.
|
| |