• Fonematik idrokni tekshirish Fonematik eshitishni tekshirish nutqdagi tovushlarning differentsiyasini aniqlashga qaratiladi. Tekshirish texnikasi
  • Qo’shimcha tekshirish usullari




    Download 2,44 Mb.
    bet62/152
    Sana20.05.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #245279
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   152
    Bog'liq
    Klinika 2023й Равшанова И .Э.

    Qo’shimcha tekshirish usullari
    Tekshirishning maqsadi-artikulyatsiya a`zolarining tuzilishi va harakatchanligidagi nuqsonlarni aniqlashdir (jag`, tishlar, tanglay, til, lablar). Tekshirish og`iz bo’shlig`ini ko’zdan kechirish orqali amalga oshiriladi.
    Tekshirish texnikasi. Nutq apparatining harakat funktsiyasini holatini aniqlash uchun bolaga namuna yoki so’z ko’rsatmasi asosida til, lab, yumshoq tanglayning asosiy harakatlarini bajarish taklif qilinadi. Harakatlarni bir necha marta takrorlashdan so’ng baholash lozim.
    Tekshirish natijalarni tahlil qilish. Artikulyatsiya a`zolarining tekshirish jarayonida dislaliya, dizartriya, rinolaliyadagi nutqning tovush tomonidan buzilishlarini keltirib chiqaradigan turli xarakterdaga va murakkablikdagi nuqsonlar aniqlanishi mumkin.
    Artikulyatsiya apparatining tuzilishidagi anatomik nuqsonlar organik dislaliyadagi tovushlar talaffuzining turli buzilishlarini keltirib chiqaradi. Qattiq va yumshoq tanglayda yoriqlarning bo’lishi (rinolaliya) ovozning manqalanishi va ko’p tovushlar talaffuzining buzilishiga olib keladi. Ba`zi hollardagina rinolaliyada faqatgina ovoz tembri buzilib, ammo tovushlar talaffuzi nisbatan me`yorida bo’lishi kuzatiladi.
    Artikulyatsiya apparatining funktsiyasining buzilishi dizartriyaga olib keladi (engil, o’rta va juda og`ir darajadagi).
    Artikulyatsiya apparatining nuqsonlari doimo ham og`ir nutq nuqsonlarining asosiy sababi bo’lmasligi mumkin.
    Imbetsil yoki debil darajadagi oligofren bolalarda artikulyatsiya harakatlariga taqlid qilish qobiliyatning pasayganligi, murakkab harakat malakaning hosil bo’lishidagi qiyinchiliklar inertlik va motorikaning rivojlanmay qolishi bilan bog`liq.
    Fonematik idrokni tekshirish
    Fonematik eshitishni tekshirish nutqdagi tovushlarning differentsiyasini aniqlashga qaratiladi.
    Tekshirish texnikasi. Dastlab fiziologik eshitishning saqlanganligiga amin bo’lish lozim. So’ngra bolaga bir-biridan keskin farq qiladigan, shuningdek o’xshash tovushlarni boshqa tovushlar orasidan ajratish taklif etiladi.
    Masalan, unli tovushlar (a, o, u) ichidan «u» ni, «b, d» dan «d» tovushini ajratish. Masalan, bola ushbu tovushlarni eshitganida qo’lini ko’tarish lozim.
    Bolalar jarangli va jarangsiz va h.k. tovushlari eshitib ajratishda qiynalishlari mumkin.
    Bolaga quyidagi tovushlar juftini – p-b, b-p, s-sh, sh-s, r-l va boshqalarni bo’g`inlarni (ushbu tovushlardan tuzilgan) – sa-sha, sa-ja, da-ta, pa-ba va h.k.larni takrorlash taklif etiladi.
    Bunda sirg`aluvchi, shovqinli, jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni ajratishga diqqat qaratiladi.
    Topshiriqni murakkablashtirib, birdan 3-4 tovushlarni, masalan p-b-p yoki sodda bo’g`inlarni takrorlash (ba-pa, da-ta, va-fa) so’raladi. Bu usul yordamida bolaning nutq tovushlarini ajrata olishi aniqlanadi. Bolaga akustik va artikulyatsiya jihatdan bir-biriga yaqin bo’lgan tovushlardan tuzilgan so’zlarni differentsiatsiya qilishni ham taklif qilish mumkin. Masalan, sim-shim, kuz-tuz, bosh-tosh va h.k. Tekshiruvchi bu so’zlarni aytadi va boladan shu so’zlarga mos rasmlarni topish so’raladi.
    Tekshirish natijalarni tahlil qilish. Fonematik idroki rivojlanmagan bolalar o’xshash tovushlarni to’g`ri takrorlay olmaydilar, to’g`ri yozmaydilar, tovushlarga mos harflarni topa olmaydilar. Fonematik idrokning qo’pol buzilishlarida qator korrelyatsiyalanuvchi fonemalarni ajrata olmaydilar, fonematik idrokning qisman rivojlanmaganligida esa boshqalarini yaxshi ajratgan holda bir guruhdagi tovushlarni aniqlay olmaydi. Ammo, ana shu qiyinchiliklar ham so’z tarkibidan tovushlarni ajratish va farqlashda xatolarga olib keladi va so’zning tovush tahlili va sintezining shakllanishiga to’sqinlik qiladi.



    Download 2,44 Mb.
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   152




    Download 2,44 Mb.