Pedagogika instituti




Download 2,44 Mb.
bet70/152
Sana20.05.2024
Hajmi2,44 Mb.
#245279
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   152
Bog'liq
Klinika 2023й Равшанова И .Э.

Differentsial tashxis rivojlanish nuqsonini aniqlaydi, va uning natijalari orqali bolaning imkoniyatlariga xos ta’lim shakllari aniklanadi. Differentsial tashxisning vazifalari quyidagilar:

  • bola rivojlanishidagi aqliy, nutqiy va xissiy nuqsonlar xarakteri va darajasini aniqlash;

  • birlamchi va ikkilamchi nuqsonlarini aniqlash xamda buzilish tizimli taxlil qilish;

  • xarakat - tayanch apparati, ko’ruv, eshituv kamchiliklarida psixik rivojlanish nuqsonlarining xususiyatlariga baxo berish;

  • pedagogik tashxisni aniqlash va uni asoslash.

Ushbu ma’lumotlarga tayangan xolda korrektsion-pedagogik jarayonni, ta’lim dasturini, ta’lim muasssasasi turini aniqlash va tashkillashtirish mumkin. Differentsial tashxis psixolgik-tibbiy-pedagogik komissiyada amalga oshiriladi. Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni bir gurux mutaxassislar kompleks o’rganib tashxis natijasini kelishgan xolda qo’yadilar. Ish bolaning individual xususiyatlarini inobatga olgan xolda aniq bir tizimda tuziladi. Rivojlanishida nuqsoni bo’lganlarni differentsial tashxis qilish, xozirgi kunda bir qator muammolarga duch keladi.
Ma’lumki, rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarning xar bir turida psixologik xususiyatlarining o’xshash jixatlari xam kuzatiladi. Masalan, rivojlanishida nuqsoni bo’lganlarning deyarli barchasida nutq kamchiliklar yoki ta’lim olishida sustliklar xarakterlidir. Rivojlanish nuqsonini, darajasini aniklovchi o’ziga xos xususiyatlar, differentsial tashxisning asosi bo’lib xisoblanadi (V.I.Lubovskiy). Bu xozirgi kunda maxsus psixologiyada anomal rivojlanishlarni taqqoslash xarakteriga ega ilmiy izlanishlarning yetarlicha emasligi bilan bog'liq. Bunday ilmiy ishlarni olib borish differentsial tashxis imkoniyatlarini yanada kengaytirar edi.
Yana bir muammo TPPK amaliy faoliyati bilan bog’liqdir. Xozirgi kunda tashkiliy xarakterga ega ko’pgina savollar yechilmagan, xususan doimiy faoliyat ko’rsatuvchi bir qator metodologik va terminologik muammolarni xal qiluvchi tashxis muassasasini tashkil etish, uni kerakli kadrlar bilan ta’minlash. Metodologik muammolar ichidan bolani differentsial tashxis maqsadida psixodiagnostika natijalarini taxili xamda sifatli bajarishlariga imkon beruvchi samarali va ishonchli metodlarni ishlab chiqish muammosini aloxida ta’kidlash joiz.
Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni chuqur psixologo-pedagogik o’rganish tashxis natijalariga asoslanib, korrektsion dasturni ishlab chiqish maqsadini qo’yadi. Bunda o’rganish vaqt talab etadi, u asosan ta’limda, ba’zida esa konsul'tativ muassasalarda o’tkaziladi. Bunday o’rganishning aniq vazifalari turli yosh davrlari uchun ko’p taraflama va o’ziga xosdir. Ular ichidan quyidagilarni ajratish mumkin:

  • Bolaning individual psixologo-pedagogik xususiyatlarini aniqlash;

  • Rivojlaniruvchi va ta’limiy korrektsion individual dasturlarni ishlab chiqish;

• Oilasidagi ichki munosabatlarni o’rganish va tarbiya sharoitlarini aniqlash;
Mutaxassislar u yoki bu funktsiyadagi kamchilik yoki rivojlanmaganlikda samarali tavsiyalar bermoqdalar, lekin boladagi ijobiy xislatlarni aniqlashdagi, ayniqsa shaxs xususiyatlari ya’ni bolaning tasavvuri, nutqi, ijtimoiy shaxsiy muammosi xal etishga qaratilgan ishlari yetarlicha rivoj topmagan. Ammo, samarali korrektsion- pedagogik jarayon faqatgina salbiy omillarga emas, balki birinchi o’rinda bolani psixologo-pedagogik individual imkoniyatlarini aniqlash xam qaratilgan.
SHunday qilib, rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni psixologo- pedagogik tashxis qilishning muxim vazifalari quyidagilardir:
-bola rivojlanishidagi nuqsonlarni erta aniqlash;
-nuqsonning sababi va xarakterini aniqlash;
-bolaning pedagogik yo’llanmasini aniqlash;
-rivojlanishidagi nuqsonlari bo’lgan bolalarning individual psixologik xususiyatlarini aniqlash;
-ta’limiy va rivojlantiruvchi dasturlarni ishlab chiqish.



Download 2,44 Mb.
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   152




Download 2,44 Mb.